«салом ёз-ўтмоқда соз»


Download 92.5 Kb.
bet5/5
Sana08.03.2023
Hajmi92.5 Kb.
#1250976
1   2   3   4   5
Bog'liq
«SALOM YOZ-O’TMOQDA SOZ»

Doktor Voyjonim: Shoshmay tur, bu narsa senga va bolalarga mumkin emas. Bu qaynatmani, faqat kattalar qiladi. Agar siz, bu o’simliklarni terib berib yaqindan yordam bersangiz, kattalarga yordam bergan bo’lasizlar. Bilmasvoy sen endi tomog’ing tuzalguncha qaynatmalar bilan tomog’ingni chayqab tur.


Bilmasvoy: Rahmat. Endi tushundim.


Doktor Voyjonim: Bilmasvoy, endi sen ham biz bilan yur, bolalar bilan birgalikda chiniqasan.


Hamma: Gul, gul, gul!
Tilagimni
Bajo qil.
Shunday qilginki biz o’yinlar mamlakatida bo’lib qolaylik.


BOLALAR O’YIN O’YNAYDILAR
«MUShUK VA QUShChALAR»


O’yin qoidasi: Bolalardan mushuk tayinlanadi. Qolgan bolalar qushchalar bo’ladi. Polga obruch qo’ylib, unga don sepilgan bo’ladi. Qushchalar don cho’qiyapti, shovqindan mushuk uyg’onib chumchuqlarni quvlab tutadi.


O’YIN «OVChI VA QUYoNLAR»


O’yin qoidasi: Bolalardan 2ta ovchi tayinlanadi.Qolganlari quyonlar. Yalanglikda sakrashadi shunda birdan ovchilar ularni quvlashib ushlaydi. Qaysi quyonnni ovchilar ushlab olishsa shu quyon o’yindan chiqadi.


Yoz : Gul gul, gul!
Tilagimni

Bajo qil.
Biz sportlandiya mamalakatida bo’lib qol
BOLALAR ESTAFETA O’YINLARINI O’YNAYDI.



  1. Baqalar (sakrash).

  2. Kim suvni birinchi olib keladi. (qoshiqda paqirga suv tashish).

  3. To’pni bosh tepasidan uzatish.

  4. Boshda to’pni dumalatish.




Bilmasvoy: Bolalar! Bilasizlarmi, men o’zimni judayam yaxshi his qilyapman. Chunki men sizlar bilan yugurdim, sakradim, o’ynadim, mazza qildim.


Yoz: Gul gul, gul!
Tilagimni
Bajo qil.
Endi biz, suv xavzasi basseynga tushib qolaylik.

(Hamma sho’x Musiqa ostida basseynga o’tadilar).


Boshlovchi: Hozir biz bolalar, suv muolajalarini o’tkazamiz.

  1. Qo’l bilan badanni xo’llash.

  2. Qo’llar yonda suvga 3-4 o’tirib turish.

  3. 3-4 marta og’izga xavo olib burunni qul bilan berkitib yuzni suvga tiqib og’izdan havo chiqarish.

  4. Suvda o’yin: Bolalar qo’llarini ushlaydilar.

Biz yuramiz ildam, o’tiramiz xar dam.


Yana turib yuramiz, yotamiz dam olamiz.


Yoz: Bolalar hammamiz mazza qildik-a!


Bolalar: Xa!


Yoz: Endi bolalar, artinib olamizda, fitobarga boramiz. Bizni fitobar kutmoqda. U erda mazza qilib qaynatma o’tlardan choylar ichamiz.
Fitobarga marhamat!


Shunday qilib sho’x Musiqa ostida bolalar fitobarga yul oladilar. Bayram ertaligi shu bilan yakunlanadi.
Download 92.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling