“Salom fizika” degan mavzuda kecha o`tkazish
Download 37 Kb.
|
Salom-fizika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-o`quvchi
- 4-o`quvchi
- So`ngra viktorina boshlanib qiyidagi savollarga javob beriladi
Farg’ona tumani 3-umumta’lim maktabi amaliyotchi fizika fani o`qituvchisi Rayimova Xolidaning “Salom fizika” nomli kechaga tayyorlagan SSENARIYSI “Salom fizika” degan mavzuda kecha o`tkazish “Salom fizika” nomli mavzuda kecha o`tkazish uchun 7-8–sinf o`quvchilari jalb etiladi. Kechani o`tkazishdan maqsad fizika fani asoslaridan olgan bilimlarini namoyish qilish, tabiat va undagi hodisalarni to`g`ri talqin qilish fizikani turmushda va texnikada ishtirok etishini tushuntirish, o`qishga ongli yondoshish hislarini rivojlatirish, puxta va atroflicha bilim olishga o`quvchilarni undashdan iborat. O`qituvchi o`quvchilarga tabiat hodisalari va fizikaga doir she’rlarni yod oldiradi, ashula va o`yinlar o`rgatadi. Farg`ona shahridagi 1-umumta’lim maktabning 7-8-sinflari tomonidan “Salom fizika” degan mavzuda o`tkazilgan kecha quyidagi reja asosida olib boriladi: 1.Kirish so`zi. 2. Kechaning rasmiy qismi. 3. Viktorina. 4. Ashula va o`yinlar. Kechani maktabning fizika o`qituvchisi. A.So`fiyeva kirish so`zi bilan ochdi. U o`z so`zida tabiat hodisalari, texnikada va turmushda ishlatiladigan asboblar, kosmik raketalar va hokazolar fizika fani bilan bog`liq ekanligini, hamma joyda fizika hoziru nozir ekanligini tushuntiradi. Shundan keyin kechaning rasmiy qismi boshlanib, 7-8–sinflar o`quvchilari Uyg`unning va o`zlari shu mavzuga atab yozgan she’rlaridan namunalar o`qib beradi. 1-o`quvchi: Fizka sanalur, fanlarning shohi, Ibn Sinodir, uning sardori. Zaryadlar ta’sirin ochganda Kulon, Ilmda tanhodir bu ulug` inson. Ulug`bekning nomi butun olamda, Arximed richagi bizning qo`llarda 2-o`quvchi: Bilaman, kattadir fizik olimlarning Fizika faniga qo`shgan xissasi. Ko`pdan insonni hayratga solgan Lazer nurining yangi qissasi. Nur demak, jahon nurafshon, Jahon xalqlarining iqboli shunda. Bugun do`stlarga – Assalom! – demak. Shunday ulug` ayyomda, yop-yorug` kunda! Assalom, so`zimning kirish qismidan. Assalom, qalbimning yurak to`ridan. Assalom, o`zbekning o`g`il-qizidan. Assalom, bo`lajak yosh fiziklardan. Bugungi uchrashuv do`stlik timsoli, Fizika fanining siru asrori. Hakam hayati timoshasi bu, Ikki komandaning uchrashuvi bu. Fizika – bu fanlar otasi, Kimyo, algebra unga egizak. Nyuton, Arximedning hissasi, Fizika faniga qo`ygandir bezak. Fizika kitobini qo`lga olganda, Bilamiz Paskal qilgan mehnatin. Misol va masalalar yechganda, Qadrlaymiz mehnatin. 3-o`quvchi: Ehtimol, shu zalda o`tirganlardan Kimdir, birov oyga uchishi mumkin. Kimdir kelajakning raketasida, Cheksiz fazolarni quchishi mumkin. Amotlar sirini o`rganib kimdir, Olamga nur sochmog`i mumkin. Xali biz bilmagan son-sanoqsiz, Tilsimlarni ochmog`i mumkin. 4-o`quvchi: Men she’rga soldim aytar so`zimni, Baxtiyor sezaman g`oyat o`zimni. Xush kelibsiz! Bizni etdingiz shod, Qadamlaringizga ming-ming hasanot. Salobat to`kib o`tirgan hayat a’zolari, Sizlarga assalomu alaykum! Salom! Assalom! 5-o`quvchi: Kechamizga “Salom, fizika” deb qo`ydik nom, Barcha g`alabani birga ko`ramiz baham. Shu buzilmas do`stlik beradi ilhom, Assalomu alykum! Salom! Assalom! Fizika fanining ixlosmandlariga. Assalomu alykum! Salom! Assalom! So`ngra viktorina boshlanib qiyidagi savollarga javob beriladi: Jismlar sovuqdan torayadi, deyishadi. Xo`sh, shunday ekan, nima uchun butulkadagi suv muzlasa butulka yorilib ketadi? Idishga uch xil modda suv, kerosin va simob quyilgan. Ular qanday tartibda joylashadi? Nima uchun choynakning jo`mragi asosiy qopqoqli qismidan sal balandroqda bo`ladi? Nima uchun sovuq joylarda simobli termometr ishlatiladi? Nima maqsadda sut yoki qatiq solinadigan qog`oz paketga parafin shimdiriladi? Nima uchun elektr toki o`tayotgan simda o`tirgan qush elektr toki to`xtashi bilanoq uchib ketadi? va formulasini taqqoslang Elektr stansiyalarda elektr toki qanday paydo bo`ladi? Tajribalar Katta shisha banka ichidagi suvga bo`sh stakanni to`ntarib tushursangiz, stakanga suv kirmaydi. Nima uchun? Plastmassa likopcha (tarelka)dagi suvni stkanga o`tkazib olish. Plastmassa tarelkaga ozgina suv solinadi, toza stakan olib, ichiga alanga tashlaymiz va suvli tarelka ustiga to`nkaramiz. Tarelkadagi suv stakan ichiga tortiladi. Stakanni ko`tarsak tarelka ham yuqoriga ko`tariladi. Stakanni to`g`ri qo`ysak, tarelka yuqorida bo`lib, stakan pastda bo`ladi va suv stakanni ichiga joylashadi. Paxtani yoki yog`och chizg`ichni harakatga keltirish, (Shisha tayoqchani yaxshilab gazetaga ishqalab zaryadlab olamiz va yengil paxtaga tekkizamiz. Paxta ham shunday zaryadga ega bo`ladi. Shisha tayoqchani silkitib paxtani tushuramiz va shisha tayoqchani havoda shisha tayoqchadan qochib yuradi yoki lampochka ustiga yog`och chizg`ichni qo`yib zaryadlangan shisha tayoqchani yaqinlashtiramiz, yog`och chizg`ich lampochka ustida aylana boshlaydi. Bunday hodisalarning sababini tushuntiring.) Kechani rasmiy qismi tamom bo`lgach, ashula va o`yinlar ijro etiladi. Kecha oxirida hayot a’zolari tomonidan qo`yilgan baxolarni hisobga olgan holda o`quvchilar o`quv qurollari bilan taqdirlanadilar. Download 37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling