Saidov Xushnud 0-6a-22 Xalqaro munosabatlarning zamonaviy nazariyalari
Download 11.56 Kb.
|
Xushnud Saidov (2)
Saidov Xushnud 0-6a-22 Xalqaro munosabatlarning zamonaviy nazariyalari “Har bir inson boshqa insonlarga qaraganda odob-axloqini o`rganadi, lekin har bir millat boshqa millatlarga qaraganda nazariyasini o`rganadi”. – Edwart Burnett Tylor. Xalqaro munosabatlar turli millatlar, xalqaro tashkilotlar va boshqa aktorlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni qamrab oladi. Ushbu munosabatlarni tushunish va boshqarish uchun bir qator nazariyalar ishlab chiqilgan. Ushbu nazariyalarning ahamiyati shundaki, bular xalqaro munosabatlardagi voqealarni tushuntirish, tushunish va boshqarish uchun ishlatiladi.Xalqaro munosabatlarda xalqaro siyosatni tushuntirishga qaratilgan bir nechta zamonaviy nazariyalar va tadqiqot maktablari mavjud. Eng ko`zga ko`rinadiganlaridan ba`zilari: Realizm: ushbu nazariya davlatlar xalqaro siyosatning asosiy ishtirokchilari ekanligini va ular shaxsiy manfaatlar va o`z kuchlari va xavfsizligini maksimal darajada oshirish istagi bilan asoslanganligini ta`kidlaydi. Realistlar xalqaro tizim tabiatan anarxik, ya`ni qoidalarni bajarish yoki davlatlar o`rtasidagi nizolarni hal qilish uchun Markaziy hokimiyat yo`q deb hisoblashadi.Realizm tarafdorlari ayni paytda juda koʻp. Misol uchun Rossiya, Shimoliy Koreya, Xitoy va hattoki demokratiyani niqob qilgan AQSh ham Xalqaro siyosatda realizmni ilgari surishini hamma biladi. Xoʻp realizm bilan boshqa nazariyalarni solishtirib koʻrsak. Misol uchun bizning birinchi prezidentimiz Islom Karimov ham realist boʻlgan lekin hozirgi prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev liberal siyosatchi. Islom Karimov davrida Oʻrta Osiyo mamlakatlari bilan yopiq siyosat yuritilgan. Ayniqsa hudud masalasida Qirgʻiziston bilan suv masalasida Tojikiston bilan munosabatlarimiz yaxshi emas edi. Hattoki 2000-yillardagi holat yuzasidan realizm vakillari 2020- yilga kelib suv masalasida Markaziy Oiyoda kelishmovchilik yuz beradi va bu hattoki urush bilan tugashi mumkinligi haqida prognoz qilishgan. Bu bir tomondan toʻgʻri edi albatta. Lekin 2016-yilda Hukumatiz tepasiga liberal siyosatchi Shavkat Mirziyoyev kelgandan soʻng ahvoll tubdan oʻzgardi. Sababi prezidentimiz hamma bilan do'stlashish siyosatini olib bordi. Qirgʻiziston bilan chegara masalasida anchagina muzokaralar olib borildi va Qirgʻiziston foydasiga boʻlsa ham bu shartnoma imzolandi. Lekin bu ikki tomonlama foyda edi desam yanglishmagan boʻlaman. Chunki biz bu shartnoma yordamida tinchlikka erishamiz va bu oʻzbek va qirgʻiz millati orasidagi aloqalar bundan keyin ham shunday doʻstona davom etishi uchun unutilmas qadam boʻladi. Download 11.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling