Said ahmadning obraz yaratish mahorati "ufq" romani
MUHOKAMA VA NATIJALAR (Discussion and results)
Download 357.29 Kb. Pdf ko'rish
|
said-ahmadning-obraz-yaratish-mahorati-ufq-romani-asosida
MUHOKAMA VA NATIJALAR (Discussion and results)
Badiiy obraz xususiyatlarini o’rganishni atamaning mazmunidan boshlagan ma’qulroq. “Obraz” atamasi “raz” (“chiziq”) so’zidan olingan bo’lib, “raz” so’zidan “razit” (“chizmoq, yo’nmoq, o’ymoq”) va undan “obrazit” (“chizib, o’yib, yo’nib 1 В.Г.Белинский. Адабий орзулар, Т., Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1977, 101-бет. INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF BIRUNI ISSN (E) 2181-2993 Vol. 1, Issue 2. Oct. (2022) 208 www.birunijournal.uz shakl yasamoq”) so’zi yasalgan. “Obrazit”dan “obraz” (“umuman olingan tasvir”) vujudga kelgan. Aslida “obraz” slavyan tillariga xos so’z bo’lib, u voqea – hodisalarning hayolda namoyon bo’ladigan manzarasini bildiradi. Slavyanlar “obraz” deganda, avvalo, odamzotni azob – uqubatlardan saqlab qolish uchun Alloh tomonidan yuborilgan Iisus Xristos (Iso payg’ambar)ning rassomlar, haykaltaroshlar tasvirlagan qiyofasini tushunishgan. Xristian (nasroniy) dinida payg’ambar Isoning tug’ilishi, hayoti, o’limi bilan bog’liq voqealarni aks ettiruvchi san’at asarlarini yaratish keng tarqalgan. Rassomlar, haykaltaroshlar o’z hayol – tasavvurlari asosida Isoga bag’ishlangan ko’plab asarlar ijod qilishgan. Yog’och, tosh va boshqa materiallardan chizib, o’yib, yo’nib yasalgan bu asarlar juda ta’sirchan yaratilgan” Yuqoridagi barcha fikrlarni jamlasak, bitta xulosa kelib chiqadi: adabiyotga hayotning hamma (inson, narsa, buyum, hayvon, hodisa, predmet, o’simlik; ko’chma ma’nodagi so’zlar, iboralar, leksik resurslar; ifoda – tasvir vositalari – mubolag’a, kichraytirish, o’xshatish, omonim, sinonim antonimlar; anafora, epifora, asindenton va sh. k.) unsurlari kirar ekan, kirganda ham san’atkor ongi va qalbida jilolanib, boyib, kattalashib, eng muhimi insonlashib va birbutunlik kasb etib muhrlanar ekan – ularning barchasini obraz deb yuritish qonuniyatdir. “Ufq” romanda xalqimiz hayotining kichik, biroq mazmunmohiyati jihatdan juda dolzarb davri aks ettirilgan. “Ufq” romanida obrazlar bilan tanishishdan oldin yozuvchi haqida ma’lumotlar keltirib o’tamiz. "Ufq" trilogiyasi (1964–1974) adib ijodida alohida oʻrin tutadi. "Ufq" romani XX asr millat hayotining oʻn yillik davri – Ikkinchi jahon urushi, urush va urushdan keyingi yillar voqealarini oʻz ichiga oladi. Trilogiyada oʻsha yillari xalq boshiga tushgan musibatlar, odamlar koʻksidagi armonlar, shu musibatlarni yengishga qodir mislsiz matonat va shijoatlar yozuvchi isteʼdodiga xos ehtiros, oʻziga hos ilhom bilan aks ettirilgan. Said Ahmad yaratgan obrazlarga e’tibor qaratadigan bo’lsak, Ikromjon, Jannat xola, Azizxon, Dildor, Asrora kabi teran, xalqchil, yorqin milliy obrazlar yaratilgan. Qochoq, qo‘rqoq, xoin so‘zlariga tomlab izoh keltirish mumkin, ammo Said Ahmad kabi bitta obraz orqali ozgina so‘z bilan ifodalagan ta’sirni, tushunchani berib bo‘lmaydi, chunki izoh boshqa, tasavvur boshqa. «Ufq» trilogiyasi ham qamrov va hajm jihatidan ona tilimizning ifoda imkoniyatini namoyon qiluvchi katta maydondir. Birgina «Qochoq» deb nomlangan bobni oladigan bo‘lsak, yozuvchi so‘z orqali qanday dahshatli dramatik manzarani chizib bera olgan. Said Ahmadda o‘zbek tilidan foydalanishda o‘zigagina xos bo‘lgan uslub bor. So‘zni topib aytish, o‘rinli qo‘llash, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling