Saidova gulrux uterine fibroids causes, diagnosis


PEDAGOGICAL SCIENCES AND TEACHING METHODS / 2022 – PART 15 /


Download 95.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana20.11.2023
Hajmi95.21 Kb.
#1789063
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2022 17.09

 PEDAGOGICAL SCIENCES AND TEACHING METHODS / 2022 – PART 15 / 
133 
Viloyatda sanoatni rivojlantirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilishi 
inobatga olinsa, 2017-2021-yillarda 113,6 % dan yuqori darajada rejalashtirilgan. Bu 
ishlar “Jizzax” maxsus industrial zonasi negizida hududga berilayotgan imtiyozlardan 
foydalangan holda amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Jizzax viloyat Iqtisodiyot va 
hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, asosiy 
kapitalga kiritilgan investitsiyalar 2017-2021 yillarda yillik 10 foizdan kam bo‘lmagan 
darajada rivojlantirish rejalashtirilgan. 
Qisqa muddatlarda viloyatda “Prima Lyuks fayz teks” MCHJ tomonidan loyiha 
qiymati 450 mln. so‘m bo‘lgan shlakoblok, dekarativ va xom-g‘isht ishlab chiqarish 
korxonasi ishga tushirildi. Xitoylik sarmoyadorlar o‘tgan qisqa davrda “O‘ztelekom” 
aksiyadorlik kompaniyasi bilan hamkorlikda uchta zamonaviy korxona barpo etildi. 
Xitoyning “ZTT” va “O‘ztelekom” aksiyadorlik kompaniyalari teng miqdorda har ikki 
tomon ham 500 ming dollar miqdorida investitsiya kiritib, “Smartvizion” qo‘shma 
korxonasi tashkil etilgan edi. Zamonaviy texnologiyalar asosida axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari sohasida qo‘llaniladigan apparatlar ishlab 
chiqarishga ixtisoslashgan korxona mahsulotlari yuqori sifati bilan ajralib turadi. 
Shuningdek, qulay investitsiya muhitini yaratish va turizm sohasiga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish, ushbu yo‘nalishda izchil amalga 
oshirilayotgan davlat siyosatiga investorlarning ishonchini mustahkamlash, 
shuningdek, investorlar bilan ishlashda davlat tuzilmalarining mas’uliyatini oshirish 
maqsadida hududlarda zamonaviy turizm infratuzilmasining jadal rivojlanishini 
ta’minlash, investitsiyalarni keng jalb qilish bo‘yicha bir qator ishlar amalga 
oshirilmoqda. Natijada viloyatga 2018 yilda 5800 nafar xorijiy sayyohlar tashrif 
buyurishgan. Ularning eng katta qismini MDH davlatlari tashkil qilishini inobatga 
oladigan bo‘lsak 3060, (72,0 %), viloyatning turli hududlaridagi diqqatga sazovor 
joylariga turli davlatlardan turizmning barcha turlari bo‘yicha 825800 nafar sayyohlar 
tashrif buyurishgan. Demak, hududda turizmning deyarli barcha turlarini 
rivojlantirish imkoniyatlari mavjud ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak, sohaga 
investorlarni yo‘naltirish, ularni rivojlantirish uchun kerakli ishlarni amalga oshirish 
lozim. 
Hududlarda investitsiya samaradorligini oshirish jarayonlarining ustuvor 
yo‘nalishlari davlat tomonidan yaratilayotgan shart-sharoitlar va qo‘llab-
quvvatlashning uyg‘unlashgan holda amalga oshirilishiga bog‘liq. Odatda har qanday 
investorlarni davlat yoki mintaqada siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlar ta’sirida 
ma’lum bir davr mobaynida shakllangan makro mezo va mikro darajadagi iqtisodiy 
vaziyat muhim hisoblanadi. Bunday sharoitda investitsiya kiritish uchun 
tanlanayotgan davlat (mintaqa)da investitsiya uchun xavf-xatarlari qay darajada 
ekanligini bildiruvchi ma’lumotlar birinchi o‘rinda turadi. SHuning uchun 
mamlakatimiz hududlarining nisbiy afzalliklarini aniqlash hududlar ijtimoiy-



Download 95.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling