Saljuqiylar davlati


Download 2.67 Mb.
Sana01.11.2023
Hajmi2.67 Mb.
#1736364
Bog'liq
SALJUQIYLAR DAVLATI

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI TARIX YO’NALISHI

101-GURUH TALABASI JUMANOV MIRABRORNING O’ZBEKISTON TARIXI FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISH TAQDIMOTI.

Saljuqiylar davlati

Saljuqiylar davlati.


O‘rta Osiyoda Saljuqbek asos solgan
sulola boshchiligidagi o‘g‘uz qabilalarining old Osiyoga yirik harbiy yurishlari XI asrdan boshlab kuchayadi.

Ichki ziddiyatlardan zaiflashgan Sharqiy Rim imperiyasi ko‘chmanchi turk qabilalari hujumlariga qarshilik ko‘rsata olmaydi.

Vizantiyaning yollanma qo‘shini esa Saljuqiylar sultoni Alp Arslon lashkari tomonidan 1071-yilda Mansikert jangida tor-mor etiladi.

Imperator Roman IV Diogen jangda asir olinadi. Bu mag‘lubiyatdan so‘ng vizantiyaliklar deyarli qarshilik ko‘rsata olmaganligi tufayli ko‘p sonli turkiy qabilalar Kichik Osiyoga yo‘l oladi.

Ijtimoiy tuzum.


O‘g‘uzlar bu paytda urug‘-jamoachilikning
inqirozi va mulkiy tabaqalarning bosqichida
yashaganlar.

XI asr oxirida Kichik Osiyoni deyarli to‘liq bosib olgàn o‘g‘uzlar unda o‘zlarining qator amirliklarini tuzadilar.

O‘troqlashayotgan turklar o‘lkaning tub aholisi kabi dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullana boshlaydi.


Ayni shu paytdan ko‘chmanchi turkiy qabilalarning o‘troq turmushga o‘tishi boshlanadi.

Bu jarayonlar XII–XIII asrlarda saljuqiylarda ham yer egaligiga asoslangan davlatning uzil-kesil shakllanishiga olib keladi.

Mamlakatda shakllangan yirik yer egaligi va soliqlar tizimi Sharqdagi islom davlatlarinikidan deyarli farq qilmagan.

Davlat yerlarining katta qismi iqto’ tarzida harbiylar va amaldorlarga xizmatlari evaziga in’om etilgan.

Iqto’ dastlab merosiy mulk bo‘lmasdan, faqat xizmat muddati davomida foydalanish sharti bilan berilgan.

Asta-sekin turkiy qabilalarning mahalliy aholi bilan aralashishi yangi etnos – turk xalqining shakllanishiga asos bo‘ladi.

Jarayon XIII asrning 20–30-yillarida kuchayadi.


XIV asr boshlariga kelib, Kichik Osiyodagi Saljuqiylar davlati parchalanib ketadi.
Lekin 1243-yildagi mo‘g‘ullar bosqini davlatning keyingi taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

ADABIYOTLAR RO’YXATI

  • Farhod sultonov toshkent 2009. Qadimgi dunyo tarixi.
  • Qosimov E. Jahon tarixi. Qadimgi va o‘rta asrlar davri. Darslik. T.: TDPU., 2013.
  • Rajabov R. Qadimgi dunyo tarixi. O‘quv qo‘llanma. T.:“Fan va texnika nashriyoti”, 2009.
  • Nuriddinov E., Lafasov M., Kichqilov X. Eng yangi tarix (1918-1945). Darslik. Nasaf, 2010.
  • Nuriddinov E., Kichilov X. Eng yangi tarix (1989-2008 y.). O‘quv qo‘llanma. T., “ASR-MATBUOT”, 2010.

Download 2.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling