Said Ahmad, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov ijodiy merosi


Download 97.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi97.07 Kb.
#1508469
1   2   3
Bog'liq
3-Maruza

ODIL YOQUBOV 
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov 1926 yili Qozogʻiston Respublikasi 
Chimkent viloyati Turkiston tumanining Qarnoq qishlogʻida xizmatchi oilasida 
tugʻildi. 1944 yilda oʻrta maktabni tugatib, 1945–1950 yillarda harbiy xizmatda 
boʻldi, sovet-yapon urushida ishtirok etdi. 
1951–1956 yillarda Oʻrta Osiyo Davlat universitetining filologiya fakultetida 
oʻqidi, 1955–1959 yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi
“Literaturnaya gazeta”ning (1959–1963,1967–1970) respublikamiz boʻyicha 
maxsus muxbiri, “Oʻzbekfilm” kinostudiyasida va respublika kinematografiya 


qoʻmitasida bosh muharrir, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat 
nashriyotida bosh muharrir oʻrinbosari (1970–1982) boʻlib ishladi. 
Soʻng “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasining (1982–1989) bosh 
muharriri, Yozuvchilar uyushmasining raisi (1989–1996), Oʻzbekiston Atamalar 
qoʻmitasi raisi va Turkiston xalqlari madaniyati arboblari assambleyasining vitse-
prezidenti (1998–2004) lavozimlarida xizmat qildi. 
Odil Yoqubovning birinchi yirik asari ‒ “Tengdoshlar” qissasi 1951 yilda bosilib 
chiqdi. 
1956 yilda adibning “Ikki muhabbat” nomli ktiobi nashr etildi. Keyin birin-ketin 
“Muqaddas” (1960), “Bir felyeton qissasi” (1961), “Qanot juft boʻladi” (1969), 
“Billur qandillar” (1975) kabi qissalari chop qilindi. Odil Yoqubovning “Er 
boshiga ish tushsa” (1969) romani Ikkinchi jahon urushi yillaridagi voqelikni aks 
ettiradi. Odil Yoqubovning “Qanot juft boʻladi” qissasida shifokorlar, meʼmorlar, 
ishchilar hayoti tasviri bilan birga ijtimoiy va axloqiy muammolar ham oʻrtaga 
tashlangan. 
“Izlayman” qissasida 1945 yilgi yapon militarizmiga qarshi kurash voqealari aks 
ettiriladi. U maʼlum maʼnoda avtobiografik asar hamdir. Chunki muallifning oʻzi 
oʻsha voqealarning jonli guvohi boʻlgan. 
Yozuvchi “Ulugʻbek xazinasi” romanida (1974) ulugʻ ajdodimiz, buyuk astronom 
olim Ulugʻbek va uning oʻgʻli Abdullatif oʻrtasidagi ziddiyatlarni koʻrsatib, 
ezgulik va yovuzlik oʻrtasidagi kurashni tasvirlagan. Romanda Ulugʻbekning 
isteʼdodli shogirdi, mashhur olim Ali Qushchining ham ulugʻvor obrazi yaratilgan. 
Adibning boshqa bir yirik asari ‒ “Koʻhna dunyo” romanida Oʻrta Osiyoning ikki 
buyuk allomasi Beruniy va Ibn Sino hayoti va ularning fojiali taqdirlari qalamga 
olinadi. Ikki ulugʻ ajdodimizning jahon ilm-fan taraqqiyotiga qoʻshgan buyuk 
hissalarini koʻrsatishga intiladi. Shuningdek, Odil Yoqubov zamonaviy mavzularda 
ham “Diyonat” (1973), “Oqqushlar, oppoq qushlar” (1988) kabi yirik asarlar 
yaratgan. Agar yozuvchi “Diyonat” romanida adolatning nohaqlik, tubanlik ustidan 
gʻolib kelishini koʻrsatgan boʻlsa, “Oqqushlar, oppoq qushlar” romanida turgʻunlik 


davri illatlarini roʻy-rost gavdalantirib bergan. Uning “Adolat manzili” nomli 
romanida milliy mustaqillik yoʻlidagi kurash hamda adolatning gʻolib va qutlugʻ 
yoʻli ulugʻlandi. 
Odil Yoqubov respublikamiz teatrlarida sahnalashtirilgan “Aytsam tilim kuyadi, 
aytmasam dilim” (1956), “Yurak yonmogʻi kerak” (1957), “Chin muhabbat” 
(1958), “Olma gullaganda” (1960) va boshqa pyesalarning muallifidir. “Diyonat” 
romani asosida yaratilgan koʻp seriyali videofilm ham muallifga sharaf keltirdi. U 
mohir tarjimon, munaqqid, publitsist sifatida ham barakali ijod qildi. 
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov “Ulugʻbek xazinasi” romani uchun 
Respublika Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan. 1994 yilda “Doʻstlik”, 1998 yilda 
esa “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan. 

Download 97.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling