Sahifa Sarlavhasi


Download 0.51 Mb.
bet1/15
Sana20.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1216262
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Web Dasturlash



Dasturiy injenering yo’nalishi
2.21-guruh uchun
WEB DASTURLASH FANI BO’YICHA KONSPEKTLAR TO’PLAMI
Jami:40 soat
Mavzular soni 20 ta


Tayyorladi Asadov Dilmurod
1-Mavzu: WEB DASTURLASH
Reja:

  1. Web Dasturlash nima?

  2. INTERNET VA WEB

Web Dasturlash nima?
Web saytlarni (xizmatlarni) loyihalash, yaratish, onlayn serverlarga yuklash va ularga xizmat ko’rsatish web dasturlash deb ataladi. Web dasturlash ikki qismdan iborat: frontend va backend.
Frontend bu – web dasturning «yuzi» bo’lib bevosita foydalanuvchilar bilan muloqot qilishga, dasturning Backend qismi esa sahna ortida bo’ladigan jarayonlarga javob beradi.
Demak, web dasturchilar ham 3 turga bo’linadi: Frontend, Backend va ikkisini ham qamrab oladigan Full-stack dasturchilar.
Python dasturlash tili backend va full-stack uchun ishlatilgani uchun, quyida biz aynan shu yoʻnalishdagi dasturchilar bilishi kerak boʻlgan texnologiyalar bilan tanishamiz.
1. INTERNET VA WEB
Internet uchta oʻzaro bogʻlangan qismlardan iborat va dasturchi sifatida siz ularning qanday ishlashi haqida tasavvurga ega boʻlishingiz kerak:

  • Websaytlar: foydalanuvchilar kompyuter orqali murojaat qlishi mumkin boʻlgan, onlayn serverlarda joylashgan hujjatlar va maʼlumotlar toʻplami.

  • Serverlar: websaytlarga oid maʼlumotlarni ulkan tarmoqda saqlaydigan kompyuterlar.

  • Brauzerlar: Web saytdagi hujjatlar va maʼlumotlarni foydalanuvchiga koʻrsatuvchi kompyuter dasturi.

  • Yuqorida aytganimizdek websaytning foydalanuvchiga qanday koʻrinishiga dasturning frontend qismi javobgar. Xoʻsh bu yerda qanday texnologiyalar ishlatiladi?
  • 2. HTML va CSS


  • Web dasturlashga qadam qoʻygan har bir inson HTML va CSS yordamida sodda sahifalarni yaratishni bilishi shart.

  • HTML (HyperText Markup Language) – web sahifalarning tuzilishiga (sarlavhalar, matnlar, paragrflar, rasmlar joylashuvi, sahifalar oʻrtasidagi bogʻlamalar va hokazolarga) javob beradi. CSS (Cascading Style Sheets) esa sahigafa ko’rkam berish uchun ishlatiladi (ranglar, fonlar, shriftlar, tugmalar va hokazo)

  • Backend dasturchi kamida bu texnologiyalarni qanday ishlashi haqida tasavvruga ega bo’lishi kerak.

  • Hozirgi kunda bu texnologiyalarni o’rganish uchun onlayn resurslar juda ham ko’p. Jumladan, agar qisqa mudattda HTML haqida ma`lumotga ega bo’laman desangizmohirdev.uz sahifasidagi «45 minutda HTML5» kursini tavsiya qilamiz.

  • Full-stack dasturchilar esa HTML va CSS haqida kengroq tasavvurga ega bo’lishi kerak. Buning uchun esa Ulug’bek Samigjonovning HTMLda Dasturlash va CSS bo’yicha mukammal kurs video darslarini tavsiya qilamiz. Qo’shimcha sifatida esa Bootstrap yoki Semantic UI kabi CSS frameworklarni bilish ham ziyon qilmaydi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling