Sakrovchanlik Maxsus tezkorlik


Download 49.08 Kb.
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi49.08 Kb.
#1528087
1   2   3   4   5
Bog'liq
VOLEYBOL O\'YINIDA HUJUMGA QARSHI TEZ HIMOYA TAKTIKALARI

4. Maxsus chidamlilik
Zamonaviy voleybolda turli mazmundagi maxsus chidamlilik (sakrash chidamkorligi, tezkor va tezkor-kuch chidamliligi, o'yin chidamkorligi) hal qiluvchi omil deb e'tirof etiladi. Ushbu sifatlar, ayniqsa
so'nggi partiyalarda o'zini «men»ligini ko'rsatadi. Chunki, chidamlilik, shu jumladan yuqorida qayd etilgan chidamlilik turlari tushunchasi - uzoq vaqt davomida charchamasdan, shu sifat yoki o'yin malakalarini yuqori ish qobiliyati darajasida samarali ijro etish demakdir.


4.1. Maxsus chaqqonlik
O'yin davomida keskin o'zgarib turuvchi o'yin vaziyati texnik-taktik malakalarni shu vaziyat talabiga mos ravishda ijro etilishini taqozo etadi:

  • to'siqlar osha (3 ta ketma-ket to'siqdan) oldinga va orqaga chopish-to'siq qo'yish-sakrab zarba berish;

  • yiqilib to'pni qabul qilish - sakrab to'p uzatish taqlidlari.



4.2. Maxsus egiluvchanlik
Voleybol o'yinida ijro etiluvchi texnik-taktik malakalarni samarali ijro etishda egiluvchanlik sifatining ahamiyati alohida o'rin egallaydi. Voleybolchining egiluvchanligi o'ziga xos optimal amplitudada rivojlangan bo'lishi lozim. Me'yoridan ortiq yoki kam amplitudaga ega egiluvchanlik o'yin malakasining ijro etilish samarasiga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Masalan: ko'krak bilan yiqilib to'pni qabul qilishda ortiq-amplitudalik egiluvchanlik jarohatlanishga olib kelishi ehtimoldan holi emas. Maxsus egiluvchanlikni tarbiyalash uchun egilish, bukilish, yozilish, burilish va bo'g'imlarni «qisish»ga oid mashqlarni bajarish mumkin.
Namunaviy mashqlar:
- o'tirgan holatda gavdani bukish-peshona tizzalarga imkoniyati
boricha yaqinlashtiriladi, oyoqlar bukilmaydi;

  • «bukri ko'prik» mashqini bajarish;

  • tik turgan holatda tananing tos-bel qismidan aylanma (o'ng va chap tomonga) hafakatga keltirish;

- ikki shug'ullanuvchi turli holatlardan bir-birini bukish, egish,
burish, «yozish» mashqlarini bajaradi va hokazo.


Download 49.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling