Salib yurishlari: natijalar,oqibat va yakunlari
Download 1.15 Mb.
|
Salib yurishlari dars ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ritsarning kundaligi 3.
- III.Yangi mavzu bayoni: Mavzu: Keyingi salib yurishlari:natijalar,oqibat va yakun. Reja: 1. To`rtinchi salib yurishlari.
- InnakentiyIII,Lotin imperyasi,Mixail VIII Paleolog,1261 yil 15-avgust, Boldiun O`qituvchi o`quvchilarning fikrlarini umumlashtirib mavzuni yakunlaydi. V.Baholash
- VI.Uyga vazifa
Ritsarning kundaligi 2Men qahramon bo`lishni ko`pdan orzu qilaman. Nihoyat orzuimga erishdim.Bugun men muqaddas urush uchun yo`lga chiqqan qo`shinga qo`shildim.Biz dengiz orqali yo`lga chiqdik.Kemalar…………… respublikasiniki edi.O xudoyim mening gunohlarimni kechir biz …………… ,musulmonlar ustiga emas……………… yurish qilmoqdamiz. Men atrofimdagilarning talonchiligidan, vahshiylikdan dahshatga tushyapman.Ozing kechir xudoyim. Men………………………. Ibodatxonasini talamoqchi bo`lgan ritsarlarga qarshilik qilmoqchi bo`ldim,lekin ular mening o`zimni qilich bilan yaralashdi. Ehtimol bu mening so`nggi yozuvlarimdir. O`zing gunohlarimni avf et xudoyim. Omin.Ritsarning kundaligi 3.Men oilada kenja farzandman.Bizda meros faqat katta o`gilga tegadi. Menga esa otamdan bitta ot, ritsarlik anjomlari va arzimas pul meros qoldi. Merosning bunday taqsimlanishi……….tizimi deyiladi. Na iloj endi o`z kunimni o`zimni ko`rishim kerak. Yaqinda men ritsarlarning katta yurishlarga otlanayotganligini eshitdim. Men ham yurish ishtirokchilariga qo`shildim.Biz 1096 yilning kuzida ……… shahriga to`plana boshladik. Bizni imperator ……………….. ga qasamyod qildirishdi. Biz …….. va …………… ga yurish boshladik. ……….. shahrini bosib olishda birgina jome masjidida 10ming g`ayridin………. yoqib yubordik . Bu xudoga xush kelarmikan bilmadim.
O`quvchilar ishini doskada tagdimot qiladi.O`qituvchi tekshiradi va topshiriqni bajargan guruhlar rag`batlantiriladi.Topilmagan javoblar o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi yoki o`quvchilarga izlanishi uchun uyga vazifa qilib beriladi. Yangi mavzu e`lon qilinadi va doskaga yoziladi. III.Yangi mavzu bayoni: Mavzu: Keyingi salib yurishlari:natijalar,oqibat va yakun. Reja: 1. To`rtinchi salib yurishlari. Lotin imperyasi. 3.Vizantiyaning tiklanishi. 4.Salib yurishlarining tugashi va oqibatlari. O`qituvchi yangi mavzuni slayd orqali o`quvchilarga tushuntirib beradi.Salibchilar borgan hududlarni dunyoning siyosiy xaritasidanva elekrton xaritadan ko`rsatib beradi. Vizantiyalik salibchilar Vizantiya xarobalarida Lotin imperyasi deb atalgan davlat tuzdilar. Bu davlatning 1-imperatori etibFlandriya grafi Boldiun saylandi. Lotinlar bosib olgan hududlarda ritsarlar uchun qasrlar quriladi va dehqonlar ritsarlarga shahsiy qaramlikka tushadilar. Mahalliy yunonlarning mardanovor qarshiligi tufayli lotinlar Vizantiyani to`liq egallay olmadilarSalib yurishlari to`xtashining asosiy sabablari.Ishlab chiqarish kuchlari o`sa boshladi,O`rmonlar kesib,ekinzorlarga aylantirildi; Qishloq aholisining yersiz qismi shaharlarga ketdi,Qirol hokimyati kuchaya bordi,ritsarlarga qirol qo`shinida xizmat qilish imkoni yaratildi,Savdogarlar tinch yo`l bilan savdo–sotiq olib borishning afzalligiga ishonch hosil qildilar.Salibchilar Sharqda kuchli xristian davlatini yaratish maqsadiga yeta olmadilar.Yevropaliklar Sharq mamlakatlarida yashab ;shoyi to`qishni,oyna yasashni,shamol tegirmonlarini qurishni o`rgandilar,G`arbda ovqat oldidan qo`l yuvadigan,issiq hammomda cho`miladigan,ich kiyimlarni va ustki kiyimlarni almashtiradigan bo`ldilar. Mavzu tushuntirib bo`lingandan keyin o`qituvchi bolalarning salib yurishlari haqidagi video lavxani o`quvchilarga ko`rsatadi.Shundan keyin o`quvchilar o`z fikr va mulohazalarini aytadilar ,urushning oqibatlari haqida fikr almashadilar, o`qituvchi o`quvchilarning fikrini to`ldirib boradi.Faol guruhlar rag`batlantirib boriladi.Har guruhdan faol o`quvchilarni o`qituvchi ilg`ab boradi. Dastlab salibchilarning maqsadi yoziladi keyin esa yakuniy oqibati yoziladi.Faol guruhlar rag`bat oladi.Dars davomida kam qatnashgan o`quvchilar atamalarni izohlaydilar. InnakentiyIII,Lotin imperyasi,Mixail VIII Paleolog,1261 yil 15-avgust, Boldiun O`qituvchi o`quvchilarning fikrlarini umumlashtirib mavzuni yakunlaydi. V.Baholash: Harbir guruh yig`gan rag`batini sanaydi qaysi guruh ko`p rag`bat yig`gan bo`lsa shu guruh g`olib bo`ladi,g`olib guruh rag`batlantiriladi.Dars jarayonida faol bo`lgan o`quvchilar alohida baholanadi. VI.Uyga vazifa: Rasmga qarab hikoya tuzib kelish.(ilovaga 5-rasmga qarang)Darslikdagi savollarga javob yozish. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling