Sakrash turlari texnikasi o‘rgatish metodikasi


Download 0.54 Mb.
bet8/12
Sana14.12.2022
Hajmi0.54 Mb.
#1005981
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Sakrash

Yugurib kelish. Uch hatlab sakrashda yugurib kelish masofasi uzunlikka sakrashdagidan birmuncha qisqaroq. Tezlik yuqori va u sportchining jismoniy imkoniyati darajasida. Yugurib kelishning boshlanishi uzunlikka sakrashdagi yugurib kelishning boshi bilan bir xil. Yugurib kelishni turgan joyidan yoki qisqa yugurib kelishdan boshlash mumkin, ammo maxsus belgidan boshlash muhim. Yugurib kelish tezligi asta-sekin o‘sib, oxiriga borib eng yuqori nuqtasiga yetishi lozim. Yugurib kelishda qadamlar kengligi va sur’atining bir xil bajarilishiga erishish lozim, ayniqsa so‘nggi qadamlarda. Qadamlar ohirida qadamlar tuzilishini o‘zgartirish kerak emas, buning o‘rniga qadamlarni shunday bajarish lozimki, yugurishdan depsinishga o‘tish holatida sportchi o‘zini qulay his qilish zarur.
Birinchi depsinish. Depsinuvchi oyoq depsinish joyiga tez va to‘liq qo‘yiladi.
Gavda tik yoki ozgina oldinga egilgan. Qo‘llar tirsak bo‘g‘imidan 90-100o burchak ostida bukilib, xuddi yugurishdagi kabi harkatlanadi. Oyoq deyarli tizza sohasida bukilmagan va UOM proyeksiyasi yaqiniga qo‘yiladi. Bu holat sportchiga gorizontal tezlikni deyarli yo‘qotmasdan keyingi sakrashga o‘tish imkoniyatini beradi. Siltanuvchi oyoq tizza qismida to‘liq bukilgan holatda oldinga chiqarilib, depsinuvchi oyoq 62o burchak ostida bukiladi. Sakrovchi xuddi depsinishni yugurib o‘tib UOM harakati ketidan boradi.
Sapchish”. Bu uchish fazasida uchib chiqish burchagi katta bo‘lmagani ma’qul, chunki bu tezlikning pasayishiga, uchish trayektoriyasining oshishiga olib keladi va bu esa ikkinchi depsinish uchun noqulay sharoit hosil qiladi.
“Sapchish” boshida sportchi “qadam” holatida harakatlanadi va bu holat siltanuvchi oyoq tizzadan bukilib pastga tushguncha davom etadi. Depsinuvchi oyoq siltanuvchi oyoq bilan bir vaqtda tizza qismi bilan oldinga chiqariladi va tizza qismining bukilish burchagi taxminan 90o ga teng bo‘ladi. So‘nggi lahzada depsinuvchi oyoq yozilib, yerga qo‘yiladi. Uning yerga qo‘yilishi keng “eshkak eshishli” harakat bilan amalga oshiriladi. Birinchi va ikkinchi depsinishlar faqat bir oyoqda amalga oshirilishi lozimligi doimo yodda bo‘lishi kerak. Depsinuvchi oyoq to‘liq yerga qo‘yilgandan so‘ng ikkinchi depsinish fazasi boshlanadi. “Sapchish” vaqtida qo‘llar xuddi yugurishdagi kabi ishlashi yoki ikki qo‘l parallel harkatlansa, sakrovchi birinchi depsinish paytida ikki qo‘lini oldinga chiqaradi va shundan so‘ng aylanma harakat bilan yuqoriga-orqaga-pastga keyingi depsinishning siltanishiga tayyorlaydi. “Sapchish” paytida gavda tik bo‘ladi va faqatgina ikkinchi depsinish vaqtiga kelib oldinga bir oz egiladi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling