Saitxodjayev


§. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning faoliyatida falsafiy bilimlarning o‘rni va ahamiyati


Download 441.4 Kb.
bet6/81
Sana09.11.2023
Hajmi441.4 Kb.
#1759525
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
2012-yusubov-falsafa-lot(1)

§. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning faoliyatida falsafiy bilimlarning o‘rni va ahamiyati


Ma’lumki, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar faoliyatiga shaxs va fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish vazifalari kiradi. Huquqni muhofaza qilish idoralariga esa prokuratura, adliya, III kabilar kiradi. Huquqni muhofaza qilish idoralarining asosiy vazifalari: konstitutsiyaviy nazorat, odil sudlovni amalga oshirish, sudlar faoliyatini tashkiliy ta’minlash, prokuror nazorati, jinoyatni aniqlash va tergov qilish, yuridik yordam berish va jinoiy ishlar bo‘yicha muhofazani ta’minlash kabilarni qamrab oladi.


Huquq, bizga ma’lumki, insonlarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy munosabatlarini muvofiqlashtiruvchi norma hisoblanadi.
Ma’lumki, falsafiy bilimlar juda keng qamrovli hisoblanadi. Falsafa tabiat, jamiyat va inson, uning tafakkurini taraqqiyotini eng umumiy qonunlarini o‘rganadi va insonlarda falsafiy dunyoqarashni shakllan- tiradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, huquq jamiyatni huquqiy tomonlarini o‘rganar ekan, u falsafa o‘rganayotgan muammolarning bir qismini tashkil etadi. Shuning uchun ham falsafa jamiyat, davlat va huquq masalalarini umumiy tarzda, ijtimoiy bir hodisa sifatida ko‘rib chiqadi. Huquqshunoslik fanlari falsafaning metodologik xulosalariga, yutuqlariga suyangan holda huquqiy muammolarni aniqlashtiradi hamda bir qator maxsus nazariy masalalarni o‘rganadi.
Huquqshunoslik fanlari falsafaning metodlari, qonunlari, tushun- chalari, bilish nazariyasi va boshqa tomonlaridan foydalangan holda o‘z oldida turgan masalalarni hal qilishadi. Ma’lumki, jamiyat har xil guruhlardan, qatlamlardan, insonlardan tashkil topgan. Huquqshunoslik
fanlari esa xuddi shularni manfaatini va ehtiyojlarini qabul qilingan me’yorlar asosida himoyalaydi. Demak, bu yerda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar ham shu me’yorlardan foydalanibgina insonni muhofaza qiladi. Bu yerda huquq ijodkorligi, huquqiy muammolarni hal qilishda mantiqan ko‘rinib turibdiki, falsafaning, uning yutuqlarini o‘rni va ahamiyati katta. Falsafiy bilimlarga ega bo‘lgan huquqshunos har bir masalani har taraflama keng va to‘g‘ri hal qilish qobiliyatiga ega bo‘lib boradi.


2-bob. DUNYOQARASH VA UNING TARIXIY SHAKLLARI. MUSTAQILLIK VA FALSAFIY DUNYOQARASHNING YANGILANISH ZARURATI



Download 441.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling