Saitxodjayev


Download 441.4 Kb.
bet61/81
Sana09.11.2023
Hajmi441.4 Kb.
#1759525
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   81
Bog'liq
2012-yusubov-falsafa-lot(1)

pithecanthropus pekinensis yoki «Pekin pitekantropi» nomi bilan taklif qilingan. Paleontropologiyaga oid ayrim adabiyotlarda sinantroplar deb yuritiluvchi mazkur Xitoy pitekantroplarining yoshlari turlicha bo‘lib, topilgan manzilgohlari ham keng hududda yoyilgan. Masalan, sinantroplar guruhiga oid Chjou-Kou-Dyan g‘oridan kashf qilingan birinchi topilmaning yoshi 400 ming yilga teng bo‘lsa, Shensi viloyatining Lantyan manzilgohidan olingan topilmaning yoshi 500-600 ming yillarni tashkil etadi. Xitoy pitekantroplari Yava pitekantroplaridan asosiy morfologik jihatlari bilan ham farq qilar edi. Chunonchi, sinantroplar bosh miyasining hajmi Yava pitekantroplari bosh miyasi- ning hajmidan o‘rtacha 200 sm3 kattaroq (Yava pitekantroplariniki 900- 950 sm3, Xitoy pitekantroplariniki – 1100-1150 sm3) bo‘lgan.
Pitekantroplar guruhiga oid qadimgi gominidlarning suyak qoldiq- lari yana Germaniya va Vengriya (geydelberg pitekantropi), Shimoliy Afrika (atlantrop) va Olduvey (Liki pitekantropi) kabi joylardan topilgan. Eng qadimgi pitekantroplarning yoshi 2 mln yillarga teng bo‘lsa, eng so‘nggilari 300 ming yillarni tashkil etadi1.
Homo, ya’ni odam zotining eng yuqori bosqichi ikki guruh osti Homo neandertalensis (neandertal odam), Homo sapiens turlariga bo‘linadi. Neandertal turiga oid dastlabki topilma (bosh suyak yuqori qismining qoldiqlari) XIX asrning o‘rtalarida Germaniyaning Neandertal vodiysida kashf qilingan. Hozirgi Yevropada neandertal turiga oid 40 dan ortiq topilma manzilgohlari ma’lum. Neandertal odamlar morfologik xususiyatlariga ko‘ra, asosan bosh miya hajmining o‘zaro yaqin o‘lchamlari bilan (o‘rtacha bosh miya hajmi 1400 sm3) boshqa gominid guruhlaridan farq qilar edi. Neandertal turiga oid topilmalar aniqlangan manzilgohlarda ashel, mustye, hatto yuqori paleolit davri madaniyatiga mansub mehnat qurollari ham bo‘lganligi ularning yoshi 200-300 ming yillarga teng ekanligidan dalolat beradi. Neandertal odamlar manzilgohlari Yevropadan tashqari, Markaziy Osiyo hududlarida ham topilgan. Chunonchi, O‘zbekistonning janubida Boysun atrofidagi Teshiktosh g‘oridan 1938-yilda 8-9 yoshli neandertal bolaning suyak qoldiqlari, hamda mustye madaniyatiga oid tosh qurollari ham topilgan. Hisoblarga ko‘ra, neandertal bola bosh miyasining hajmi 1490 sm3 ni tashkil qilgan2.





1 O‘sha joyda.
2 Yз6eкиctoh xaлԕлapи tapиxи. 1-жилд. – T., 1992. – Б.9-11.
1874-yilda Fransiyaning Kro-Manyon vodiysida bosh miyasining hajmi, yuz tuzilishi, jag‘ suyaklarining joylashuvi bo‘yicha neandertal odamlardan farq qiluvchi Homo zotiga oid yangi topilma aniqlandi va joyning nomiga asoslanib, unga «kromanon odam» deb nom berildi. Yuqori paleolitning keyingi davrlari bilan bog‘liq bo‘lgan oxirgi 40 ming yilda neandertal odamlar o‘rniga aqlli odamlar Homo sapiens kelganligi aniqlangan.
Biz yuqorida keltirgan antropologik ma’lumotlarga asoslanib, inson evolutsiyasining bosqichlarini quyidagi tartibda tasavvur qilishimiz mumkin.
Birinchi bosqich inson paydo bo‘lishining eng dastlabki ildizlari primatlarning yuqori bosqichiga kiruvchi prokonsul, driopitek, ra- mapitek, sivapitek kabi odamsimon maymunlar turkumiga borib taqaladi (eng qadimiy topilmalar yoshi 25 mln yilga, eng so‘nggi avlodlari 8-10 mln yillarga teng). Antropoidlarning bu turlari (ramapitek, driopitek va boshqalar) hozirgi maymunlar (shimpanze, gorilla)dan unchalik farq qilmaydigan oddiy hayvonlar bo‘lganlar. Ular o‘rmonlarda daraxtlar ustida hayot kechirganlar, lekin asosiy vaqtini yerda o‘tkazganlar. Ekologik sharoitlar ta’sirida hayot ko‘nikmalari ham o‘zgarib borgan.
Kaynozoy erasining uchlamchi davri bilan to‘rtlamchi davri o‘rtalarida (taxminan 40-20 mln yil avval) tabiiy muhit keskin o‘zgargan. Cheklangan miqdordagi o‘simliklar muhiti boy hayvonlar dunyosi bilan uyg‘unlashgan bir davrda ov qilish uchun qulay sharoitlar vujudga kela boshlagan. Bu holat, bir jihatdan, ov qilish uchun hayvonlarning turlari (antilopalar va hokazo) ko‘paygan davrga, ikkinchi jihatdan, yirtqich hayvonlar uchun o‘lja bo‘lib qolish xavfi ortgan sharoitga to‘g‘ri kelib qolgan. Mazkur omillar inson evolutsiyasi jarayonida iz qoldirmas- ligining iloji yo‘q edi.
Antropoidlarning yerdagi hayotga o‘tish jarayoni, ular gavdasining kattalashuvi, jismoniy kuchining ko‘payishi, tabiiy qurollarining takomillashuvi tufayli ulardan foydalanishni tasodifiylikdan sekin-asta obyektiv zaruratga aylantira bordi. Boshqacha qilib aytganda, agar odamsimon maymunlar dastlab yog‘och, tosh, suyak qoldiqlari kabi qurollardan boshqa hayvonlarni o‘ldirish uchun tasodifan, stixiyali foydalangan bo‘lsalar, keyinchalik doimiy foydalana boshlaganlar.
Tabiiy qurollardan doimiy foydalanish zarurati old oyoqlar funksiyasining o‘zgarishga, gavdaning tiklanishiga olib keldi. Tabiiy qurollardan doimiy foydalanish, mazkur qurollar orasidan eng qulay va
zarurlarini tanlashga, sun’iy ishlov berish yo‘li bilan maqsadga muvofiq qurollarni yaratishga olib keldi. Dastlab toshdan yasalgan qurollar va ular yordamida yog‘och, suyak, hayvon shoxlari va shunga o‘xshash (ishlov berish nisbatan oson bo‘lgan) materiallardan yasalgan qurollar paydo bo‘la bordi. Bu jarayonlar, albatta, antropoidlar xulq-atvorida o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Natijada inson paydo bo‘lishi evolutsiyasida yangi bosqichga o‘tish uchun zamin yaratildi.
Ikkinchi bosqichda gominidlar oilasi ikki turkum – avstralopiteklar va pitekantroplarga bo‘linadi. Bu bosqichda odamsimon maymunlarning bevosita zoologik turidan insonga yaqin bo‘lgan turiga o‘tish jarayoni amalga oshdi. Inson evolutsiyasining bu bosqichida asosiy rol o‘ynagan avstralopiteklar bir jihatdan tur sifatida hali hayvonot olami dunyosidan batamom ajralib chiqa olmagan mavjudot bo‘lgan; ikkinchi jihatdan esa, ov qilish, oziq-ovqatlarni yig‘ib terish, tabiiy qurollarni ishlov berish orqali o‘zlashtira olish kabi turmush tarzidagi yangi belgilar shakllanishi tufayli, o‘zida ijtimoiylikni qaror toptirayotgan tur sifatida ham namoyon bo‘la bordi.
Ijtimoiy borliq va madaniyatning poydevori sifatida mehnatning paydo bo‘lishi, sun’iy qurollarni yasash va muloqot vositasi sifatida belgili tizimlarning asta-sekin yaratila borishi odamsimon maymun- larning o‘zaro birlashib, to‘da-to‘da bo‘lib yashashiga olib kelgan. Boshqacha qilib aytganda, avstralopitekka inson bo‘lish uchun quroldan foydalanishga ehtiyoj va qobiliyat borligining o‘zi yetarli bo‘lmay qolgan. Mehnat qilishning zaruriy sharti sifatida avstralopitekka o‘ziga o‘xshash boshqa individlar ham kerak bo‘la borgan. Individ o‘zligini anglashining obyektiv sharti va subyektiv omili sifatida unga qarama- qarshi bo‘lgan boshqa bir individning bo‘lishi «ijtimoiy instinkt» qondirilishining birlamchi asosi hisoblangan to‘daning shakllanishini taqozo qilib qo‘ygan.
Avstralopitekdan keyin inson evolutsiyasida yangi tur – pitekantroplar paydo bo‘ldi. Agar avstralopiteklar va parantroplar yashagan davr bundan 4,5 mln yil avvalgi davrdan 800 ming yil avvalgi davrgacha cho‘zilgan bo‘lsa, pitekantroplar davri 2 mln yil avvalgi davrdan 300 ming yil avvalgi davrgacha yetib kelgan. Inson evolutsiyasining pitekantroplar bilan bog‘liq bosqichida mazkur antropoid tur qaddini tik tutib yurishga o‘tish va old oyoqlarning mehnat faoliyatiga moslashishi kabi yangi sifatiy belgilarni o‘zida namoyon qila bordi.
O‘z morfologik tuzilishi va madaniyati bilan pitekantropga yaqin bo‘lgan tur sinantrop (pekinlik odamsimon maymun) hisoblanadi. Taxmin qilishlaricha, sinantrop mehnat faoliyatining nisbatan yuqori darajasida turgan, turli xil qurollardan foydalangan, kiyiklar, yovvoyi otlar, hatto yovvoyi to‘ng‘izlarni ham ovlagan, doimiy yashab turuvchi manzilgohi bo‘lgan, olovni kashf qilgan odamsimon mavjudot bo‘lgan.
Inson evolutsiyasining uchinchi bosqichida gominidlar oilasining neandertal odam, kromanyon odam va aqlli inson kabi vakillari shakllanadi va rivojlanadi (ular yashagan davr miloddan oldingi 200–300 ming yilliklardan 40 minginchi yilliklargacha bo‘lgan oraliqni o‘z ichiga oladi). Shu tariqa har bir evolyutsion bosqichning yuqori pog‘onasida odamsimon mavjudotlarda, biologik o‘zgarishlar yuz berishi bilan bir qatorda, ijtimoiy sifatlari ham asta-sekin boyib borgan. Inson tafakkuri, ongi, tili shakllana borgan. Xullas, insoniyat jamiyati vujudga kela borgan.



  1. Download 441.4 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling