«салом ёз-ўтмоқда соз»


Download 92.5 Kb.
bet4/5
Sana08.03.2023
Hajmi92.5 Kb.
#1250976
1   2   3   4   5
Bog'liq
«SALOM YOZ-O’TMOQDA SOZ»

Doktor Voyjonim: Kim kasal bo’lib qoldi, birpasda davolaymiz.


Bilmasvoy: Men… (bekinib oladi).


Doktor voyjonim: Sen mendan aslo qo’rqmagin. Men seni qaynatmalar bilan davolayman, qo’rqma ukol qilmayman.
Bugun, men sizlarni ayrim dorivor o’simliklar bilan tanishtiraman. Sizlar uni ko’rgansizlar va tanishsizlar.

(Rasmlarni ko’rsatadi. Moychechak va Bargizubni).


Faqat nimaga foyda ekanligini bilmaysizlar. Eshitinglar ushbu o’simlik haqida topishmoqlar aytaman.


Gullari qordek oppoq,Ko’zi oltin gavhardir.


Shamollash va grippga,Juda ham dorivordir.

(romashka, moychechak.)




Bolalar: Moychechak.


Bilmasvoy: Voy, men hech qachon ishonmayman, nahot shunday gullar odamni davolaydi. Men ularni faqat hidlab zavq oladi der ekanman.

«MOYChEChAKLAR» RAQSI IJRO ETILADI.




Doktor: Ikkinchi topishmog’im.
Yo’l yoqasida o’sar.
Barglari nashtarsimon,
Gullari mayda, mayda.
Dorivordir bil shu on,
Agar uni yaxshilab.
Quritsang salqin joyda,
Jonga xuzur bag’ishlar.
(podorojnik, barguzub)


Bolalar: Bargizub.


«BARGIZUBLAR» RAQSI IJRO ETILADI.


Bilmasvoy: Bu o’simliklarni chaynasam kasalim tuzaladimi doktor?


Doktor Voyjonim: Yo’q! Zinhor bazinhor chaynamang! Birinchidan, bu o’simliklarni quruq havoda quritish kerak. Moychechak gulini, yozni iyun va avgust oyigacha, terib quritish tafsiya etiladi. Bargizubning barglarini esa iyundan sentyabrgacha terib quritiladi. Ularni quruq havosi almashtirilgan, salqin
honalarda quritiladi. Ular yaxshi quritilgandan so’ng suvga solib qaynatma tayyorlanadi.


Bilmasvoy: Yo’q, men bu qaynatmalar bilan tomog’imni tuzata olmayman. Menga gugurt bilan gazning oldiga borish man etilgan. Gaz plitasini oldiga borgani o’lgudek qurqaman. Chunki bir marta gugurt bilan hazillashganimda, portlab ketishimga oz qolgan.



Download 92.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling