Saitxodjayev


Download 441.4 Kb.
bet10/81
Sana09.11.2023
Hajmi441.4 Kb.
#1759525
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   81
Bog'liq
2012-yusubov-falsafa-lot(1)

Diniy tuyg‘u dinga ishonuvchilarning tabarruk va aziz deb tasavvur qilinadigan mavjudotlarga, muqaddaslashtirilgan buyumlar, narsalar, shaxslar, joylarga, bir-biriga va o‘z-o‘ziga, shuningdek, diniy mazmunda talqin etilgan tabiat va jamiyat hodisalariga bo‘ladigan hissiy munosabatlaridir.
Har qanday his-hayajon, kechinma diniy tuyg‘u bo‘lavermaydi. Kishilarning turli hissiyotlari – qo‘rqish, shodlanish, zavqlanish, muhabbat, ehtirom, quvonch, umid, umidsizlik, muvaffaqiyat, muvaffaqiyatsizlik kabi holatlari ularning diniy tasavvurlari, g‘oyalari va qarashlari bilan qo‘shilib ketib, tegishli yo‘nalish, ma’lum ma’no va mazmun kasb etishi natijasida diniy tuyg‘uga aylanadi. Umuman din biz sanab o‘tgan barcha elementlari bilan o‘ziga xos dunyoqarash shakli bo‘lishi bilan birga, u murakkab ma’naviy tuzilma sifatida ijtimoiy tarixiy xarakterga ega hamdir. Jamiyat hayotida har qanday, shu jumladan, diniy dunyoqarashning o‘rni va ahamiyatini ham sun’iy ravishida mutlaqlashtirish, salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu hol ayniqsa, diniy fundamentalizm va ekstremizm insoniyat uchun jiddiy xavfga aylangan hozirgi davrda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Hozirgi davrda fan, texnika, dunyoviy ilmlarning kuchayib ketishi bilan
«Diniy dunyoqarash, tafakkurning, insonni o‘rab turgan dunyoga, o‘zi kabi odamlarga munosabatning yagona usuli bo‘lmaganligini ham ta’kidlash zarurdir. Dunyoviy fikr, dunyoviy turmush tarzi ham u bilan yonma-yon va u bilan teng yashash huquqiga ega bo‘lgan holda rivojlanib kelgan»1.
Diniy dunyoqarashni teologiya deb ataladigan falsafiy fan o‘rganadi. Teologiya olam va odam munosabati, umrning mazmuni, hayot va o‘lim muammosi kabi masalalarni ilohiyot, diniy e’tiqod tushunchalari bilan bog‘lab tahlil qilish hamda o‘ziga xos mukammal tizimini yaratgan. Bugungi kunda diniy dunyoqarashning xayoliy kompensatorlik, kishi xulq-atvorini belgilash (regulyativ), boshqarish va integrativ kabi bir talay asosiy vazifalari mavjuddir. Umuman, dinning barkamol avlodni tarbiyalashdagi o‘rni va ahamiyati benihoyat ulkan va u tobora ortib bormoqda.
Falsafiy dunyoqarash kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy bilimlar, hayotiy kuzatishlar va ijtimoiy tarbiya ta’sirida shakllanadi hamda rivojlanadi. Falsafiy dunyoqarash mifologik va diniy dunyoqarashdan farqli o‘laroq, dunyoni sof ilmiy tushuntiruvchi nazariy qarashlar sistemasidir.

Download 441.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling