Saitxodjayev
Download 441.4 Kb.
|
2012-yusubov-falsafa-lot(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vulgar materializm»
Ong moddiylikning miyada aks etishi deb tushunishda, uning mohiyati inson tanasi faoliyati bilan bog‘lab talqin etiladi. Bunday qarashlar ham qadimiy ildizlarga ega. XVIII asrga kelib ongni bevosita inson miyasi faoliyati bilan bog‘lashga harakat qilgan qarashlar ham shakllandi. Ayni paytda materialistik yo‘nalish nomini olgan bunday yondashuvlar doirasida ongning mohiyatini buzib talqin qilish hollari ham paydo bo‘lgan. Falsafa tarixida «Vulgar materializm» deb nom olgan oqim namoyandalarining qarashlari bunga misol bo‘la oladi. Ularning fikricha, xuddi jigar safro ishlab chiqargani kabi, miya ham ongni ishlab chiqaradi. Bunday yondashuv natijasida ong ideal emas, balki moddiy hodisa, degan xulosa chiqadi. Vaholanki, safroni ko‘rish mumkin, ammo ongni ko‘rib ham, ushlab ham, o‘lchab ham bo‘lmaydi.
XX asrda ong olamni miyada in’ikos etishi degan talqin biroz o‘zgardi. Ong olamni, atrof muhitni in’ikosi emas, in’ikos miyaning bir funksiyasi degan fikrlar paydo bo‘ldi. Ong bor, u mavjud, ong borliqni bizda namoyon bo‘lishidir. Ong so‘zsiz hisoblash tizimidir. Biz olam haqida nimani bilsak, ular bizga ong orqali berilgan. Bizga predmetlarning o‘zi berilmagan, balki borliqning subyektiv obrazi berilgan. Olamni bilishga kirishishimizdan oldin, u ma’lum obrazlar orqali bizga tushunarlidir, tasniflangan, turlarga bo‘lingan. Unda ma’lum bir – chapdan, o‘ngdan, ko‘p, kam degan o‘lchovlar mavjud. Olam hamisha baholangan, talqin qilingan. Agar biz yulduzli osmonga qaraydigan bo‘lsak, biz oldingi avlodlarning ongi unga avvalroq qaratilganligini ko‘ramiz, ya’ni biz bilamizki, yulduzlar yorug‘ligiga qarab bir nechta sinflarga bo‘linadi, yorug‘lik eng yaqin yulduzdan ham ko‘p yillar davomida keladi, uzoqroqda joylashgan ba’zi yulduzlar hozir so‘ngan, lekin ularning yorug‘ligi endi kelyapti va hokazo. Olamda ong tomonidan qamrab olinmagan narsa, hodisa yo‘q. Ong va borliqni bir-biridan ajratgan faylasuflar ongni o‘zi ham borliq ekanini, borliqning bir ko‘rinishi ekanini tushunishmagan. Olam ongsiz to‘liq bo‘lmaydi. Ong xuddi olamni qurishni to‘ldiradi, ong orqali uning go‘zalligi ochiladi. Ong barcha bilimlarning va olamni anglashning manbai. Xo‘sh, ong tarixan qachon va qanday omillar ta’sirida shakllangan? U haqiqatan ham miya bilan bog‘liqmi? Ong tarixi insonning inson bo‘lib shakllana boshlashi tarixi bilan bog‘liqdir. Uzoq vaqt davomida inson, uning ongi planetar, ya’ni Yer shari doirasidagi hodisa sifatida qarab kelindi. Hozirgi zamon fani masalaga kengroq doirada yondashish zarurligini ko‘rsatmoqda. Chunki fan dalillari inson paydo bo‘lishini faqat Yerda kechgan jarayonlar bilan cheklab qo‘yish to‘g‘ri emasligini, u koinot evolutsiyasining tabiiy hosilasi ekanligini tobora chuqurroq isbotlamoqda. Inson biologik va ijtimoiy harakatning tashuvchisi ekan, harakat shakllari o‘rtasidagi uzviy aloqadorlikni, uning yuqori shakllari quyi shakllariga bog‘liqligini, tayanishini, ulardan o‘sib chiqishini unutmaslik lozim. Boshqacha aytganda, ular o‘rtasida uzviy aloqadorlik mavjud. Ong tarixi quyosh sistemasi va unda millionlab yillar davomida sodir bo‘lgan o‘zgarishlardan ham ayricha olib qaralishi mumkin emas. Aynan mana shu jihatdan olganda, ongning shakllanishini kosmik hodisa sifatida qarash ham mumkin. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ongga quyidagicha ta’rif berish mumkin: Ong – bu yuksak darajada tashkil topgan materiya – inson miyasining xossasi. Download 441.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling