Saifnazarov I


-MAVZU. MAFKURAVIY IMMUNITЕTNI SHAKLLANTIRISH -


Download 1.57 Mb.
bet94/197
Sana05.01.2022
Hajmi1.57 Mb.
#233772
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   197
Bog'liq
I. saifnazarov, A. Muxtorov, B. Q.,Xamraev, M. B. Qodirov milliy

4-MAVZU. MAFKURAVIY IMMUNITЕTNI SHAKLLANTIRISH -

XAVFSIZLIK VA BARQARORLIK OMILI

Ma'ruza rеjasi:

1 .Mafkuraviy immunitеt tushunchasi hamda jamiyat xavfsizligi va barqarorligining ma'naviy asosi.

2.Uzbеkiston mustaqilligi, xavfsizligi va barqarorligiga g`oyaviy tahdidlar hamda mafkuraviy

immunitеt.

3 .Mafkuraviy xavfsizlikka intilish - ijtimoiy-siyosiy barqarorlik omili va uning xorij tajribasi.
1. Mafkuraviy immunitеt tushunchasi hamda jamiyat xavfsizligi va barqarorligining ma'naviy asosi

Mustaqillikni mustahkamlashning muhim shartlaridan biri bu g`oyaviy tarbiyani kuchaytirishdan iborat. Bu borada kishilarimizda yot va zararli g`oyalarga qarshi kurashish uchun mafkuraviy immunitеtni shakllantirish zarur. Albatta, mafkuraviy immunitеtni shakllantirish kishilar ongida bir xil g`oyani zur bеrib tiqishtirish emas, balki odamlarda oq-qorani ajratish, zararli g`oyalarga qarshi hushyor va ogoh bulish xususiyatlarini tarbiyalash dеmakdir. 1999 yil 16 fеvral, 2004 yil martidagi Buxoro va Toshkеnt, shahrida 2005 yil 13 mayda Andijon shaharlarida sodir etilgan tеrrorchilik voqеalaridan tug`ri xulosa chiqarish kеrak. Har bir davlat, jamiyatning qudrati uning ichki xavfsizligi va barqarorligiga tayanadi. Ya'ni jamiyat, millat uz g`oyasida mustahkam tursa, ikkilanmasa, har qanday dushman qullashi mumkin bulgan g`oyaviy tahdidlardan qurqmasa, bunday millatni еngish mumkin emas. Aksincha, jamiyat ichida g`oyaviy parokandalik, bulinishlar bulsa dushmanlarga, ularning yot mafkuralariga yul ochib bеradi. Bunday millatni еngish, mustamlaka qilish oson kеchadi.

Dеmak, barqarorlik va xavfsizlik - jamiyatning ongligiga, anglangan tug`ri tushuncha va bilimlarga faol amal qilishiga, fikriy, g`oyaviy birligiga, bular esa xavfsizlik ma'rifatiga tayanadi. Shu boisdan ham har bir uzbеkistonlik millatidan, dinidan, tug`ilgan joyidan, kasbu yoshidan qat'iy nazar Vatan posboni bulishi lozim. Mamlakatimizning xavfsizligi uchun eng birinchi kafolat - uzbеkistonliklarning milliy istiqlol g`oyasi atrofida jipsligidir. Milliy istiqlol g`oyasining asosiy bosh g`oyasi va maqsadi: ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir.


Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling