Sakrash turlari texnikasi o‘rgatish metodikasi


-rasm. Yugurib kelib uch hatlab sakrash


Download 0.54 Mb.
bet10/12
Sana14.12.2022
Hajmi0.54 Mb.
#1005981
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Sakrash

8-rasm. Yugurib kelib uch hatlab sakrash


Uch hatlab sakrash texnikasini o‘rganishda va maxsus yuklamalarni
bajarganda bo‘g‘imlarning mushaklarga qaraganda sekin rivojlanishini yodda tutish lozim. Yuklamalar noto‘g‘ri taqsimlanishi natijasida mushaklar va bo‘g‘imlar rivojlanishi o‘rtasida tafovut hosil bo‘lishi mumkin.
Murabbiylar kuzatishiga ko‘ra, uch hatlab sakrash bilan shug‘ullanadigan qizlar (ayollar)da sakrash texnikasi guldan-gulga qo‘nuvchi kapalakni eslatuvchi tezkor harakatdir. Boshqacha qilib aytganda, ayollar sakrashi tashqaridan qaraganda ancha yengil va tez ko‘rinadi.
Mushak kuchi va asab mushak tizimi ko‘p martali sakrashlar yuklamasiga qarshilik qilsa ham, ayollar uch hatlab sakrashida katta ahamiyatga ega (58-rasm).

Yugurib kelib uch hatlab sakrash texnikasini o‘rgatish uslubiyati


Uch hatlab sakrash texnikasini faqat jismoniy tayyorgarligi yetarli bo‘lgan shug‘ullanuvchilarga o‘rgatish mumkin. Oldin qisqa masofaga yugurish va uzunlikka sakrash bilan shug‘ullanganlarga o‘rgatish muvaffaqiyatliroq o‘tadi.
Qattiq yerda shug‘ullanish mumkin emas. Uch hatlab sakrash mashg‘ulotlari, agar sakrash uchun qum to‘ldirilgan chuqur yonida bo‘lsa, tekis, o‘tloq maydonda o‘tkazilishi mumkin.
1-vazifa. Shug‘ullanunchilarni uch hatlab sakrash texnikasi bilan tanishtirish, ularda yugurib kelish, “sapchish”, “qadam” va “sakrash” to‘g‘risida tasavvur hosil qilish.
Vositalari. O‘rtacha yugurib kelib uch hatlab sakrash texni-kasini ko‘rsatish. Qisqa yugurib kelib sakrashni takrorlab, tushunchani aniqlash. Sakrash texnikasi haqidagi fotokinogramma, kinohalqa va plakatlar ko‘rib chiqish. Musobaqada usta sakrovchilar texnikasini kuzatish.
2-vazifa. Uch hatlab sakrashning qisqa yugurib kelishdan bajariladigan oddiy texnikasini o‘rgatish. Vositalari:

  1. Turgan joyidan uch hatlab sakrash.

  2. Shu mashqning o‘zini belgilarga qarab bajarish.

  3. “Sakrab qadamlash” – oyoqdan oyoqqa “qadamlab”, uchish fazasini tobora oshira borib, ko‘p marta sakrash. Shuning o‘zi, lekin 20-30 m masofaga kim kam qadam tashlab yetish, 5-7 sakrash qadamida kim uzoqroqqa sakrash tarzida mashq qilish (mashq turgan joydan uzunlikka sakrashdan boshlanadi).

  4. “Sapchish”lar – 15-20 m ga ko‘p marta bir oyoqda sakrash. Shuning o‘zini bir chiziqda bir-biridan 160-200 sm nari qo‘yilgan to‘ldirma to‘plar (yoki boshqa narsalar) ustidan sakrab bajarish. Shuning o‘zini musobaqa tarzida bajarish.

  5. Uch qadamdan yugurib kelib depsinuvchi oyoq tushgan yerdan depsinib, uch hatlab sakrash. Shuning o‘zini chiziqdan yoki ma’lum belgidan depsinib bajarish.

  6. 5-8 m dan yugurib kelib, uch hatlab sakrash. Shu mashqning o‘zini 12-I6 m dan yugurib kelib bajarish. Shuning o‘zini yo‘lkada “sapchish”, “qadam” uzunligini ko‘rsatib qo‘yilgan belgilarga qarab bajarish.

Uslubiy ko‘rsatmalar. O‘rganunchilar birinchi urinishdanoq uch hatlab sakrash sxemasini o‘zlashtira boshlaydilar. Lekin boshda ko‘proq sakrash mashqlarini: “sakrash qadamlarini” va ayniqsa “sapchishni” o‘zlashtirishga ko‘proq e’tibor beriladi. Uch hatlab sakrashda “sapchish”ni o‘zlashtirishning eng yaxshi mashqi predmetlar (to‘ldirma to‘plar) ustidan ko‘p marta “sapchib” o‘tishdir. Dastlabki paytlarda mashq texnikasining detallarini o‘rgatish kerak emas. Eng muhimi, uch hatlab sakrash sxemasini va maromini o‘zlashtirishdir. O‘rganuvchilar yugurgandagidek qadamlamay, balki sakrashlari kerak. Buninig uchun yuqoridagi mashqlarni va belgilar ustidan sakrashni ko‘proq bajarish kerak. Talabalarni nisbatan bir xil maromga o‘rgatish uchun belgilar oralig‘i bir xilda bo‘lgani ma’qul. Ketma-ket sakrashlarda, uchish fazasini uzaytirish maqsadida, “B-i-i-r, ik-ki-i, uuch” deb sanab turish kerak.
3-vazifa. “Sapchish” va “qadam”dan keyin yerga tushish va depsinish uchun oyoqni to‘g‘ri qo‘yishni o‘rgatish.
Vositalari:

  1. Siltanuvchi oyoq sonini gorizontaldan yuqoriroq ko‘tarib, to‘xtovsiz “sakrash qadamlari”. Depsinuvchi oyoqni baland-baland ko‘tarib va uni oyoq uchidan boshlab faol yerga qo‘yib, to‘xtovsiz “sapchish”lar.

  2. Oyoqni depsinish joyiga shiddat bilan tez orqaga sidirayotganday qo‘yib, sonni baland-baland siltab, turgan joydan besh va yetti hatlab “odimlab” va “sapchib” sakrashlar.

Z. Yerga oyoq qo‘yishdan oldin, sonni baland ko‘tarishga diqqatni jalb qilib, bir oyoqda sapchishlar.

  1. Sonni baland-baland siltab, oyoqni depsinish joyiga tez va faol qo‘yib, to‘xtovsiz “sakrash qadam” va “sapchish” mashqlari.

  2. Qisqa yugurib kelib, uzunlikka sakrash taxtasida depsinish; bir oyoqda qumga tushib, oldinga yugurib o‘tish.

  3. Shu mashqning o‘zini “qadamlab” uchishni cho‘zibroq, oyoqlarni kechroq almashtirib bajarish.

  4. Shuning o‘zi, lekin oyoqlarni almashtirishda oyoqni baland siltab, tez va shiddat bilan “sidiruvchi harakat” qilib yerga qo‘yish.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling