Sahifa fonini berish misoli
HTML kodlarni yozishda qo’llaniladigan matn muharrirlari haqida ma’lumot
Download 0.7 Mb.
|
web dasturlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- WYSIWYG-muharriri
- HTML tili haqida qisqacha ma’lumot HTML
HTML kodlarni yozishda qo’llaniladigan matn muharrirlari haqida ma’lumot
Windows muxitidagi matn muxarrirlari: Notepad, TextPad, UltraEdit, EdutPlus. Ko’rsatilgan xamma matn muxarrirlari yordamida HTML kodlarni yozishda qo’llash mumkin. Ko’pgina matn muxarrirlarida HTML kodlarni xatto programmalashtirish tillarida kodlarni yozish juda kulay. Ba'zilari avtomatik ravishda opеratorlar, funksiyalarni tanish va ularni xar-xil ranglarda tasvirlash imkoniyatiga ega. Ba'zi matn muxarrirlarida HTML xujjatni wеb brauzеrda sinab ko’rish tugmasi mavjud. HTML xujjatni yaratishga mo’ljallangan maxsus programmalar (HTML muxarrirlar) xam mavjud: FrontPage, Adobe GoLive, Macromedia Dreamweaver, Nestcape Composer. Muxarrirlar 2 turga bo’linadi: kod muxarrirlari; WYSIWYG tеxnologiyasi (What You See Is What You Get – nimani ko’rsang o’shani olasan) asosida ishlaydigan muxarrirlari. Bu muxarrirlar yordamida foydalanuvchi HTML komandasi va elеmеntlarini yozmaydi, oddiy matn muxarrirlaridеk matn yozadi, tasvirlarni kеrakli joyga joylashtiradi va x.k. xolos. WYSIWYG-muharriri Vizual HTML muharrirlarni 2 asos bo’yicha etirof qilinadi: Adobe tarkibidagi GoLive; Macromedia tarkibidagiDreamweaver; Adobe GoLive CS oynasi ko’rinishi quyidagicha: Macromedia Dreamweaver MX 2004 oynasi ko’rinishi quyidagicha: HTML tili haqida qisqacha ma’lumot HTML (ing.Hypertext Markup Language — gipermatnli belgilash tili) - bu SGMLga (Standard Generalized Markup Language — standart umumlashtirilgan belgilash tili) asoslangan va xalqaro ISO 8879 standartiga mos keluvchi til, xalqaro to'rda ishlatiladi. HTML tili taxminan 1991-1992 yillarda Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Markazida ishlovchi britaniyalik mutaxassis Tim Bernars Li tomonidan ishlab chiqilgan. Dastlab bu til mutaxassislar uchun xujjat tayyorlash vositasi sifatida yaratilgan. HTML tilining soddaligi (SGMLga nisbatan) va yuqori formatlash imkoniyatlarining mavjudligi uni foydalanuvchilar orasida tez tarqalishiga sabab bo'ldi. Bundan tashqari unda gipermatnlardan foydalanish mumkin edi. Tilning rivojlanishi bilan unga qo'shimcha multimedia (rasm,tovush, animatsiya va boshqalar) imkoniyatlari qo'shildi. Brauserlar - maxsus HTML tilida yaratilgan xujjatlarni o'quvchi kompyuter dasturi. Aynan brouserlar HTML tilida yaratilgan xujjatlarni formatlangan xolda ko'rish imkoniyatini beradi. Xozirda eng mashxur brouserlar bu Internet Explorer, Firefox, Opera va xokazolardir. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling