Said ahmad – mahoratli so‘z ustasi


Download 8.23 Kb.
bet3/4
Sana07.10.2023
Hajmi8.23 Kb.
#1695123
1   2   3   4
Bog'liq
Said ahmad – mahoratli so‘z ustasi-fayllar.org

pildirab ketmoq” birikmasi orqali To‘lanboyning bo‘y – bastini chizib bergan. Yoki “Azizxon zabti tez, dev yigit” jumlasiga diqqat qaratadigan bo‘lsak ham, yozuvchining so‘z qo‘llash mahoratiga qoyil qolamiz. Adib yigitga dev sifatini berish orqali uning pahlavonligini, qo‘lidan ko‘p ishlar kelishini ham o‘quvchilarga namoyon qilgan. Xalq dostonlarga ahamiyat beradigan bo‘lsak, devlarning qo‘lidan hamma narsa keladi, ular pahlavon ham bo‘lishini bilib olamiz. Haqiqatan ham, asarni o‘qigan kitobxon Azizxonning qanday mardliklar ko‘rsatganini o‘qib, bu berilgan sifat unga to‘la mos ekanligini anglab yetadi. Adib birgina so‘zga katta ma’noni joylashtira olgan.
Said Ahmad Tursunboyning uxlab yotgan vaqtini bildirish uchun “kun chiqdi” iborasi o‘rnida “kun yoyilib ketdi” iborasini qo‘llagan. Bu orqali esa quyosh chiqqaniga ancha bo‘lganligini, odamlarning hammasi ish bilan mashg‘ul ekanligini ko‘rsatib ham bergan. Agar “Kun chiqdi” iborasini qo‘llaganida asar qahramoni Tursunboyga xos bo‘lgan beg‘amlik, dangasalik, hech kim bilan ishi yo‘q – beparvoligi kabi sifatlarini o‘quvchiga yetkazib bera olmas edi. Tursunboyning erka, tanti va ishyoqmas ekanligi birgina ushbu iborada mujassamlashganligi adibning so‘z qo‘llashdagi mahoratini ko‘rsatib beradi.
Yoki Tursunboyning chiroyliligi, kelishganligi “qosh – ko‘zlari popukdek” jumlasi bilan ko‘rsatib berilgan. “Qosh – ko‘zlari popuk” jumlasi qizlarga nisbatan qo‘llanadi. Adabiyotning qaysi davriga e’tibor bermang, qosh – ko‘zning chiroyliligi faqat qizlargagina xos. Qanchadan – qancha shoirlar qizlarning qosh va ko‘zlarini tasvirlab she’rlar bitganlar. Yozuvchi esa bu jumla orqali qizlarning emas, balki yigitning chiroyli husnini ko‘rsatib bergan. “Popukdek” so‘zi bejirim, chiroyli degan ma’nolarni bildirishini hisobga olsak, yigitning hamma havas qiladigan, qizlar bir ko‘rsa, aql-u hushidan ayrilib qolar darajadagi chiroyli ekanligini anglash qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Supa ustida pashshaxona ichida Tursunboy barq urib yotipti” jumlasida ham adibning so‘z qo‘llash mahoratiga beixtiyor tan beramiz. Adib “
Download 8.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling