Saidmurodova gavharning
O`zbekistonning yoqilg`i sanoati
Download 1.51 Mb.
|
Gavhar O`zb kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sanoat mahsulotlari
O`zbekistonning yoqilg`i sanoati.
Yuqoridagi xaritada Respublikamizning yoqilg`i sanoatining hududlar bo`yicha taqsimlanishi ko`rsatilgan. Asosiy sanoat markazlari Navoiy, Farg’ona, Chirchiq, Olmaliq, Qo’qon va Samarqand shaharlari. Navoiy, Farg’ona va Chirchiqda azot, Qo’qon va Samarqandda esa fosfor o’g’itlari ishlab chiqariladi. Avvallari superfosfat qo’shni Qozog’iston Respublikasi Janbul viloyatining Qoratov fosforiti konlaridan keltirilar edi. Hozirgi kunda esa ularni mahalliy, ya’ni Navoiy viloyatida topilgan yirik fosforit koni ta’minlamoqda. 2018yilda respublika kimyo sanoati korxonalari tomonidan 1530,2 ming tonna sulfat kislota, 528,1ming tonna ammoniy selitra ishlab chiqarildi. Yaqingacha O’zbekistonda kaliy o’g’iti ishlab chiqarilmas edi. Bu o’g’it turi, boshqa o’g’itlar, xususan azot o’g’itiga qaraganda yuqori darajada xomashyo talab hisoblanadi Toshg’uzar-Boysun-Qumqo’rg’on temir yulini qurish munosabati bilan Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida yirik kaliy zavodi bunyod etildi. U mahalliy tuz konlari asosida ishlaydi. Natijada, Qashqadaryoning respublika gaz va neft kimyo sanoatida tutgan o’rni yanada oshdi. Bu yerda Muborak, Sho’rtan gaz-kimyo majmualari mavjud. Lak-buyok sanoati Toshkentda, farmatsevtika Toshkent shahri va Surxondaryo viloyatida rivojlangan. Turli xil gerbitsidlar Navoiy elektrkimyo kombinatida, rezina buyumlari Angren va Popda ishlab chiqariladi. Umuman olganda, kimyo va neft kimyo sanoatini joylashtirish va rivojlantirishda yangi, ekologik jihatdan xavfsiz, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, sanoat korxonalarini hududiy tashkil etishda barcha omillarni, ayniqsa shamol va suv (gidrografiya) yo’nalishlarini, aholi joylashuvi va iqtisodiy geografik o’rinni e’tiborga olish zarur hisoblanadi. 2-Jadval
Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling