Saidmurodova gavharning
O’ZBEKISTONDA NEFT KIMYO SANOATI TARMOQLARINING RIVOJLANISHI VA RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI
Download 1.51 Mb.
|
Gavhar O`zb kurs ishi
3. O’ZBEKISTONDA NEFT KIMYO SANOATI TARMOQLARINING RIVOJLANISHI VA RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI
Kimyo va neft kimyo sanoati o’z nomiga mos holda ikki qismdan, ya’ni neft hamda neft kimyo tarmoqlaridan iborat. Bevosita kimyo sanoatining rivojlanishi va hududiy tashkil etilishi o’ziga xos, betakror xususiyatlarga ega. Shu o’rinda, eng avvalo, unutmaslik lozimki, bu sanoat tarmog’i tarmoq hosil kiluvchi mezonlarga ko’ra yagona hisoblanadi, u texnologik jarayon birligi bo’yicha tashkil topgan. Kimyo sanoatining joylashuvi o’ta murakkab: bir tomondan, ushbu sanoat tarmog’ining korxonalari erkin joylashuv imkoniyatlariga ega. Boshqacha qilib aytganda, kimyo sanoatining xom ashyo bazasi keng, u mineral resurslar, o’simlik va hayvonot xom ashyosi, turli xil sanoat ishlab chiqarishi chiqindilari asosida, hatto havodagi azot hisobidan ham tashkil etilishi mumkin. Bu sanoat tarmog’i boshqa sanoat turlari, jumladan, rangdor va qora metallurgiya, o’rmon, yog’och va sellyuloza-qog’oz, oziq-ovqat sanoat korxonalari bilan texnologik bog’liq holda rivojlanib boradi. Binobarin, kimyo sanoatiga ishlab chiqarishning kooperatsiyasi va kombinatlashuvi yuqori darajada tegishlidir, uning negizida murakkab energiya ishlab chiqarish sikli ham shakllanadi. Ikkinchi tomondan, kimyo sanoati korxonalarini hududiy tashkil etish birmuncha cheklangan. Sababi, u ekologik jihatdan ancha “xavfli” bo’lganligi tufayli, bunday korxonalarni istagan joyda qurish mumkin emas. Neft kimyosi sanoati esa, odatda, neftni qayta ishlash markazlarida rivojlanadi. Neftni qayta ishlash zavodlari asosan 3 variantda: xom ashyo, qo’lay transport geografik o’rin va iste’mol omillari ta’sirida joylashtiriladi. Ulardan ko’proq uchraydigani bunday zavodlarni iste’mol rayonlarida tashkil etish hisoblanadi Chunki, turli neft mahsulotlarni keltirgandan ko’ra bevosita neft xom ashyosini keltirib, undan joylarda kerakli mahsulotlar ishlab chiqarish ma’qulroq (bunda transport harajatlari ham keskin qisqaradi). O’zbekiston Respublikasida kimyo sanoatini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjud: turli xil tuz konlari, tabiiy gaz va qisman neft, dorivor o’simliklar, rangdor metallurgiya korxonalarining borligi va x.k. Ular asosida ushbu tarmoq korxonalari tashkil etilgan. Mustaqillik yillarida kimyo va neft kimyo sanoati jadal rivojlanib bordi. Masalan, 1995-2013-yillar mobaynida respublika jami sanoat mahsuloti 2,8 marta ko’paygan holda, mazkur tarmoq mahsuloti 3,8 barobar oshdi. Ayniqsa kimyofarmatsevtika va lak-buyok, sanoati jadal rivojlandi. Umuman olganda esa, kimyo va neft-kimyo sanoatining tez rivojlanib borishi 2017-yil ma’lumotiga ko’ra, mazkur sanoat mamlakat jami sanoat mahsulotining 11,3 foizini beradi, unda band bo’lgan sanoat xodimlarining ulushi 6,4 % (40 ming kishi atrofida). Kimyo va neft kimyo sanoati asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati ham 5,0 foizga yaqin. Kimyo sanoatining asosiy mahsulotlari mineral o’g’itlar, oltingugurt kislotasi, kimyoviy tolalar, polietilen, kaltsiy va kaustik soda, o’simlikni himoya qilish vositalari va boshqalar. Bir yilda o’rtacha 1308 ming tonna sun’iy ammiak, 111,1 ming t. mineral o’g’itlar, 1200 tonna oltingugurt kislotasi, 5,2 ming t. kimyoviy tolalar, 24 ming t kaustik va 96 ming tonna kaltsiy soda, 3,5 ming tonna har xil o’simlikni himoyalash vositalari ishlab chiqariladi. Eng so’nggi yillarda sun’iy ammiak, mineral o’g’itlar va, oltingugurt kislotasini ishlab chiqarish o’sib bormoqda. Qoraqalpog’iston Respublikasining Qo’ng’irot shahri yaqinida yirik zamonaviy kimyo zavodining qurilishi (mahalliy tuz konlari asosida) kaltsiy sodasini katta miqdorda ishlab chiqarishga olib keldi. Ushbu zavod negizida kimyogarlar shaharchasi - Elobod barpo etildi. Respublikamizda hozirgi kunda 3 ta neftni qayta ishlash zavodi bor. Ularning birinchi XIX asr oxirida Farg’ona vodiysi neft zahiralari asosida Oltiariq (Vannov, Hamza) zavodi, sobiq Ittifoq davrida Farg’ona (Qirguli) va mustaqillik yillarida Buxoro (Qorovulbozor) zavodlari barpo etilgan. Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi mustaqillik yillarida xorijiy hamkorlar (Yaponiya) bilan qayta ta’mirlandi va modernizatsiya qilindi. Hozirgi vaqtda yirik Qorovulbozor zavodining birinchi navbati ishlab turibdi, u qo’shni Qashqadaryo viloyatining Ko’kdumaloq neft koni asosida ishlaydi. Kelajakda bu korxona bazasida neft-kimyo sanoati majmuasini tashkil etish mumkin. Oltingugurt kislotasi kimyo sanoatining o’ziga xos “noni” hisoblanadi, chunki u turli ishlab chiqarish vositasi sifatida xizmat qiladi. Respublikamizda ishlab chiqariladigan oltingugurt kislotasiiing 70 foiziga yaqini Toshkent viloyatiga, qolgan qismi Navoiy viloyatiga to’g’ri keladi. Uning asosiy markazlari Olmaliq va Navoiy shaharlari sanaladi. Mineral o’g’itlar azot (selitra), fosfor va omixta o’g’itlar (ammofos) turlaridan iborat. Jami ishlab chiqarilgan 1,3-1,4 mln. tonnadan ortiq o’g’itlarning 80-85 foizini azot o’g’iti tashkil qiladi. Qolgan qismi fosfor o’g’itlarga to’g’ri keladi. Bunday o’g’itlar Toshkent, Navoiy, Farg’ona va Samarqand viloyatlari korxonalarida ishlab chiqariladi. Jami mineral o’g’itlarning 40-42 foizini Toshkent viloyati, 1/3 qismiga yaqinini Navoiy va 25 foizini Farg’ona viloyati beradi. Samarqand viloyatining ulushi esa ancha past. 4-Rasm Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling