Saitxodjayev


Download 441.4 Kb.
bet2/81
Sana09.11.2023
Hajmi441.4 Kb.
#1759525
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
2012-yusubov-falsafa-lot(1)

BBK 87ya73





2
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012




KIRISH


Falsafa – insoniyatning bir necha ming yillik tarixiy taraqqiyoti davomida yaratilgan ilm va madaniyatning ajralmas tarkibiy qismidir.


Inson bor ekan, olam va odam nima, ular qanday paydo bo‘lgan, voqelik qanday qonuniyatlar asosida yashaydi, o‘zgaradi va taraqqiy etadi, umrning mazmuni nimadan iborat, avlodlar ortidan avlodlar kelib- ketaverishida qanday ma’no bor kabi masalalar barchani o‘ylantiradi. Falsafa ana shunday masalalar bilan shug‘ullanadi. U nihoyatda qadimiy fan. Olam va odamlar o‘rtasidagi munosabatlar, inson qadri va umrning mazmuni, dunyodagi o‘zgarishlar, o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlik hamda taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari falsafaning asosiy mavzulari hisoblanadi.
Biz yashayotgan dunyo so‘nggi yillarda nihoyatda o‘zgarib ketdi. Xususan, Vatanimiz tarixida XX asrning 90-yillarida olamshumul voqealar yuz berdi: mamlakatimiz mustaqillikka erishib, o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanladi, rivojlanishning o‘zbek modelini amalga oshirishga kirishdi. Xalqimizning huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lidagi harakatlari dunyoqarashni tubdan o‘zgartirish, eski aqidalardan tamoman voz kechish, istiqlol mafkurasini shakllantirish, xalq ma’naviyatini yuksaltirish lozimligini taqozo etmoqda. Bunda ijtimoiy fanlar rivoji ulkan ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz Islom Karimov to‘g‘ri ta’kidlaganlari kabi: «Ko‘p asrlik tariximiz shuni ko‘rsatadiki, inson dunyoqarashi shakllanishida ma’rifatning, xususan, ijtimoiy fanlarning o‘rni beqiyos. Bu jamiyatshunoslik bo‘ladimi, tarix, falsafa, siyosatshunoslik bo‘ladimi, psixologiya yoki iqtisod bo‘ladimi – ularning barchasi odamning intellektual kamolotga erishuvida katta ta’sir kuchiga ega»1.
Falsafa esa – barcha fanlar rivojlanishiga asos bo‘ladigan va ulardan oziqlanadigan, ayni paytda ularning rivojlanish yo‘llarini belgilab beradigan umuminsoniy va universal fan. U qadim zamonlardayoq
«barcha ilmlarning otasi» deb ta’riflangan. Uning hayotiyligi xalq tabiatiga, turmush va tafakkur tarziga nechog‘lik mos ekani, jamiyat manfaatlari va ezgu intilishlarini qay darajada aks ettira olishiga bog‘liq.



1 Papuмoв И.A. Mиллий иctиԕлoл мaфкypacи – xaлԕ эъtиԕoди ba 6yюк кeлaжaккa ишohчдиp. – T., 2000. – Б.33.
Dunyoda o‘z milliy falsafa maktabini yaratgan xalqlar bor. Chunonchi, hind va xitoy falsafasi, nemis falsafasi, ingliz falsafasi kabilar shular jumlasidandir. Milliy adabiyot, milliy madaniyat, san’at va hokazolar bo‘lgani kabi, milliy falsafaning ham bo‘lishi tabiiy. Ammo bu falsafa milliy qobiqqa o‘ralib qoladi, degani emas. U umuminsoniy fan sifatida, bir tomondan, umumbashariy muammolarni qamrab olsa, ikkinchi tomondan, shu masalalar bilan shug‘ullanayotgan aniq shaxs – faylasuf mansub millatning muayyan manfaatlarini ham ifodalaydi. Millat ozod bo‘lsa, o‘z turmush tarziga mos fikrlasa, olamni, uning muammolarini dunyoqarashiga xos holda idrok eta olsa, uning o‘z falsafasi shakllanadi. Bunday falsafa xalq manfaatlarini aql-idrok, mafkura yo‘li bilan himoya qilishga, uning ongi, dunyoqarashi va ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Shu bois, Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng falsafani rivojlantirish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etdi. Busiz millatning haqiqiy farzandi bo‘lgan, uning kamolini o‘ylaydigan chinakam ozod, hur fikrli, barkamol insonni tarbiyalab bo‘lmaydi. Shu sababli biz o‘rganadigan falsafa umumbashariy muammolar bilan birga, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish jarayonidagi ma’naviyatning tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy tamoyillarini aks ettirmog‘i lozim.
Sobiq Ittifoq davrida so‘z va vijdon erkinligi turli yo‘llar bilan
bo‘g‘ib kelingani, bir yoqlama dunyoqarash zo‘rlik bilan singdirilgani tufayli falsafa quruq safsata va zerikarli aqidaga aylanib qolgani – achchiq haqiqat. Chunki u kommunistik g‘oyalardan tashqariga chiqolmas, hayotga taraqqiyot nuqtai nazaridan baho berolmas edi. Shuning uchun u yoshlar va talabalar uchun kamolot vositasi, intilish omili emas, teskari tarbiya quroli, zararli dunyoqarash manbai bo‘lib qolgan edi. Shu bois, u o‘z davri mafkurasi bilan birga o‘tmishga aylandi. Bu borada oddiy tilda yozilgan qo‘llanmalar, xalqchil kitoblar, afsuski, hali ham yetarli emas. Odatda, mutaxassis bo‘lmagan ba’zi kishilar falsafani eng qiyin va eng mavhum fan deb hisoblaydilar. Buning sababi nimada? Buning boisi shuki, falsafa ko‘p yillar mobaynida oddiy va ravon tilda tushuntirilmas, aksincha, turli qonun va qoidalar, xilma-xil ta’limot va g‘oyalar majmuidan iborat murakkab bir fan sifatida talqin etilar edi. U yoki bu falsafiy qoida nega kerak, ularni o‘rganishning qanday ahamiyati bor, muayyan faylasuf aynan biror bir g‘oya yoki ta’limotga ko‘proq ahamiyat berganining sababi nimada, nima uchun uning qarashlarida aynan ana shu muammo ustuvor bo‘ldi, degan masalalar ko‘p hollarda nazardan chetda qolar edi.
Falsafaning asosiy vazifasi inson ongida sog‘lom aqlga mos dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Bunday dunyoqarash biron-bir g‘oyani zo‘rlab singdirish yoki quruq yod oldirish orqali emas, balki ishontirish, xilma-xil fikrlarni o‘rtaga tashlash, muhokama qilish, zarur tushuncha, tamoyillarni aniqlash jarayonida shakllanadi va rivojlanadi. Ana shularni hisobga olgan holda, mazkur darslikda quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi:

  • falsafani jahon madaniyati va sivilizatsiyaning muhim tarkibiy qismi sifatida o‘rganish;

  • falsafiy g‘oyalar, muammolar, oqim va yo‘nalishlarni tavsiflashda umuminsoniy va milliy qadriyatlarning uyg‘unligi tamoyiliga amal qilish;

  • xilma-xil falsafiy ta’limot va turli qarashlarni bir butun jarayonning ifodasi bo‘lgan ilmiy bilimlar tizimi sifatida talqin etish;

  • mavzularni aniq sharoit va jarayonlar bilan bog‘lab tavsiflash, ularni izohlashda umumbashariy va milliy miqyosdagi dalil va misollarga tayanish;

  • har bir mavzuni istiqlol va O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar bilan uzviy bog‘liq holda tushuntirish.

Biz bu jarayonda biror bir g‘oya, oqim, yo‘nalish yoki falsafiy ta’limotni mutlaqlashtirib, boshqalarining ahamiyatini kamsitish fikridan yiroqmiz. Aksincha, bizning maqsadimiz ularning barchasini xolis talqin etish, talabalarda falsafa fani, xilma-xil falsafiy oqimlar, ularga mansub faylasuflar va ularning ta’limotlari haqida to‘g‘ri va xolisona tasavvurni shakllantirishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi falsafa va politologiya kafedrasi dotsentlari D.A.Yusubov I bo‘lim 1-mavzu, III bo‘lim 8- mavzu, V bo‘lim 9, 12-mavzular, VI bo‘lim 13, 14, 15-mavzular, X.B.Saitxodjayev II bo‘lim 3, 4-mavzular, V bo‘lim 10-mavzu, A.A.Mavlyanov I bo‘lim 2-mavzu, III bo‘lim 5-mavzu, IV bo‘lim 7, 8- mavzular, VI bo‘lim 11-mavzularni nashrga tayyorlanganlar. Ushbu darslikda falsafani yangi tamoyillar asosida tavsiflash borasidagi ilk tajribalardan biridir. Shu sababli unda ayrim xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Matnlar, asosan, ijtimoiy fan sohalari uchun mutaxassis tayyorlamaydigan oliy o‘quv yurtlari talabalariga mo‘ljal- langan.


Mualliflar


I BO‘LIM





Download 441.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling