Saljuqiylar davlatining boshqaruv tizimi va harbiy, siyosiy tarixi
Download 159.49 Kb.
|
Saljuqiylar davlatining boshqaruv tizimi va harbiy, siyosiy tari
1092-yili, Malikshoh vafot etgach toj-u taxt uchun kurash avj oldi. Malikshohning xotini Turkon xotun ko’plab sarkardalarni o’z tomoniga og’dirib to’rt yashar o’g’li Mahmudni hukmdor bo’lishiga erishdi. Biroq Malikshohning boshqa xotinidan tug’ilgan o’g’li Barqiyog’rug’ taxtga chiqdi. Uni vazir Nizomulmuk tarafdorlari qo’llab-quvatlagandi. Shu tariqa Saljuqiylar davlatida ikki hukmdor paydo bo’ldi: Mahmud Isfahonda Barqiyog’rug’ Rayda hukmdorlik qildilar va o’z nomlaridan tanga zarb qildirdilar. 1094-yil Mahmud tarafdorlari qirib tashlandi. Barqiyog’rug’ vafot etgach (1118) Malikshohning tirik o’g’illari Sanjar va Muhammad davlatni ikki qismga bo’lib oldilar.Saljuqiylar davlatida isyon va g’alayonlar boshlanib ketdi. Bu isyon va g’alayonlar hokimiyat tepasiga 1118-yilda- “Ulug’ saljuqiylar”ning eng so’nggi vakili Suton Sanjar (1118-1157) kelgach tinchidi. 1117-yili G’aznaviylar bo’ysundirildi o’lpon to’lashga majbur qilindi. Saljuqiylar davlati uch qismga bo’lindi. Sharqiy: Movarounnahr, Xorazm, Xuroson G’arbiy: Iroq va Ko’niyo (Kichik Osiyo) sultonliklariga bo’linib ketdi. 1122-yil Gruzin shohi Dovud IV Saljuqiylar qo’shinini yengib Tbilisini egalladi. 1131-yili Mahmud vafot etgach taxt uchun kurash avj oldi. 1134-yilda To’g’rul o’ldirilgach keyin taxtga ukasi Ma’sud (1134-1152) o’tirdi.1137-yilda Qoraxoniylar Eloqxoni Mahmud Qoraxitoylardan yengilgach o’zining oliy hukmdori bo’lgan Sulton Sanjarni yordamga chaqirdi. Nihoyat ittifoqchilar qo’shini 1141-yili sentabr oyida Samarqand yaqiniga kelib birlashdilar ammo Qoraxitoylarning hujumi natijasida Sulton Sanjar boshchiligidagi qo’shinlar mag’lubiyatga uchraydilar natijada sultonlar sultoni deb ulug’langan Sulton Sanjarning obro’siga o’nglanmas putur yetdi. 1153-yilda Balx shahri atroflarida yashovchi O’g’uzlar qo’zg’olon ko’tardilar. Saljuqiylarning so’nggi yirik vakili Sulton Sanjar Balx O’g’uzlaridan yengilib asir olinadi. Uch yillik asirlikdan so’ng 1156-yili taxtga qaytadi. Ammo biroz vaqt o’tgach 1157-yilda xastalik bilan vafot etdi.Download 159.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling