Saitxodjayev


Download 441.4 Kb.
bet58/81
Sana09.11.2023
Hajmi441.4 Kb.
#1759525
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   81
Bog'liq
2012-yusubov-falsafa-lot(1)

Huquqiy ijodkorlik bilishning shakli sifatida. Huquqiy ijodkorlik
– jamiyatdagi mavjud turli xil ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq normalari tizimini yaratishga hamda takomillashtirishga qaratilgan faoliyat turidir. O‘zining mohiyatiga ko‘ra huquq ijodkorligi davlat xohish-irodasini ifoda etuvchi normativ-huquqiy aktlar sifatida aks etadi. Ushbu hujjatlar hamma uchun majburiy bo‘lib, davlat organlarining normativ-huquqiy aktlarni yaratish, to‘ldirish, yangilash yoki bekor qilish borasidagi faoliyatini o‘z ichiga oladi.
Huquq ijodkorligi – vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslarning (referendum chog‘ida – butun xalqning) huquq normalarini o‘rnatish, o‘zgartirish, takomillashtirish va bekor qilishga yo‘naltirilgan maxsus faoliyatidir.1
Huquq ijodkorligi davlat faoliyatida juda katta o‘rin tutadi. Huquq ijodkorligida tayyorgarlik ko‘rish jarayoni alohida ajralib turadi. Ushbu jarayonning zarurligi qabul qilinayotgan hujjatlarning sifatini muntazam oshirib borilishini taqozo etadi.
Huquq ijodkorligi jarayonida ham obyekt va subyekt munosabatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Huquq ijodkorligida uning obyektini jamiyatning ma’lum sohalariga taalluqli bo‘lgan qonunlar, huquqiy



1 Qarang: Дabлat ba ԟyԕyԕ haзapияcи. X.T.Oдилԕopиebhиhг taԟpиpи octидa. – T., 2009. – Б.239.
normalar, huquqiy islohotlar, huquqiy munosabat va huquqiy jarayonlar tashkil qiladigan bo‘lsa, uning subyektini har qanday shaxs yoki kishilar guruhi tashkil qila olmaydi. Huquq ijodkorligi bilan davlatning alohida vakillik organlari shug‘ullanadi.
Davlatning huquq ijodkorligi faoliyati turli xil shakllarda namoyon bo‘ladi. Tegishli davlat organlari ushbu faoliyat bilan shug‘ullanadilar. Ayrim davlatlarda huquq ijodkorligi referendum orqali amalga oshiriladi. Har bir davlatda huquq ijodkorligining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Huquq ijodkorligi bilan asosan parlament, ya’ni oliy vakillik organi shug‘ullanishi lozim. Hokimiyatning markaziy va mahalliy organlari u yoki bu darajada huquq ijodkorligi bilan shug‘ullanadilar. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga asosan, huquq ijodkorligini oliy vakillik organi – Oliy Majlis amalga oshiradi.

Download 441.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling