Said Ahmad, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov ijodiy merosi


Download 97.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi97.07 Kb.
#1508469
  1   2   3
Bog'liq
3-Maruza



Said Ahmad, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov ijodiy merosi
Oʻzbek nasrining peshqadam arboblaridan biri Said Ahmad (Husanxoʻjayev) 
1920 yili Toshkentning Samarqand darvoza mahallasida dunyoga keldi. 1939 yili 
oʻrta maktabni, 1941 yili esa oliy oʻquv yurtini tugatdi. 
Said Ahmad dastlab “Mushtum” jurnalida, Oʻzbekiston radiokomitetida (1942–
1943), hozirgi “Oʻzbekiston ovozi” gazetasida (1942–1947), “Sharq yulduzi” 
jurnalida (1948–1950) ishlagan. Uning birinchi hikoyalar toʻplami “Tortiq” 1940 
yilda nashr etiladi. Urush va urushdan keyingi yillarda Said Ahmad koʻplab 
felyeton, ocherk va hikoyalar yozgan. Uning “Er yurak” (1942), “Fargʻona 
hikoyalari” (1948), “Muhabbat” (1949) kabi toʻplamlari nashr etilgan. U “Xazina”, 
“Hayqiriq”, “Rahmat, azizlarim” kabi hikoyalarida Ikkinchi jahon urushining 
dahshatli oqibatlarini hayajonli tasvirlaydi, urush qahramonlarini ulugʻlaydi. 
Adib hikoyalarida Oybekning psixologik tasvir mahorati, Gʻafur Gʻulom yumori, 
Abdulla Qahhor bayonidagi ixchamlik mujassamdir. U hikoyalarida tasvirlaydigan 
har bir voqeadan falsafiy umumlashma chiqarishga, voqealarni lirik taʼsirchanlik 
bilan ifodalashga, badiiy tasvirlarning xilma-xilligiga erishishga intiladi. “Choʻl 
burguti”, “Oʻrik domla”, “Lochin”, “Odam va boʻri”, “Boʻston”, “Toʻyboshi” kabi 
qator asarlari Said Ahmad ijodida ham, oʻzbek nasrida ham yangilik boʻlgan. 
Adib hikoyalarining bosh qahramoni ichki dunyosi boy zamondoshlarimizdir. 
Yozuvchi “Togʻ afsonasi”, “Zumrad”, “Muhabbatning tugʻilishi”, “Koʻzlaringda 
oʻt bor edi”, “Poyqadam”, “Alla”, “Iqbol chiroqlari” asarlarida hayotiy xarakterlar 
yaratgan. Said Ahmad oʻzining hajviy hikoyalarida taraqqiyotimizga toʻsiq 
boʻlayotgan yaramas urf-odatlar ustidan kuladi, muhim maʼnaviy masalalarni 
oʻrtaga qoʻyadi. Uning “Xanka va Tanka”, “Lampa shisha” kabi oʻnlab hajviyalari 
fikrimiz dalilidir. 
Said Ahmad kichik hajviy asarlari bilan oʻzbek radio va televideniyesidagi 
miniatyuralar teatriga asos soldi. 
Adib hikoyalardan asta-sekin yirik polotnolar yaratishga oʻtdi. 1949 yilda chop 
etilgan “Qadrdon dalalar” va “Hukm” (1958) qissalaridan keyin yaratgan “Ufq” 


(1964) trilogiyasida urushdan oldingi va keyingi davr muammolari haqida bahs 
yuritadi. “Jimjitlik” (1988) romanida turgʻunlik davri illatlari fosh etiladi. Soʻnggi 
yillarda u Oybek, Gʻ. Gʻulom, A. Qahhor, M. Shayxzoda, Shuhrat, Mirtemir va S. 
Zunnunovalar haqida xotira-yodnomalar yozdi. 
Said Ahmad dramaturg sifatida ham tanilgan. U “Kelinlar qoʻzgʻoloni”, “Kuyov” 
kabi sahna asarlarining muallifidir. 
Said Ahmad ham 50-yillarda kechgan qatagʻon toʻlqiniga duchor boʻlgan, qamoq 
azoblarini tortgan ijodkordir. U “aksilshoʻraviy millatchilar guruhi aʼzosi, zararli 
gʻoyalar targʻibotchisi” sifatida ayblanib, Qozogʻistonning Qaragʻanda viloyati, 
Jezqazgʻan lagerida qamoqda boʻladi. Uning “Qorakoʻz majnun” (2002) hikoyalar 
toʻplami bu haqdagi achchiq haqiqatni roʻy-rost ifodalaydi. 
Adibning “Yoʻqotganlarim va topganlarim”, uch jildlik “Saylanma”si, “Qorakoʻz 
majnun”, “Kiprikdagi tong” toʻplamiga kirgan bir qator qissa va hikoyalari istiqlol 
yillarida uning zavq-shavq bilan ijod etganidan shahodat beradi. Adibning 
koʻpgina asarlari qardosh va xorijiy tillarga tarjima qilingan. 
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad bir qator davlat mukofotlari sohibidir. 
Xususan, mustaqillik yillarida u “Doʻstlik” va “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari 
bilan taqdirlandi. “Oʻzbekiston Qahramoni” degan yuksak unvonga ham sazovor 
boʻldi. 

Download 97.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling