Saljuqiylar davlatida ijtimoiy siyosiy madaniy hayot Kurs ishi himoyasiga ruxsat berildi
Download 61 Kb.
|
Soliyeva Malohat 4-KURS MOXT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi
- “Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart 1 !”
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI SHARQ SIVILIZATSIYASI VA TARIX FAKULTETI KURS ISHI MAVZU: Saljuqiylar davlatida ijtimoiy siyosiy madaniy hayot Kurs ishi himoyasiga ruxsat berildi: Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va etnologiyasi kafedrasi mudirasi, t.f.n., dots. Alimova R.R. Bajardi:Tarix (“Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha”) ta’lim yoʻnalishi 4-kurs talabasi Soliyeva M. QA’BUL QILDI: ASQAROV M. TOSHKENT – 2023 Kirish Mavzuning dolzarbligi: Tarix kursi oldiga qo’yilgan ta'lim – tarbiya vazifalarini amalga oshirishning eng muhim shartlaridan biri har bir darsda o’qitiladigan tarix kursining tutgan o’rni, uning ta'lim-tarbiyaviy vazifalari, har bir bo’lim va bo’limdagi mavzular, hatto har bir darsda o’tiladigan mavzuning ham juz'iy vazifalari oldindan aniq belgilab olingandan keyingina tarix o’qitishga kirishish maqsadga muvofiq bo’ladi. O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix o‘qitishning maqsad va vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish birinchi navbatda o’qituvchining har bir darsning ta'lim-tarbiya vazifalarini oldindan aniq va to’g’ri belgilab ola bilishiga bog’liqdir. Bu ham, o’z navbatida, o’qituvchining darsning ta'lim-tarbiya vazifalarini to’g’ri belgilash metodi va usullari haqidagi nazariy bilim va malakalarining darajasiga bog’liqdir. Rus tadqiqotchilari asarlarida hikoya usulidan darslarida samarali foydalanish haqida so'z boradi. Ular orasida P. V. Goran, A.A Vagin , P. S. Leibengrublar alohida qayd etiladi. Hikoya orqali bolalarda empatiya shakllanishiga hissa qo'shish uchun A. A.Vagin tomonidan aytilganidrek turli xil maxsus vositalardan foydalanish talab etiladi. Tarixiy hodisalarni jonlantirish orqali tarixiy mavzu yanada ishonchli bo'lishiga erishiladi va o'rganilayotgan tarixiy hodisalarning o'ziga xosligini yaxshiroq ochib berishga imkon beradi Tarixiy bilimlarni tushunish va o'tmishni anglash uchun dalillarni o’rganish va ko’zdan kechirish talab etiladi. Ammo tarixni tashkil etuvchi elementlar nafaqat ular haqida balki, o'tmish voqealari, bugungi kunda ma'lum bo'lgan tajrabilar majmuasi hamdir. Ba'zi tadqiqotchilar tarixiy tafakkur jarayonlaridan foydalangan holda tarixni o'qitish amaliyotlari ko'plab tarixiy muammolar va mavzularni tushunishda muhim hissa qo'shishini ta'kidlaydilar.Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda, mamlakatimiz taraqqiyotida, O‘zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta`lim-tarbiya ishlarini oqilona yo`lga qo`yish, fuqarolarni zamonaviy ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish benihoya katta ahamiyatga ega. Chunki taraqqiyot taqdirini ma`naviy jihatdan yetuk, texnikaviy bilimlar va murakkab texnologiyani egallagan, irodasi baquvvat, iymoni butun, zamonaviy fikrlaydigan, yuksak salohiyatli odamlar hal etadi. Kelajak taqdirimizga hal qiluvchi ta`sir ko`rsatadigan asosiy omil fan-texnika, madaniyat, ma`rifat, ta`lim-tarbiya, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar borasidagiyangiliklar va yutuqlarni, jahon mamlakatlari tajribalarini keng qo`lashda o`rganish, rivojlantirish va hayotga joriy etishdan iborat hisoblanadi. Prezidentimiz SHavkat Mirziyoyev shu ma’noda bugungi kunda “Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart1!” deb ta’kidlagan edilar. O`tmishda yuz bergan har bir hodisa ma’lum ma’naviy ruhiy, ijtimoiy-siyosat ta’sirida yuz bergan. Insoniyat tarixida feodal jamiyatda shaxsiy erkinlik vakolati cheksiz darajali jamiyat bo`lmagan. O‘zbekiston Respublikasida ta`lim tizimidagi islohotlarni hayotga joriy qilinishini o‘rganish va tahlil qilishdan iborat. Respublikamiz mustaqil, suveren davlat sifatida tobora rivojlanib bormoqda. Siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma`naviy sohada tarixan qisqa vaqt ichida qanday yutuqlarga erishganimizni jahon jamoatchiligi ko`rib, kuzatib turibdi. Erishilgan yutuqlar haqida jahonning eng nufuzli iqtisodchilari, siyosatchilar ko`pdan-ko`p ijobiy fikrlar aytmoqdalar, yutuqlarimizni bir necha o`n yilliklarga, hatto asrlarga qiyoslamoqdalar2. Resepublikamiz ta`limida ro`y berayotgan o`zgarishlarni baholash, qiyoslash uchun bizga sobiq Ittifoq-eski mustabid tuzumdan qanday ta`limiy meros qolganini yana bir bor esga olish lozim, deb o`ylayman. Zotan, qiyoslash, nisbatlar qo`lamini hisobga olish pedagogikada muhim ahamiyatga ega. Kurs ishida Fransiya ta’lim tizimi hususida alohida bo’limlar mavjud. Yurtimiz ta’lim jarayonida bir nechta rivojlangan davlatlar shu jumladan Fransiya tajribasidan ham oqilona foydalanmoqda. Download 61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling