“Salom fizika” degan mavzuda kecha o`tkazish
Download 36.5 Kb.
|
Salom-fizika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-o`quvchi
- 4-o`quvchi
_________________ ___-umumta’lim maktabi fizika fani o`qituvchisi __________________________ning “Salom fizika” nomli kechaga tayyorlagan SSENARIYSI “Salom fizika” degan mavzuda kecha o`tkazish “Salom fizika” nomli mavzuda kecha o`tkazish uchun 7-8–sinf o`quvchilari jalb etiladi. Kechani o`tkazishdan maqsad fizika fani asoslaridan olgan bilimlarini namoyish qilish, tabiat va undagi hodisalarni to`g`ri talqin qilish fizikani turmushda va texnikada ishtirok etishini tushuntirish, o`qishga ongli yondoshish hislarini rivojlatirish, puxta va atroflicha bilim olishga o`quvchilarni undashdan iborat. O`qituvchi o`quvchilarga tabiat hodisalari va fizikaga doir she’rlarni yod oldiradi, ashula va o`yinlar o`rgatadi. Farg`ona shahridagi 1-umumta’lim maktabning 7-8-sinflari tomonidan “Salom fizika” degan mavzuda o`tkazilgan kecha quyidagi reja asosida olib boriladi: 1.Kirish so`zi. 2. Kechaning rasmiy qismi. 3. Viktorina. 4. Ashula va o`yinlar. Kechani maktabning fizika o`qituvchisi. A.So`fiyeva kirish so`zi bilan ochdi. U o`z so`zida tabiat hodisalari, texnikada va turmushda ishlatiladigan asboblar, kosmik raketalar va hokazolar fizika fani bilan bog`liq ekanligini, hamma joyda fizika hoziru nozir ekanligini tushuntiradi. Shundan keyin kechaning rasmiy qismi boshlanib, 7-8–sinflar o`quvchilari Uyg`unning va o`zlari shu mavzuga atab yozgan she’rlaridan namunalar o`qib beradi.
Fizka sanalur, fanlarning shohi, Ibn Sinodir, uning sardori. Zaryadlar ta’sirin ochganda Kulon, Ilmda tanhodir bu ulug` inson. Ulug`bekning nomi butun olamda, Arximed richagi bizning qo`llarda
Bilaman, kattadir fizik olimlarning Fizika faniga qo`shgan xissasi. Ko`pdan insonni hayratga solgan Lazer nurining yangi qissasi. Nur demak, jahon nurafshon, Jahon xalqlarining iqboli shunda. Bugun do`stlarga – Assalom! – demak. Shunday ulug` ayyomda, yop-yorug` kunda!
Assalom, qalbimning yurak to`ridan. Assalom, o`zbekning o`g`il-qizidan. Assalom, bo`lajak yosh fiziklardan. Bugungi uchrashuv do`stlik timsoli, Fizika fanining siru asrori. Hakam hayati timoshasi bu, Ikki komandaning uchrashuvi bu. Fizika – bu fanlar otasi, Kimyo, algebra unga egizak. Nyuton, Arximedning hissasi, Fizika faniga qo`ygandir bezak. Fizika kitobini qo`lga olganda, Bilamiz Paskal qilgan mehnatin. Misol va masalalar yechganda, Qadrlaymiz mehnatin. 3-o`quvchi: Ehtimol, shu zalda o`tirganlardan Kimdir, birov oyga uchishi mumkin. Kimdir kelajakning raketasida, Cheksiz fazolarni quchishi mumkin. Amotlar sirini o`rganib kimdir, Olamga nur sochmog`i mumkin. Xali biz bilmagan son-sanoqsiz, Tilsimlarni ochmog`i mumkin.
Men she’rga soldim aytar so`zimni, Baxtiyor sezaman g`oyat o`zimni. Xush kelibsiz! Bizni etdingiz shod, Qadamlaringizga ming-ming hasanot. Salobat to`kib o`tirgan hayat a’zolari, Sizlarga assalomu alaykum! Salom! Assalom! 5-o`quvchi: Kechamizga “Salom, fizika” deb qo`ydik nom, Barcha g`alabani birga ko`ramiz baham. Shu buzilmas do`stlik beradi ilhom, Assalomu alykum! Salom! Assalom! Fizika fanining ixlosmandlariga. Assalomu alykum! Salom! Assalom! Download 36.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling