Saida Jo’rayeva
Download 5.05 Kb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com кутубхонаси 114 Bizga ne atalgan aytib bo‘lmag‘ay, Toki taqdir yuki ustun kelmag‘ay. * * * Farzand ko‘rdim deb, uni o‘limga yuzlatar, Farzand noqobil bo‘lib, bir umr bo‘zlatar. * * * Laganbardor, xushomadgo‘y bo‘lsa kim, Do‘stlikni tovoqda keltirurlar jim... * * * Taqdir, menga do‘st bo‘laqol, deb bo‘lmas, U senga hech qachon o‘grilib kulmas. * * * Ey muqaddas zamin, yig‘la, yig‘i kelganda, Qashshoqlar haqorat... boy sharmanda qilganda. * * * Tilini tiysa kim bezgaklikda ham, Baxt unga tez kunda bo‘lg‘usi hamdam. * * * Xatolaring oyog‘ing ostida qumdir. O, tavba-tazarruga yetarmi umr... * * * Men insoniy axloqning asl mohiyatini anglab yetdim. Bu qimmatbaho ne’mat sukut saqlamoqlikdir. Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf www.ziyouz.com кутубхонаси 115 IBN SINO Abu Ali Husayn ibn Abdulla ibn Hasan ibn Ali ibn Sino (980-1037) Buyuk hakim, olim va faylasuf ibn Sino Buxoro shahri yaqinidagi Afshona qishlog‘ida tug‘ildi. U 19 yoshga to‘lganda ona shahri Buxoroni qoraxoniylar bosib oldilar. Bosqinchilar shaharni butkul vayron qilib, ko‘plab madaniy boyliklarni yo‘qotib yuborishdi. Bu vaqtga kelib, ibn Sino iste’dodli hakim va faylasuf sifatida tanilib ulgurgandi. Ko‘p o‘tmay Sharqda uni «Shayx ar-rais», ya’ni «Donishmandlar yetakchisi» deb atay boshladilar. Ibn Sino juda ko‘p mutolaa qilardi. U ilm cho‘qqilariga mustaqil o‘qib-o‘rganish yo‘li bilan yetib bordi. Bu haqda allomaning o‘zi shunday yozadi: «O’n yoshimda Qur’onni o‘rgandim, badiiy adabiyotlarni o‘qib chiqdim. Keyin mantiq ilmiga oid kitoblarni mutolaa qilib, mustaqil ravishda bu ilmning nozik qirralarini o‘zlashtira bildim. Shundan so‘ng tibbiyot ilmiga murojaat qilib, ko‘plab kitoblarni o‘qishga tutindim. Qisqa vaqt ichida mening tibbiyot sohasidagi bilimlarim va davolash san’atim shunday sarhadlarga yetdiki, o‘sha davrning eng hurmatli hakimlari mening huzurimga maslahat so‘rab kela boshladilar. Men hakimlik amaliyoti bilan ham tinmay shug‘ullandim va nihoyat menga insonlarni davolash ilmining darvozalari keng ochildi. Bu vaqtda endigina 16 yoshga to‘lgandim. Ana shu yoshimda tunlari uyqu, kunduzlari halovat neligini bilmay faqat ilm bilan mashg‘ul bo‘ldim, inson tabiati o‘z bilimlarini mustahkamlash va ilm yo‘lida olg‘a borishga qay darajada qodir bo‘lsa, men ham shu darajada harakat qilib, ter to‘kdim». * * * Ibn Sinoning falsafiy jihatdan shakllanishi oson kechmadi. U bir tasodif tufayli falsafa olamiga kirib bordi. Bu haqda o‘zi shunday yozadi: «Arastuning «Metafizika» asarini o‘qib chiqdim. Ammo muallifning maqsadi men uchun jumboqligicha qolaverdi. Asarni to yod bo‘lguncha qayta-qayta o‘qidim. Lekin baribir hech narsaga tushunmadim. Shundan so‘ng bu tushunarsiz asar ekan degan xulosaga kelib, uni tashlab qo‘ydim. Bir kuni muqovasozlar bozoridan o‘tayotib, bir savdogarning o‘z kitoblarini maqtayotganini eshitib qoldim. Do‘konga yaqin bordim. Savdogar menga kitoblardan birini ko‘rsatdi. Bu Abu Nasr Forobiyning «Metafizikaning asosiy qoidalari» deb nomlangan asari edi. Men jahl aralash bu tushunarsiz ilmdan hech qanday foyda yo‘qligini aytib, kitobni rad etdim. Sotuvchi esa qo‘yarda-qo‘ymay kitobni arzon bahoda sotib olishga undardi. Axiyri kitobni bor-yo‘g‘i uch dirhamga sotib oldim. Uyga qaytib, kitobni mutolaa qilishga kirishdim: u menga o‘z sirlarini ochdi va men falsafaga oid barcha savollarimga javob topdim». * * * Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab in’om etuvchi vositadir. * * * Barcha fanlarning asosiy qonun-qoidalari metafizikaga asoslanadi (metafizika tabiatdan tashqaridagi hodisalar haqidagi fan). Garchi uni eng keyin o‘rgansalar-da, aslida u birinchi o‘rinda turadi. * * * Ruh — abadiy. U jism bo‘lgandan keyin ham mavjud bo‘lib qolaveradi. * * * Ruh — jismga bog‘liq bo‘lmagan ravishda mustaqil fikrlaydi. Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf www.ziyouz.com кутубхонаси 116 * * * Tiriklik jismning idrok va harakatga ega bo‘lmog‘i demakdir. * * * Aql tarozusida tortib ko‘rilmagan har qanday bilim asossizdir. Shu bois mantiq ilmini o‘rganmoq juda muhim. * * * Hakimning uch quroli bor: so‘z, giyoh va tig‘. * * * Yolg‘izlik halokatga olib keladi. Zero, inson o‘ziga kerakli narsalarni faqat jamiyat yordamida qo‘lga kiritishi mumkin. * * * Chala bilim egasi bo‘lishdan ko‘ra, bilimsizlik afzalroqdir. * * * Ruh — shamchiroqqa, bilim — ana shu shamchiroqdan taralayotgan yog‘duga, Allohning zakosi — moyga o‘xshaydi. Shamchiroq yonishdan to‘xtamas ekan — sen tiriksan. Agar u o‘chsa — sen halok bo‘lasan. Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf www.ziyouz.com кутубхонаси 117 UMAR XAYYOM (1048-1131) G’iyosiddin Abulfath Umar ibn Xayyom Nishopur shahrida, badavlat hunarmand oilasida tug‘ilib, voyaga yetdi. Uning laqabi Xayyom bo‘lib, bu so‘z «chodir tikuvchi» degan ma’noni anglatadi. Umar Xayyom tili achchiq, badjahl odam bo‘lgan. U o‘z she’rlarini fors tilida, nasriy asarlarini esa arab tilida bitgan. Xayyom o‘zining ruboiylari bilan nom qozongan. Uning taxminan 400 ta ruboiysi mavjud bo‘lib, shulardan 293 tasi Kembrij dorilfununining kutubxonasida saqlanadi. Umar Xayyom, shuningdek, «Yevklid kitoblariga sharhlar», «Arifmetika muammolari», «Donishmandlik tarozisi», «Malikshohning falakiyot jadvali» (Umar Xayyom bu jadvalni Isfaxondagi rasadxonada ishlagan vaqtida tuzib, uni Eron shohi Malikning ismi bilan atagan), «Borliq va burch haqida qaydlar» kabi ilmiy asarlarning ham muallifidir. Umar Xayyom qomusiy olim edi. Uning 600 yildan so‘ng aniqlangan matematik formulalari mavjud. Xayyom, shuningdek, 11 yoshli shahzodani davolagan hakim, Quyosh va Oy tutilishini, ob-havo qanday bo‘lishini avvaldan aytib beruvchi munajjim ham edi. Buxoro hukmdori Umar Xayyom bilan suhbat chog‘ida yuksak hurmat- e’tiborining belgisi sifatida uni doimo o‘z yoniga — taxtga o‘tqazgan. * * * Alloh barcha narsalarni bir yo‘la emas, balki pasayib boruvchi zanjirsimon tartibda yaratgan, — deb yozadi Umar Xayyom. * * * Insonlar va mavjudotlar dunyoga keladilar-u, so‘ng yana qaytib ketadilar. Xo‘sh, ular qaydan keladilar va qayga ketadilar? Hokimi Mutlaq tabiatni yaratib, tartibga soladi-yu, so‘ng nega unga talafot yetkazdi? Agar sabab tabiatning yaroqsizligida bo‘lsa, buning uchun kim aybdor? Agar tabiat yaxshi bo‘lsa, u holda uni vayron qilishning sababi nimada? * * * Umar Xayyom hayoti va taqdiri aks ettirilgan eng ko‘hna qo‘lyozmalarda uning o‘limi bilan bog‘liq qiziq bir ma’lumot bayon etilgan. Bir kuni 83 yoshli Xayyom ibn Sinoning falsafaga oid asarini mutolaa qila turib, paymonasi to‘lganini, o‘limi yaqinligini his etadi. O’sha zahoti mutolaadan to‘xtab, asarning o‘qib bo‘lingan sahifasiga qo‘lidagi oltin tish kavlagichini qo‘yib kitobni yopadi. So‘ng o‘rnidan turib yaqinlariga vasiyatlarini aytadi-da, shu ondan boshlab yeyish-ichishni tark etadi. Shom namozidan so‘ng u sajdaga bosh qo‘yadi-da, Yaratganga shunday iltijo qiladi: «Olloh! Men kuchim yetgancha Seni anglashga harakat qildim. Qanchalar anglaganim sayin Senga yaqinlasha bordim. Kechir meni!» u shu so‘zlarni tugatib, hayotdan ko‘z yumadi. Shoir va olim Umar Xayyom Nishopurdan Marvga olib boradigan yo‘l bo‘yiga, shaftolizor va nokzordan iborat bog‘ga dafn etiladi. Uning qabri hozirgacha saqlanib qolgan. * * * Bor edi kulol do‘koni, kirdim bir gal, Dastgoh boshida ko‘zagar ishlardi jadal. Ko‘rdimki, gado ilkiyu shoh kallasidan Ul ko‘zaga bejirim bo‘yin, dasta yasar... * * * Yoshdir-qaridir, jahonga yuz tutgaylar, Bu nuqtani to ko‘ngilga jo etgaylar. Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf www.ziyouz.com кутубхонаси 118 Hech kimsaga qolmagay abad mulki jahon, Keldik, ketamiz, boz kelib-ketgaylar... * * * Kun o‘tsa kuningdan, sen uni yod etma, Ham kelmagan ul ertaga faryod etma, Bu kelmagan-o‘tgan bila bunyod etma, Xo‘p xayr degil, umrni barbod etma. * * * Asrori azalni sanu man bilmasmiz, Bu harfi chigalni sanu man bilmasmiz, Har nechaki so‘zladik, dedik parda osha, Chu pardaki tushdi, sanu man bilmasmiz... * * * Avlodi bashar bo‘yida jigarpora emish, Shodlik bila g‘am ko‘yida ovora emish, Sen charxga umid bog‘lama, ul charxi falak, Sendan-da g‘arib ermishu bechora emish. * * * Bilgaymisan, ayo, saharlarda xo‘roz, Faryod etarda senga ne so‘ylar roz? Ul derki, ayon bo‘ldi sahar ko‘zgusida Tun o‘tdi umrdan, bexabardirsan boz... Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf www.ziyouz.com кутубхонаси 119 ABU HAMID MUHAMMAD AL G’AZZOLIY (1058-1111) Faylasuf al G’azzoliy Tus shahrida tug‘ilib o‘sdi. Juda yoshlik chog‘idanoq olimlik pog‘onasiga ko‘tarildi. 1091 yildan boshlab u Bag‘doddagi mashhur Nizomiy madrasasida talabalarga falsafa va ilohiyot ilmidan saboq berdi. U 34 yoshida kuchli ruhiy inqirozni boshidan kechirdi. Shundan so‘ng haqiqatni faylasuflar belgilagan yo‘ldan topa olmasligini tushunib, mudarrislikni tashladi va mustaqil ravishda tasavvuf ilmini o‘rganishga kirishdi. Oradan 11 yil o‘tgach, imom G’azzoliy yana madrasaga qaytib, talabalarga tahsil bera boshlaydi. U butun umrini haqiqatni odamlarga tushuntirish va adashganlarni to‘g‘ri yo‘lga qaytarishga bag‘ishladi. G’azzoliyning falsafa, tasavvuf ilmiga oid asarlari juda yorqin, ravon va tushunarli uslubda bitilgan. Quyida uning ana shunday asarlaridan ba’zilarini sanab o‘tamiz: «Faylasuflarning maqsadlari», «Faylasuflarning raddiyasi», «Din haqidagi fanning tug‘ilishi», «Olam javoni» va h.k. * * * Imom G’azzoliy juda ko‘pni ko‘rgan, o‘qigan va bilgan zot bo‘lishiga qaramay, uni faqat arab shoiri Labidning mana bu misrasi zavqlantirgan: «Ollohdan o‘zga hammasi yolg‘on emasmi?» * * * Aqoid ilmining bilimdonlaridan biri Suyutiy Imom al G’azzoliy haqida shunday yozgandi: «Agar Muhammad alayhissalomdan keyin yana bir payg‘ambar dunyoga kelishi mumkin bo‘lganda, bunday saodat shubhasiz al G’azzoliyga nasib etardi». * * * «Ollohni anglashdan avval o‘zni anglamoq joiz», — deydi G’azzoliy. * * * Ko‘rgan narsangnigina qabul et, eshitganlaringni unut: Quyosh bosh ko‘targach, Zuhalni tomosha qilishdan bizni mahrum qiladi. * * * Shubha haqiqatga olib boruvchi yo‘ldir. Kim shubhalanmas ekan, hech narsani ko‘ra olmaydi. Ko‘rishdan mahrum odam esa tushunolmaydi. Tushunishdan mahrum kimsa misoli so‘qir kabi yo‘ldan adashadi. * * * Avvalo shuni tushunib olish joizki, Olloh haqidagi bor haqiqatni va Uning ulug‘vor mohiyatini faqat Ollohning O’zigina biladi. Bundan hayron bo‘lmaslik joiz: farishtalar haqidagi haqiqatni farishta, payg‘ambarlar to‘g‘risidagi haqiqatni payg‘ambargina bila oladi. Hatto shogird to ustozining darajasiga yetolmas ekan, uni chinakamiga tushunolmaydi. U ustozining darajasiga yetgandan keyingina o‘zini ustozi kabi anglay boshlaydi... * * * Tirik mavjudotlarning quyi darajadagi turlari: chumoli va chivinlarni ham faqat chumoli hamda chivinlargina anglay oladi. Afsuski, faqat insongina o‘zi haqida haqiqiy bilimga ega emas. Biz o‘zimizni faqat sirtdan — u yoki bu qilmishimiz va tashqi qiyofamiz orqali bilamiz. Ruhiy mohiyatimizni bilishga urinmaymiz. Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf www.ziyouz.com кутубхонаси 120 * * * Payg‘ambarimiz shunday degandilar: «Uch narsadan: shubha-gumondan, yomon xayollardan va havasdan hech kim qutulolmaydi. Men sizga ulardan xalos bo‘lish yo‘lini aytaman. Agar gumonsirasang tekshirma, yomon xayollar kelsa, ulardan qoch, havasing kelgan narsaga ega bo‘lish istagidan o‘zingni tiy». * * * Payg‘ambardan so‘radilar: «Xalqlarning kulfatiga nimalar sabab bo‘ladi?» U zot shunday javob qaytardilar: «Manmanlik, gerdayish, takabburlik, raqobat, tarqoqlik va hasad xalqlarga kulfat keltiradi. Ana shular tufayli avval xalqlar o‘rtasida ajralish yuz beradi, so‘ngra tartibsizlik boshlanadi». * * * Uchta olam mavjuddir: ularning biri zohiriy, ikkinchisi botiniy olam bo‘lsa, har ikkisining orasidan yana bir olam — ruhiy olam o‘rin olgan. * * * Buyuk va qudratli Tangri barcha bandalariga murojaat qilib: «Ilmni sizlarga oz miqdorda berdim», dedi. Darvoqe, olamdagi barcha tafakkur egalari yig‘ilishib bosh qotirganda ham loaqal Uning chumoli va chivinni qay tariqa yaratganiga oid ilmi va zakosini anglab yetolmaydilar, bu masalaning o‘ndan birini ham yecholmaydilar. Inson faqat Olloh buyurgan ilmnigina egallashga qodir. Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf www.ziyouz.com кутубхонаси 121 ChJU SI (1130-1200) Xitoylik faylasuf Chju Si (laqabi Yuan xuey, umrining so‘nggi yillarida Chju Xuy-an taxallusini olgan) Xuychjou viloyatining Yuan tumanida tug‘ilib o‘sdi. U juda ko‘p kitob o‘qish asnosida Konfutsiy va uning izdoshlari tomonidan bitilgan barcha mumtoz qonunlarni qunt bilan o‘rgandi. Tabiiyot ilmining bilimdoni bo‘lib yetishdi. Chju Si hayotining ko‘p qismini davlat xizmatiga bag‘ishladi. Avval Chjangchjou viloyatining hokimi, so‘ngroq Szyanlin muzofotining hukmdori bo‘ldi. Shuning bilan bir qatorda imperator farmoyishlarini yozish bilan shug‘ullandi. 1196 yilda Chju Si hasadgo‘ylik, ig‘vo, tubanlik va saroy «o‘yin»larining qurboni bo‘ldi. Natijada ishdan chetlatildi va ilm dargohlarida uning ta’limotini o‘rganish man etildi. O’limidan bir yil oldin Chju Si oqlandi va avvalgi lavozimiga qaytishiga ijozat berildi. Lekin faylasuf avvalgi xizmatiga qaytishni istamadi. * * * Avval bilim, so‘ngra harakat. * * * Faqat ikki narsa mavjud: oliy qoidani anglamoq va uni hayotga tadbiq etmoq. * * * Chju Si qarashlarining asosini tashkil etuvchi umumiy tushunchalar: «Li» — narsalarning paydo bo‘lish asosini belgilovchi, ayni vaqtda xatti-harakat me’yorlari, asoslari va oliy qonun-qoidani mujassam etuvchi — qonun-tafakkur. «Si» — besh qismdan iborat borliq: daraxt, olov, ma’dan, suv, yer. «Taytszi» — «buyuk sarhad». Unga faqat savqi tabiiy (intuitsiya) orqali yetishish mumkin. «Jen» — insonparvarlik. «I» — burch. «Chji» — donishmandlik. * * * Falak va zamon paydo bo‘lmasidan avval faqat oliy qoida hukm surgan. So‘ngra zarralar yaratilgan. * * * Oliy qoida va zarralar — bir-biriga o‘xshamaydigan ikki narsa. Ammo ular o‘zaro shunday qorishib ketganki, bir-biridan aslo ajratib bo‘lmaydi. * * * Oliy qoida yagona bo‘lsa-da, ammo turli tarzda tarqaladi. Masalan, buni shunga qiyoslash mumkin: osmondagi Oy bitta. Lekin u ko‘llar va daryolarda aks etishi natijasida behisob Oy paydo bo‘ladi. Shuningdek, suvda ko‘ringan har bir aksda Oyning qaysidir bir qismi emas, balki yaxlit shakli namoyon bo‘ladi. Shu bois o‘n ming — birga, bir esa o‘n mingga tengdir. * * * Bir-biriga qarama-qarshi hodisalarning har biri bir-birini keltirib chiqaradi. Zero, Sharq G’arbga qarshi, Janub Shimolga qarshi joylashgan. Biror narsa yoki hodisa yo‘qki, shu qoidaga bo‘ysunmasa. * * * Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf www.ziyouz.com кутубхонаси 122 Olamda oliy qoidaga bo‘ysunmaydigan narsa yo‘q. Masalan, bug‘doy, guruch, kanop, tariq doimo muayyan bir muddatda ekiladi va yig‘ib-terib olinadi. * * * Oliy qoidalar yurakda yashaydi. Yurak o‘n minglab oliy qoidani qamrab oladi va ana shu o‘n ming oliy qoida birgina yurakda jo bo‘ladi. * * * Ko‘zsiz oyoqlar yurolmagani va oyoqlar ko‘zsiz ko‘rolmagani kabi bilim va harakat ham mudom bir- biriga muhtoj. * * * Barcha harakatlar oliy qoida o‘zlashtirilgandan so‘ng amalga oshadi. Chunki oliy qoidani tushunmay turib biror ishni amalga oshirib bo‘lmaydi. * * * Bilib turib harakat qilmaslik bilimsizlik demakdir. * * * Inson yuragi bitta. Agar bu yurakda oliy Samoviy qoida saqlanib qolsa, insoniy xohish-istaklar g‘oyib bo‘ladi. Aksincha, insoniy xohish-istaklar g‘olib kelsa, oliy Samoviy qoida halok bo‘ladi. Olimu fuzalolar yurakdagi insoniy xohish-istaklarni butkul yo‘qotib, uning o‘rniga oliy Samoviy qoidani mangu jo etmoqlari joiz. Eng oliy darajadagi komil donishmandlarning minglab dono so‘zlari insonlarga oliy Samoviy qoidani tushunib, tizginsiz xohish-istaklarni bartaraf etishni o‘rgatadi. * * * Agar inson: «Peshonamga shunday yozilgan» desa-yu, borib omonat devorning tagiga turib olsa va devor qulab uni bosib qolsa, buni taqdirga to‘nkab bo‘lmaydi. Inson har bir ishning amalga oshishi yo‘lida kuchi yetgancha, imkoni boricha harakat qilgandan keyingina taqdir haqida gapirishga haqli. Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf www.ziyouz.com кутубхонаси 123 JALOLIDDIN RUMIY (1207-1273) Jaloliddin Rumiy Balx shahrida tug‘ilib o‘sdi. Uni ba’zan Jaloliddin Balxiy deb ham atashadi. Rumiy she’riyatning barcha shakllarida mukammal ijod qildi. U bitgan g‘azallar, ruboiylar va masnaviylar she’riyat bo‘stonining durdonasiga aylangan. Rumiy asarlarida tashbehlarga o‘ralgan falsafiy, so‘fiyona, teran g‘oyalarga keng o‘rin berilgan. * * * Ko‘zni yumgil, ko‘zga aylansin ko‘ngil. * * * O’limimdan so‘ng meni qaro yerdan emas, ma’rifatli insonlarning qalbidan izlang. * * * Ezgulikdan bir qal’a barpo aylangkim, mahkamlikda anga hech narsa teng bo‘lolmas. * * * Bu olam bir boru bir yo‘q. Asta-asta ketganlar — yo‘q, asta-asta kelguvchilar bor. * * * Ayo, sarv! Yuksaklarga intilmoqni bizga ham o‘rgat! * * * Ay, g‘uncha! O’zlikni namoyon etmoqni o‘rgat! UZUM HAQIDA MASAL Bir-birini tushunmaslik do‘stni dushmanga aylantirishi haqida Rumiyning shunday masali bor. Turli tilda turlicha aytilgan bir so‘z ba’zan o‘zaro nizoga sabab bo‘ladi. Turk, arab, fors va yunon millatidan bo‘lgan to‘rt nafar yo‘lovchiga bir saxiy odam tanga hadya etadi. Yo‘lovchilar o‘rtasida tangani qanday sarflash borasida janjal chiqadi. Forsiy tilda so‘zlovchi yo‘lovchi sheriklariga: — Yuringlar, bozorga boramiz-da, angur1 sotib olamiz, —deydi. — Ey firibgar! — uning so‘zini bo‘ladi arab. — Men angur emas, eynab2 yeyishni xohlayman! Turkiy yo‘lovchi esa ularning har ikkisiga e’tiroz bildirib, shunday deydi: — Birodarlar, nega shovqin ko‘tarasiz, balki bu pulga uzum sotib olarmiz? Yunonistonlik yo‘lovchi esa: — Qanday odamsiz o‘zi. Kelinglar, stafil3 sotib olamiz-da, maza qilib yeymiz, — deydi. Shu tariqa to‘rt yo‘lovchi bir-birini tushunmay, janjallashib qoladilar. Aslida ular aynan bir narsani istashardi. To‘rt yo‘lovchi bilimsizlik, nodonlik tufayli bir-birlarini rosa do‘pposlashdi. Agar ularning orasida yuz tilni biladigan odam bo‘lganda bir so‘z bilan nizoga chek qo‘yishi mumkin edi. DEHQON VA SHER Bir kuni tunda sher dehqonning og‘ilxonasiga kirib, sigirini yebdi-da, o‘sha yerning o‘zida dam olgani cho‘zilibdi. Dehqon esa tunda uyg‘onib, shamni ham yoqmasdan sigiridan xabar olish uchun Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf www.ziyouz.com кутубхонаси 124 og‘ilxonaga yo‘l olibdi. U og‘ilxonaga kiribdi-da, paypaslanib sherning yelkasini silabdi. Shunda sherning xayolidan shunday so‘zlar o‘tibdi: «Eh, ikki oyoqli nodon-a! U meni sigir deb o‘yladi. Kunduz kuni bo‘lganda meni ko‘rib, tanamga qo‘l tekkizish uyoqda tursin, qo‘rqqanidan o‘takasi yorilardi!» Ey dono odam, sen eng avvalo narsalarning mohiyatini bil, ularning aldamchi shakliga ishonma! * * * So‘z — libos. Ma’no shu libos ostiga yashiringan sir. * * * Ko‘zguda hamma narsa teskari ko‘rinadi. Ammo biz ko‘zgusiz o‘zimizni hech qachon ko‘rolmagan bo‘lardik. Sen menga so‘z ojiz, deding. Agar o‘zingni haq deb bilsang, u holda so‘zning ojizligi haqidagi so‘zlaring ham ojizdir. Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf www.ziyouz.com кутубхонаси 125 ROJER BEKON (1214 (taxminan) -1292) Ingliz faylasufi, Parij dorilfununining ilohiyotchi olimi doktor Rojer Bekon Angliyaning janubi-g‘arbidagi Dorget grafligida tug‘ilib o‘sdi. U Oksfordda ta’lim oldi. 1236-1247 yillarda Parij dorilfununida dars berdi. 1277 yilda faylasuf ibodatxona qamoqxonasiga bandi etildi va 14 yil tutqunlikda yashadi. Hikoya qilishlaricha, Rojer Bekon Angliya qiroli Genrix III (1216-1272)ni olimlarning dushmani, manfur va shafqatsiz kimsa — yepiskop Per de Roshdan ehtiyot bo‘lishi kerakligi haqida bir necha bor ogohlantirgan. Faylasuf Vinchester yepiskopining ismi sharifidan foydalanib, so‘z o‘yini qiladi. Per de Rosh lotincha Petrus de Rupibum, ya’ni «qoyalar va tik tog‘lar» degan ma’noni anglatadi. Bundan xabardor Bekon qirol Genrixga shunday savol bilan murojaat qiladi: — Janobi oliylari, ayting-chi, toshqin dengiz osha qirg‘oqqa tomon suzayotgan kema Download 5.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling