Said ahmadning obraz yaratish mahorati "ufq" romani


Download 357.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana18.06.2023
Hajmi357.29 Kb.
#1577447
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
said-ahmadning-obraz-yaratish-mahorati-ufq-romani-asosida

 
 

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF BIRUNI 
ISSN (E) 2181-2993 
Vol. 1, Issue 2. Oct. (2022)
210 
www.birunijournal.uz 
kelib, ular o'zlashtirayotgan to'qayzor ichkarisiga joylashib olgan. Bu sirni onasi 
Jannat xolagina biladi. U ikki o't orasida. Bir tomondan, o'glining Vatanga xiyonati 
ich-ichini o'rtasa, ikkinchi tomondan, yolg'iz farzandiga joni achiydi. Qochoq o'g'lini 
boqish, uni kishilar ko'zidan yashirish bilan ovora bo'lib, tinkasi qurigan mushtipar 
ona kasallanib qolib vafot etadi. Ikromjon o'g'lining isnodiga chiday olmay yurganda, 
to'qayda Tursunboyni uchratadi. Ota va bola o'rtasida jiddiy to'qnashuv bo'lib o'tadi. 
Ikromjon o'g'lini el-yurt oldida uzr so'ratmoqchi, diliga insof solmoqchi bo'ladi. Biroq 
nobakor o'g'il ko'nmaydi, ota qo'lidan qochib ketadi. Qochoq o'g'il Tursunboy "...ota 
diydoridan, ona mehridan, yor-birodarlari davrasidan olisda, chaqirsa ovoz yetadigan 
joyda quvg'in bo'lib, olamdan o'tadi". Asarda Tursunboy qilmishi qoralanadi, hatto 
otasi ham xiyonatkor o'g'ilni mahv etishga tayyor. Avvalo, ota-onadan ham ayb 
o'tgan: ular yolg'iz o'g'illarini erka, tantiq qilib o'stirganlar. Bugun erka farzand ularni 
el orasida sharmisor qilyapti. Biroq bu ayblovlar zamirida urushni qoralash, bu 
qirg'inbarotni o'ylab chiqarganlarni la'natlash yotibdi. Urush ota-onalarni farzand 
dog'ida kuydirdi, bolalarni yetim qildi, mamlakatni xarobaga aylantirdi. Barcha 
baxtsizliklarning sababi - ana shu urush.
XULOSA (Conclusion) 
Xulosa qilib aytganda, Said Ahmad butun ijodi davomida xalq ruhiga sodiq
qoldi, uning namunalarida mujassamlashgan xalq qalbini, tabiatini, zukkoligi va
donoligini, samimiy kulgusini o’z asarlariga ko’chirishga intildi. Xalq ijodiga
bunday munosabat yozuvchi asarlariga, qolaversa, kulgisiga teran xalqchillik
baxsh etdi, noyob va kutilmagan obrazlar yaratishga, dono hikmatlarni eslatuvchi 
ma‘nodor iboralar qo’llashiga keng yo’l ochib berdi.

Download 357.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling