“Salom fizika” degan mavzuda kecha o`tkazish
So`ngra viktorina boshlanib qiyidagi savollarga javob beriladi
Download 37.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqSalom-fizika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Tajribalar o’tkazish Formulalar
- 3. 7- sinf o’quvchilari ijrosida raqs qo’yiladi. 4.Formulalar bilan ishlash
1.So`ngra viktorina boshlanib qiyidagi savollarga javob beriladi:
Jismlar sovuqdan torayadi, deyishadi. Xo`sh, shunday ekan, nima uchun butulkadagi suv muzlasa butulka yorilib ketadi? Idishga uch xil modda suv, kerosin va simob quyilgan. Ular qanday tartibda joylashadi? Nima uchun choynakning jo`mragi asosiy qopqoqli qismidan sal balandroqda bo`ladi? Nima uchun sovuq joylarda simobli termometr ishlatiladi? Nima maqsadda sut yoki qatiq solinadigan qog`oz paketga parafin shimdiriladi? Nima uchun elektr toki o`tayotgan simda o`tirgan qush elektr toki to`xtashi bilanoq uchib ketadi? va formulasini taqqoslang Elektr stansiyalarda elektr toki qanday paydo bo`ladi? 2.Tajribalar o’tkazish Formulalar Katta shisha banka ichidagi suvga bo`sh stakanni to`ntarib tushursangiz, stakanga suv kirmaydi. Nima uchun? Plastmassa likopcha (tarelka)dagi suvni stkanga o`tkazib olish. Plastmassa tarelkaga ozgina suv solinadi, toza stakan olib, ichiga alanga tashlaymiz va suvli tarelka ustiga to`nkaramiz. Tarelkadagi suv stakan ichiga tortiladi. Stakanni ko`tarsak tarelka ham yuqoriga ko`tariladi. Stakanni to`g`ri qo`ysak, tarelka yuqorida bo`lib, stakan pastda bo`ladi va suv stakanni ichiga joylashadi. Paxtani yoki yog`och chizg`ichni harakatga keltirish, (Shisha tayoqchani yaxshilab gazetaga ishqalab zaryadlab olamiz va yengil paxtaga tekkizamiz. Paxta ham shunday zaryadga ega bo`ladi. Shisha tayoqchani silkitib paxtani tushuramiz va shisha tayoqchani havoda shisha tayoqchadan qochib yuradi yoki lampochka ustiga yog`och chizg`ichni qo`yib zaryadlangan shisha tayoqchani yaqinlashtiramiz, yog`och chizg`ich lampochka ustida aylana boshlaydi. Bunday hodisalarning sababini tushuntiring.) 3. 7- sinf o’quvchilari ijrosida raqs qo’yiladi. 4.Formulalar bilan ishlash Har bir sinf uchun alohida formulalar beriladi va o’quvchilar tomonidan formulalarni kltirib chiqarish talab etiladi. Buning uchun 5 daqiqa vaqt ajratiladi Kechani rasmiy qismi tamom bo`lgach, ashula va o`yinlar ijro etiladi. Kecha oxirida hayot a’zolari tomonidan qo`yilgan baxolarni hisobga olgan holda o`quvchilar o`quv qurollari bilan taqdirlanadilar. Download 37.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling