Saitxodjayev


Download 441.4 Kb.
bet9/81
Sana09.11.2023
Hajmi441.4 Kb.
#1759525
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   81
Bog'liq
2012-yusubov-falsafa-lot(1)

Diniy dunyoqarash – bu g‘ayritabiiy kuchlarning real mavjudligiga ishonishga asoslangan, voqelikni xayoliy obrazlarda, tasavvurlar va tushunchalarda aks ettiruvchi olamning fantastik manzarasini yaratuvchi ilmiy bo‘lmagan qarashlardan iborat dunyoqarashning o‘ziga xos shaklidir.
Diniy dunyoqarashning asosini din tashkil qiladi. Din voqelikni inson ongidagi fantastik in’ikosidan iborat bo‘lgan ijtimoiy ong shakllaridan biridir. U insonning tabiat va jamiyat qonunlarini hali bila olmagan, dahshatli va tushunib bo‘lmaydigan bo‘lib tuyulgan tabiat kuchlari va «sirlari» oldida ojizligining in’ikosi sifatida g‘ayri tabiiy kuchlarning real mavjudligiga ishonish, ularga e’tiqod qilish natijasida paydo bo‘ladi. Din murakkab tuzilishga ega bo‘lib, u g‘ayritabiiy kuchlarning real mavjudligiga ishonishni (diniy e’tiqodni), diniy dunyoqarashni, diniy marosimlarni (dinga sig‘inishni) hamda diniy tuyg‘ularni o‘z ichiga oladi.





1 Papuмoв И.A. Yз6eкиctoh 6yюк кeлaжaк capи. – T., 1998. – Б. 441.
Diniy e’tiqod – bu g‘ayritabiiy kuchlar va ilohiy mavjudotlarga noilmiy, hech bir dalil va isbotsiz ishonishdir. Diniy e’tiqod dindor kishining his-tuyg‘ularini, ichki kechinmalari va xulq atvorini belgilab beradi. Diniy e’tiqod o‘z ichiga intellektual, hissiy va iroda elementlarini qamrab olgan murakkab hodisadir. Diniy e’tiqodning intellektual elementlari – bu dindorlar ongida mavjud bo‘lgan, yuzaki qaraganda, to‘g‘riga o‘xshagan, aslida voqelikning xato in’ikosi bo‘lgan diniy tasavvurlar va tushunchalardir. Ular hech qanday ilmiy dalil va asosga ega bo‘lmaydilar, lekin ayni vaqtda ular dinga ishonuvchi kishilar tomonidan hayotiy zarur narsalar sifatida baholanadilar. Diniy e’tiqodning dindorlar uchun majburiy hisoblangan, muhokama yuritmasdan ishonish lozim bo‘lgan talablari mavjud bo‘lib, ular vazifasini diniy aqidalar bajaradi.
Diniy aqidalarga misol qilib Qur’onda berilgan islom aqidalarini olishimiz mumkin. Islomda sunniylik ilohiyotida shakllangan bunday aqidalar yettita: Ollohning yagonaligi, farishtalar, muqaddas hisoblangan yozuvlar, payg‘ambarlar, oxiratning borligi, taqdirning ilohiyligi va kishi o‘lgandan keyin qayta tirilishga ishonish (bu aqidalar imon talablari ham deyiladi).
Sig‘inish – diniy faoliyatning bir ko‘rinishi sifatida odamlarning kundalik hayotida ular ustidan hukmronlik qiluvchi diniy obrazlar shaklidagi ilohiy kuchlarga toat-ibodat qilishdir. Sig‘inish diniy marosimlarning bir ko‘rinishi sifatida diniy tasavvurlar va g‘oyalarni ifoda etuvchi hamda g‘ayritabiiy, xayoliy obyektlarga qaratilgan yakka yoki jamoa bo‘lib bajariladigan ramziy xatti-harakatlardir. Bundagi yakka shaxs yoki jamoa sig‘inishining subyekti bo‘lib, ibodatxona, diniy buyumlar (xoch, shamlar, tasbeh va shu kabilar) sig‘inish vositalari hisoblanadi. Ta’zim, tiz cho‘kish, sajda qilish, bosh egish, qo‘l qovush- tirish, cho‘qinish va hokazolar sig‘inishning oddiy ko‘rinishlaridir. Qurbonlik qilish, xudoyi qilish, qur’on o‘qitish, diniy bayramlarni nishonlash sig‘inishning murakkab shakllaridir. Shu yo‘l orqali kishilar o‘zlaridagi dinga, e’tiqodga, ishonchga bo‘lgan ehtiyojlarini qon- dirishadi.

Download 441.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling