Salmonella. Clostridium botulinum reja: Kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar va patogenlik


Download 210.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana25.01.2023
Hajmi210.95 Kb.
#1122961
1   2   3   4   5
Bog'liq
12-MA\'RUZA (1)

Shartli-patogen 
bakteriyalar 
tomonidan 
qo’zg’atiladigan 
oziq-ovqat 
toksikoinfeksiyalari. Odamning terisi, ichagi, nafas olish yo’llarida yashovchi 
mikroorganizmlar 
odam 
yashashining 
normal 
fiziologik 
sharoitlarida 
kasallik 
qo’zg’atmaydilar. Lekin organizm kuchsizlanganida ular kasallik qo’zg’ata oladilar. 
Shuning uchun bunday mikroorganizmlar shartli-patogenlar deyiladi. Ayrim shartli-
patogen mikroorganizmlar endotoksinlar ishlab chiqaradi. Bu mikroorganizmlar bilan 
kuchli infeksiyalangan oziq-ovqat mahsulotlari zaharlanishni keltirib chiqarishi mumkin. 
Shartli-patogen 
bakteriyalar 
qo’zg’atadigan 
zaharlanish 
salmonellyoz 
toksikoinfeksiyasi singari kechadi.


Toksikoinfeksiya yuzaga kelishi uchun mahsulotda yuqori titrli (1gr mahsulotda 10
5
-
10

ta hujayra) toksigen bakteriyalar bo’lishi kerak.
Shartli-patogen bakteriyalar ichidan oziq-ovqat toksiko-infeksiyasini chaqiradigan 
ichak tayoqchasi, protey, perfringes, enterokokkilar va batsilla sereus muhim ahamiyatga 
ega. 
Ichak tayoqchasi Escherichia coli odam yo’g’on ichagi mikroflorasining doimiy 
normal yashovchisi bo’lib hisoblanadi. Ichak tayoqchasi uning uchun tabiiy bo’lgan muhit 
- odam yo’g’on ichagida yashab, inson hayotiga ijobiy rol o’ynaydi. Ular odamga zarur 
bo’lgan vitaminlar («V» guruhi, «K» va boshqalar)ni, ayrim ichak infeksiyalari 
(dizenteriya, qorin bo’shlii tifi)ni qo’zg’atuvchilarga antibiotik ta’sir etuvchi modda – 
kolitsinlarni sintez qiladilar. 
E. coli ning ayrim turlari ma’lum sharoitlarda patogenlik xususiyatini namoyon 
qiladilar. Organizmning mudofaa funksiyasi zaiflashganda ular ichakdan boshqa 
organlarga o’tib turli xil yallig’lanish jarayonlari (peritonit, sistit va boshqalar)ni 
qo’zg’atadilar. Escherichia coli ning bunday shartli-patogen varianti bilan birgalikda 
odamlarda o’tkir ichak kasallik (gastroenterit, kolienterit)lari va oziq-ovqat 
toksikoinfeksiyasini qo’zg’atuvchilari ham mavjud. Oziq-ovqatga bu mikroblarning 
tushishiga kasal (yoki batsilla tashuvchi) odam yoki issiq qonli hayvonlar sababchi bo’ladi. 
Escherichia coli bakteriyasi Enterobacteriaceae oilasiga kiradi. Bular harakatlana 
oladigan, gramsalbiy, spora hosil qilmaydigan fakultativ anaerob tayoqchalar. 
Hujayrasining shakli va o’lchami sharoitga bog’liq holda sezilarli darajada o’zgaradi. 
Escherichia coli glyukozani kislotalar va gazlar hosil qilib bijitadi. Ko’pgina 
shtammlari laktozani ham bijg’ita oladi. Rivojlanishi uchun optimal harorat 37 
o
C, lekin 
40-45 
o
C haroratda ham yaxshi rivojlana oladi. 60 
o
C haroratgacha qizdirilganida 15-20 
min da, 75 
o
C da – 4-5 min da halok bo’ladi. Rivojlanishining minimal harorati 5-10
o
C, 
lekin 0
o
C da ham rivojlana oluvchi shtammlari mavjud. 
Rroteus (protey) Enterobacteriaceae oilasi vakili. Tabiatda (tuproq, suv, oziq-ovqat 
mahsulotlari) va odam ichagida uchraydi. 
Protey shartli-patogen mikroorganizmlarga taalluqli bo’lsada, ayrim vakillari 
patogen xususiyatlariga ega bo’lib, yallig’lanish jarayonida ishtirok etadi. Shu bilan birga 
enterotoksinlar hosil qiluvchi vakillari ham mavjud. Protey faol rivojlangan oziq-ovqat 
mahsuloti toksikoinfeksiya turidagi zaharlanishga olib keladi. Ko’proq go’sht va baliq 
mahsulotlar bunday zaharlanishga sababchi bo’ladilar. 

Download 210.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling