Said ahmadning obraz yaratish mahorati "ufq" romani


Download 357.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana18.06.2023
Hajmi357.29 Kb.
#1577447
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
said-ahmadning-obraz-yaratish-mahorati-ufq-romani-asosida

 
 

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF BIRUNI 
ISSN (E) 2181-2993 
Vol. 1, Issue 2. Oct. (2022)
209 
www.birunijournal.uz 
kesatish, kinoya qilish, o‘xshatish kabilar adibning muvaffaqiyatini ta’minlab bergan 
bo‘lsa, ajab emas, bu kabi ijodkorlar tilni e’zozlagani, boyitgani, so‘zlarning 
qo‘llanilish davomiyligini uzaytirgani, el orasida mashhur qilgani uchun til ham Said 
Ahmadni xalq orasida qadrli qildi. Televizion minatyuralar uchun yozgan 
hajviyalaridan tortib katta hajmli asarlarigacha so‘zdan samarali foydalanilganini 
ko‘rish mumkin. 
Roman-trilogiyada yozuvchi Ikkinchi jahon urushining olovli yillarida oʻzbek 
dehqonlarining front orqasida koʻrsatgan mehnat qahramonliklari haqida hikoya 
qiladi, urushdan oldingi va keyingi davr muammolari haqida fikr yuritadi. Romanda 
davrga xos qiyinchiliklar, mashaqqatlar ichida urush va mehnat frontiga safarbar 
qilingan yoshlar: Azizxon va Lutfinisa, Nizomjon va Dildor, Tursunboy va Zebixon 
kabi tutashgan taqdirlar hayotidagi fojialar tasvirlangan. Qiyinchiliklardan keyin 
qahramonlarning yana sevgiga va sadoqatga roʻbaroʻ boʻlishi, birinchi muhabbat davr 
va sinovlar qaʼriga singib ketishini koʻrish, jonli tasvirlar orqali tarixiy maʼlumotlar 
bilan tanishish, ezilgan xalqning hayot mashaqqatlarini tushunish mumkin. 
Obrazlar:
• 
Ikromjon — Jannatning eri,Tursunboyning otasi, bir oyogʻidan ajralgan, 
arzanda va qochoq oʻgʻlining oʻlimini koʻrgan jafokash ota 
• 
Jannat — Ikromjonning xotini, arzanda oʻgʻil Tursunboyning onasi. 
• 
Nizomjon — Ikromjonning tutingan oʻgʻli 
• 
Tursunboy — Ikromjon va Jannatning oʻgʻli, qoʻrqoq va urushdan 
qochgan, ota va ona diydoridan uzoqda quvgʻindi boʻlib otasining qoʻlida jon 
bergan kimsa 
• 
Rayimberdi — rais 
• 
Zebi — Tursunboy sevadigan qiz 
• 
Azizxon — urush qahramoni 
Roman uch katta davrni o'z ichiga olgani uchun uni roman-trilogiya deb 
ataymiz. Asarning dastlabki kitobi "Qirq besh kun", ikkinchi kitobi "Hijron 
kunlarida", uchinchi kitobi esa "Ufq bo'sag'asida" deb nomlangan. "Qochoq" deb 
shartli nomlangan parcha romanning "Hijron kunlarida" deb ataluvchi ikkinchi 
kitobidan olingan. E'tibor bergan bo'lsangiz, ushbu parcha juda og'ir o'qiladi, 
aniqrog'i, uni o'qish emas, his qilish og'ir. Urush qahramoni Ikromjon Usmonov 
frontdan bir oyog'idan ajrab, qaytib keladi, ortidan unga berib ulgurilmagan ordeni 
ham tantanali topshiriladi. Bundan ruhlangan Ikromjon va uning rafiqasi Jannat xola 
barcha bilan barobar mehnat qiladilar. Biroq ular hayotida falokat yuz beradi - 
ularning yer-u ko'kka ishonmay o'stirgan yolg'iz o'g'illari Tursunboy urushga 
ketayotib qochadi, ularning yuzini yerga qaratadi. Eng yomoni, Tursunboy qochib 



Download 357.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling