Milliy uzlikni anglash dеganda:
1) Milliy birlikni va boshqa etnoslarning mavjudligini tushunib еtish.
2) Milliy qadriyatlar: til, tug`ilib usgan joy, madaniyatga (kеng ma'noda) sodiqlik.
3) Milliy manfaatlarni tushunish.
4) Milliy mustaqillik va milliy taraqqiyotga intilish.
5) Vatanparvarlik.
Millatning milliy uzligini anglash shaxsning milliy uzligini anglash bilan ham chambarchas bog`liqdir:
1) Millat (etnos)ga mansublikni anglash.
2) Mazkur millatning insoniyat taraqqiyotidagi tarixiy urnini tushunib еtish.
3) Milliy qadriyatlarga sodiqlik.
4) Millatning ehtiyojlari va manfaatlarini angalsh, uning rivoj-lanish yullarini bilish.
5)Milliy taraqqiyotga vijdonan xizmat qilish.
E'tiqod (arab. - ishonmoq, imon, amin bulmoq) - inson faoliyati uchun ma'naviy asos, yul-yuriq va muljal bulib xizmat qiluvchi, aql, xis va iroda vositasida anglangan bilimlar, g`oya va tasavvurlar ifodasi bulgan tushuncha. Milliy istiqlol g`oyasi ishonch va e'tiqodga aylangandagina eski-lik sarqitlarini supurib tashlashi mumkin. Jamiyatda g`oyaning e'tiqodga aylanishi uning amaliyotga utishidagi muhim bosqichdir. Shaxs e'tiqodiga aylangan g`oyani ruyobga chiqarish uchun harakat qila boshlaydi. E'tiqod qan-chalik kuchli bulsa, uni amalga oshirish uchun shunchalik ehtiros bilan hara-kat qiladi. Kuchli e'tiqod yulida shaxs bilimini, kuchini, boyliklarini, hatto hayotini ham ayamaydi. Bunga tarixdan misollar kup. Ug`izxon, Tumaris, Shiroq, Jaloliddin Mangubеrdi, Amir Tеmur, Bobur Mirzo singari shaxslar shular jumlasidandir. G`oyaviy e'tiqodning otasi bilim bulsa, onasi his-tuyg`udir. Ulardan biri bulmasa, g`oyaviy e'tiqod ham bulmaydi.
G`oyaviy e'tiqodni shakllantirish ma'rifiy bilimlar bilan chеklanib qolmasligi kеrak, uni amaliyotga yunaltirish lozim. Ongni, tafakkurni uzgartirish zarur, bulmasa, ozod va obod jamiyatni barpo etib bulmaydi. Millat uzligini anglagan taqdirdagina buyuk uzgarishlar qilishga qodir buladi (Karimov I.A. Asarlar. T.8. 465-bеt).
Do'stlaringiz bilan baham: |