Сафдорлар учун Ўзбекистон Республикаси мустақил давлат сифатида қандай ҳуқуқларга эга?


Download 217.28 Kb.
bet1/85
Sana14.10.2023
Hajmi217.28 Kb.
#1702755
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Bog'liq
Сафдорлар учун (хукук, жавоблар)


Биринчи савол – ҲУҚУҚШУНОСЛИК фанлари бўйича


САФДОРЛАР учун

  1. Ўзбекистон Республикаси мустақил давлат сифатида қандай ҳуқуқларга эга?

Ж: O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida quyidagi huquqlarga ega:
–– daxlsizlik, o‘z hududiga va chegarasiga egalik huquqi;
–– shaxslarni fuqarolikka qabul qilish va fuqarolikdan mahrum etish huquqi;
–– o‘z Konstitusiyasi, kodekslari va qonunlarini qabul qilish huquqi;
–– qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish huquqi;
–– o‘z Qurolli Kuchlarini tashkil qilish huquqi;
–– xalqaro huquq subyekti sifatida xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil ravishda aloqalar o‘rnatish huquqi;
–– o‘z mulkiga egalik, budjet, soliq va moliya tizimlarini tashkil qilish huquqi;
–– o‘z xazinasi va pul birligi – milliy valutasini joriy qilish huquqi;
–– o‘z sud tizimini tashkil qilish va sud ishlarini mustaqil yuritish huquqi;
–– o‘z gerbi, bayrog‘i, madhiyasi va poytaxtiga ega bo‘lish huquqi;
–– davlat tiliga egalik huquqi;
–– o‘z taraqqiyot yo‘lini, o‘z nomini, o‘z ma’muriy tuzilishini o‘zi belgilash huquqi;
–– referendum o‘tkazish hamda hokimiyat va boshqaruv organlari tarkibini belgilash huquqi.



  1. Ўзбекистон Республикаси Конституциясига кўра шахснинг ҳуқуқий мақомини тушунтириб беринг?

Ж: O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar (O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 18-modda.)
Шахс ҳуқуқий мақомининг хусусиятлари ва асосий белгилари бу ҳуқуқ ва бурчлар қаторида мавжуд бўлган ва ҳуқуқ ва бурч эгаси бўлиш ҳуқуқий лаёқати ҳақида дарак берувчи, шу жумладан, мустақил (ўз ҳаракатлари билан) ёки ўз қонуний вакиллари орқали амалга ошириш, эга бўлиш, ўзгартириш ёки тугатиш, шунингдек ноқонуний хатти-ҳаракат қилганлик учун жавоб берадиган мустақил ҳуқуқий мезондир. Шахснинг ҳуқуқий мақоми таркиби қуйидаги элементларни ўз ичига олади: 1) шахснинг ҳуқуқий лаёқатини белгиловчи ҳуқуқий нормалар; 2) шахснинг ҳуқуқлари; 3) шахснинг мажбуриятлари; 4) ҳуқуқ субъектлилиги (ҳуқуқ лаёқати, муомала лаёқати); 5) фуқаролик; 6) юридик жавобгарлик; 7) ҳуқуқий муносабатлар; 8) қонуний манфаатлар; 9) ҳуқуқ тамойиллари. Конституциянинг 2-булими (18-52 моддалари)




  1. Download 217.28 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling