Saitxodjayev


Download 441.4 Kb.
bet70/81
Sana09.11.2023
Hajmi441.4 Kb.
#1759525
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   81
Bog'liq
2012-yusubov-falsafa-lot(1)

Milliy qadriyatlarbu millatning tili, madaniyati, tarixi, urf- odatlari, an’analarini, jamiki moddiy-ma’naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi.
Mintaqaviy qadriyatlar iqtisodiyoti, madaniyati, tarixi, tili, dini, urf-odat va an’analari mushtarak bo‘lgan xalqlar manfaatiga xizmat qiladigan tabiiy va ijtimoiy hodisalar majmuasini tashkil qiladi.
Umuminsoniy qadriyatlar milliy va mintaqaviy qadriyatlardan mazmuni jihatidan chuqur va keng bo‘lib, umumbashariy ahamiyat kasb etadi. Umuminsoniy qadriyatlar turkumiga insoniyat sivilizatsiyasining taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan umumbashariy muammolar kiradi.
Bundan tashqari qadriyatlar tasnifida insonning o‘zi uchun ahamiyatiga ko‘ra e’tiqod darajasiga ko‘tarilgan «ichki» va tashqaridan singdirilgan «tashqi» qadriyatlar, yoki bo‘lmasa «mutlaq» va o‘zgaruvchan tabiatga ega bo‘lgan «konkret-tarixiy qadriyatlar», bajaradigan vazifalariga ko‘ra insonlar maqsadining yo‘nalishini belgilovchi, sotsial guruhlarda nazorat usuli sifatidagi yoki zaruriy funksional qadriyatlar kabi turlar ham qayd etiladi.
Qadriyatlar tasnifida «Huquqiy qadriyat» o‘ziga xos urin egallaydi. Huquqiy qadriyat ijtimoiy qadriyatning alohida bir shakli hisoblanadi. Insoniyat yaratgan ma’naviy qadriyatlarni bir turi huquqiy qadriyatdir. Huquq inson uchun zarur imkoniyatlar, sharoitlar yaratishi, insonlar tomonidan qadrlanishi uchun qadriyat hisoblanadi. X.T.Odilqoriyev va SH.U.Yakubovlar «Huquqiy qadriyatlar – bu insonlar, jamiyat va davlat o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda fuqarolar tomonidan e’zozlanadigan, qadrlanadigan, ularning manfaatlariga xizmat qiladigan huquqiy normalar, g‘oyalar, qarashlar, institutlar, prinsiplar va
hodisalardir» – deb ta’rif beradilar. Ular «Huquqiy qadriyat – ijtimoiy munosabatlarni samarali tartibga solishga, jamiyatda qonun ustuvorligi va adolat tantana qilishga, inson huquqlari va erkinliklari sobitqadamlik bilan ta’minlanishiga, yuksak huquqiy ong va madaniyat shakllanishiga xizmat qiladigan huquqiy hodisa»dir deb ta’kidlaydilar (Shu asar. – B.122). Huquqiy qadriyatlar gultoji – Konstitutsiya hisoblanadi.
Ԕaдpияtлap aкcиoлoгия фahи toмohидah ypгahилaди.



    1. Download 441.4 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling