Saljuqiylar davlatining boshqaruv tizimi va harbiy, siyosiy tarixi
Download 159.49 Kb.
|
Saljuqiylar davlatining boshqaruv tizimi va harbiy, siyosiy tari
1035-yili Xurosonda vaziyat keskinlashdi. Saljuqiy o’g’uzlarga qarshi Ma’sudning o’zi saralangan qo’shin bilan yurish boshladi. Lekin o’g’uzlarning qo’li baland keldi. Ma’sud ularga Niso, Farova va Dehistonni berishga majbur bo’ldi. Yuqoridagi hududlar ham saljuqiylarni qoniqtira olmadi, ko’p o’tmay Marvni talab qilishdi. Bunga javoban Ma’sud ularga qarshi qo’shin jo’natdi. Bu safar ham G’aznaviylar qo’shini tor-mor bo’ldi, shundan so’ng Saljuqiylar Nishopurni jangsiz egallashdi va o’sha yerda To’g’rulbek nomiga xutba o’qildi.1038-yil Saljuqiylar davlati tashkil topgan sana bo’lib hisoblanadi. To’g’rulbek 1038-yilda 3 ming kishilik qo’shin bilan deyarli hech qanday qarshiliksiz Nishopurni egallaydi. Lekin G’aznaviylarga qarshi kurash davom etadi. Ma’sud ularni Nishopurdan quvib chiqarishga erishdi. Keyin Ma’sud o’zi katta qo’shin bilan yurish boshladi. Qo’shinda fillar bo’lishiga qaramay askarlar orasida yakdillik yo’q edi. 1040-yil may oyida bo’lgan Dandanakon jangida G’aznaviylar qo’shini qaqshatqich zarbaga uchradi. Ma’sudning o’zi bir amallab qochib qutuldi. Dandanakon jangidan so’ng Xuroson Saljuqiylar qo’liga o’tdi: To’g’rulbek Nishopur taxtiga chiqdi. Chug’rulbek esa Marvda taxtga o’tirdi. G’aznaviylar takibida esa G’azna va Panjob qoldi.To’g’rulbek 1055-yilda Bag’dodni oldi. Endi Abbosiylar Saljuqiylarga tobe bo’lib qoldi shundan so’ng Xuzustonni egalladi. Natijada butun Eron Saljuqiylar qo’li ostiga o’tdi. 1054-yilda Ozarbayjon va Eronni egallagan Ravvodiylar To’g’rulbek hukmdorligini tan oldi. 1056-yil Iroqdan Movounnahrgacha bo’lgan hududda vabo tarqaldi. 1058-yili Kare va Malatyani egallashdi. 1059-yil Chug’rul vafot etdi. To’g’rulbek umrining oxirigacha butun mamlakat hukmdoriga aylandi. 1062-yilda Fors va Sheroz egallandi. Saljuqiylar davlati hududi Amudaryodan Frotgacha bo’lgan hududlar bilan chegaralandi.To’g’rulbek vafot etgach uning o’g’il farzandi bo’lmaganligi tufayli uning jiyani Alparslon (1061-1072) davrida g’olibona yurishlar davom etdi. Ammo mamlakatning eng kuchaygan davri Alparslonning o’g’li Sulton Malikshoh (1072-1092) nomi bilan bog’liq. 1089-yil Malikshoh qo’shinlari Farg’ona vodiysini egallab Sharqiy Turkistonga bordi. Davlatning inqirozi esa Sulton Sanjar nomi bilan bog’liq. To’g’rulbek davridayoq Kermonda Saljuqiylar davlati (1041-1187) tashkil topdi, keyinroq Kichik Osiyoda ham Saljuqiylar davlati tarkibiga qo’shib olindi.Download 159.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling