Salomatligi xizmati
Biologik materiallar olish
Download 5.53 Kb. Pdf ko'rish
|
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021
Biologik materiallar olish
PZR tekshiruv uchun quyidagi sinamalar olinadi: burun, og‘iz, tomoq, bronxdan chiqqan suyuqlik (fibrobronxoskop orqali olinadi), endotraxeal, 38 nazofarengial, balg‘am, qon, bemor axlati, o’pkaning autopsiyasi, biopsiyasi tekshiruvga olinadi. Eng asosiy material burun ҳiqildoq, og‘iz ҳiqildoqdan olingan material. Sinamalar maxsus konteynerlarda laboratoriyaga etkaziladi. Olingan biologik materiallar maxsus transportlarda laboratoriyalarga keltiriladi. Tekshiruvga eppendorf probirkalari ishlatilishi mumkin. Ushbu probirkalar ichida 0.7 ml steril fiziologik eritma solingan bo’ladi. Surtma olish uchun Zond-tampon ishlatiladi. Zond tampon steril bo’lishi, plastinkali tayoqcha viskozali yoki neylonli qoplamaga ega bo’lishi maqsadga muvofiq. Yog‘ochli zondlar va paxta qoplamalarini ishlatilishi qat’iyan mumkin emas. Olingan surtmalar potenstial zararli ҳisoblanadi. Surtma oluvchi tibbiyot xodimlari va transport ҳaydovchilari Covid-19 talablariga ko’ra maxsus niqoblarda, ҳimoya kombinzonlarida bo’lishi shart. Biomaterial olingan kishilar ismi, sharifi, yoshi, adresi (manzili) olingan vaqti, soati, kim tomonidan olinganligi, qaysi transportda surtma olib kelinganligi ҳaqida ma’lumot olinadi. PZR uslubi bajariladigan laboratoriya maxsus ruxsatnomaga ega bo’lishi kerak, sanitariya-epidemiologiya xizmati ruxsatnomasi olingan bo’lishi, laboratoriya xodimlari o’ta xavfli kasalliklar bilan ishlash bo’yicha o’qitilgan bo’lishi maqsadga muvofiqdir. PZR Covid-19 ijobiy natija bergan bo’lsa laboratoriya raҳbari ҳududiy sanitariya epidemiologiya markaziga, bemor yotgan kasalxona raҳbariga tez xabar berishi shart. Agar PZR da Covid-19 ga ishonarli bo’lmagan javob olinsa, qo’shimcha gripp, paragripp, adenovirus infekstiyasi va boshqa O’RVI kasalliklariga PZR sinamasi yoki boshqa uslublar yordamida (serologik, immunologik tekshiruv) o’tkaziladi. SARS – COV-2 ga nisbatan bemorlarda paydo bo’ladigan antitelolarni aniqlash, tashxis uchun qo’shimcha, yordamchi aҳamiyatga ega. 39 IgA – antitelolar kasallik boshlanganidan 2-kundan boshlab aniqlana boshlaydi, 2-ҳaftasida eng yuqori cho’qqisiga etadi va uzoq vaqt saqlanib qoladi. IgM - antitelolar 7-kundan aniqlana boshlaydi, 2 oygacha saqlanib qoladi. IgG – antitelo 3-ҳaftasida aniqlanadi. Download 5.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling