«SALOM YOZ-O’TMOQDA SOZ»
SPORT BAYRAM ERTALIGI
«Salom yoz-o’tmoqda soz»
sport bayram ertaligi
Musiqa ostida bolalar sport maydoniga kirib kelib, safga turadilar.
«O’zbekiston davlat madhiyasi» yangraydi
Boshlovchi: Uyg’onar cho’qqilar ustida oftob,
Yam-yashil vodiyga sochib oltin nur.
O’zbeklar yurti bu navqiron, ozod,
Zaminda musaffo o’lkasan mag’rur.
Oqar daryolaring xaykirib oqsin,
Sog’lom avlodlaring barkamol o’ssin.
Tinchlik omonlik shioring bo’lsin
Yurting boy hamisha sog’ omon bo’lsin.
Qadrli bolajonlar mana bugun bog’chamizda «Salom Yoz–utmoqda soz» nomli sport bayrami ertaligiga to’planib turibmiz. Prezidentimiz aytganidek sog’lom va barkamol avlod bizning kelajagimizdir. Ha, bolalarimiz sog’lom o’sishi uchun sport birinchi o’ringa qo’yilmokda. Hozir biz chiniqish, yugurish, harakat qilish sport musobaqalarini ochiq deb elon qilamiz.
«SOG’LOM AVLOD» ASHULASI YANGRAYDI.
Bola: O’lkamizga kirib keldi oltin yoz,
Yo’llarida chamanzorlar poyondoz.
Yoshlik kuyi jaranglaydi sho’x ovoz,
O’lkamizga kirib keldi oltin yoz.
Bola: Salqin bog’cha bog’larida o’ynaymiz,
Do’stlarimiz zavqi bilan quvnaymiz.
Tiniq suvda cho’milamiz yayraymiz,
Salqin bog’cha bog’larida yashnaymiz.
Boshlovchi: Bolalar, hozir qanaqa fasl?
Bolalar: Yoz!
Boshlovchi: Yozni qanaqa oylari bor?
Bolalar: Iyun, iyul, avgust !.
Boshlovchi: Judayam to’g’ri .
O’ZBEKCHA “RAQS” IJRO ETILADI.
Bola: Qator-qator bo’lishib, yuramiz ildam shahdam.
Kuchga, zavqqa to’lishib, kuylaymiz yayrab har dam.
Do'stlaringiz bilan baham: |