Salmonella. Clostridium botulinum reja: Kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar va patogenlik


Download 210.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana25.01.2023
Hajmi210.95 Kb.
#1122961
  1   2   3   4   5
Bog'liq
12-MA\'RUZA (1)



12-MAVZU: INFEKSIYA, ULARNING MANBALARI VA 
TARQALISH YO’LLARI.SALMONELLA.CLOSTRIDIUM 
BOTULINUM 
Reja: 
1.Kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar va patogenlik. 
2.Infeksiya, uning manbai va tarqalish yo’llari. 
3.Oziq-ovqat infeksiyasi. Oziq-ovqatdan zaharlanish. 
4.Oziq-ovqat toksikoinfeksiyasi 
Tayanch so’z va iboralar: 
Pathogen, kasallik qo’zqatuvchi mikroorganizmlar, virulentlig, toksinlar
ekzotoksinlar va endotoksinlar, infeksiya 
 
Odam, hayvon va o’simliklarning kasalligini keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar 
patogen yoki kasallik qo’zqatuvchi mikroorganizmlar deyiladi. 
Mikrobning patogenligi, ya’ni mos sharoitlarda organizmda kasallik hosil qilish 
potensial qobiliyati, turli darajada namoyon bo’lishi mumkin. Mikroorganizmlarning 
patogenlik darajasi uning virulentligi deyiladi. Mikroblar virulentligi tabiiy sharoitda 
kuchayishi yoki zaiflashishi mumkin. 
Patogen mikroorganizmlarning muhim xususiyati spetsifik moddalar – toksinlar hosil 
qilishidir. Toksinlarning ko’plari juda yuqori zaharlilikka ega. 
Patogen mikroblar ikki turdagi toksinlar – ekzotoksinlar va endotoksinlar ishlab 
chiqaradi. 
Ekzotoksinlar – oqsil tabiatli o’ta zaharli moddalardir. Ular mikroorganizm 
hayotligida atrof muhitga chiqariladi. Ekzotoksinlar tanlab ta’sir etish qobilyatiga ega, 
ya’ni ayrim organ va to’qimalarni zararlaydi. Bunday ta’sir o’ziga xos tashqi belgilarda 
namoyon bo’ladi. Ekzotoksinlar yuqori haroratga chidamsiz: ko’plarini 60-70 
o
С gacha 
qizdirilganda zaharlilik xususiyati kamayadi, qaynatganda esa ular parchalanadi. Shu bilan 
birga haroratga chidamli ekzotoksinlar ham mavjud. 
Endotoksinlar hujayra hayoti davomida atrof muhitga chiqarilmaydi. Ular 
mikroorganizm halok bo’lib avtolizga uchraganidan so’ng muhitga o’tadi. Endotoksinlar 
murakkab kimyoviy tuzilishga ega bo’lib, tarkiblarida polisaxaridlar, poliproteidlar 
saqlaydilar. Endotoksinlarning zaharlilik darajasi ekzotoksinlarga nisbatan past bo’ladi. 
Ularning tanlab ta’sir etish xususiyati ham ekzotoksinlarga nisbatan kuchsiz namoyon 
bo’ladi. Endotoksinlar haroratga nisbatan chidamli bo’lib, 80-100
o
С haroratgacha 
qizdirilganida ham parchalanmasliklari mumkin.

Download 210.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling