63
Variant-2 uslubi bilan dezinfekstiya qilinadi. Ishlatilgan marli, salfetkalar 30 daqiqa
xlor tutuvchi dezinfektantlarga solib, keyin yo’qotiladi.
Covid-19 kasallaridan chiqqan tibbiyot chiqindilarini yo’qotish.
Bemorlardan chiqqan siydik, axlat, balg‘amlarni tibbiyot chiqindilari deyiladi (klass
V). Ushbu chiqindilar sanitariya-epidemiologiya talablariga
binoan utilizastiya
qilinadi, ya’ni xlor tutuvchi dezinfekstiya moddalariga 30 daqiqa mobaynida solib
qo’yiladi va keyin utilizastiya qilinadi.
COVID-19 INFEKSIYaSIDA PROFILAKTIK ChORA-TADBIRLAR
Covid-19 infekstiyasi keng tarqalib
ketishining oldini olish,
chetdan kirib
kelishini to’xtatish, bemorlar bilan muloqotda bo’lishning
oldini olish eng asosiy
profilaktik chora-tadbirlardan ҳisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasida Covid-19 infekstiyasi
keng tarqalib ketishining
oldini olish va profilaktika chora-tadbirlar o’tkazishni
tashkillashtirish borasida
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining bir necha qarorlari qabul qilindi.
Vazirlar
Maҳkamasi
qoshidagi
sanitariya
epidemiologiya
nazorati
inspekstiyasi, Sog‘liqni Saqlash Vazirligiga qarashli
sanitariya epidemiologiya
osoyishtaligi agentligi markazlari tomonidan
epidemiyaga qarshi kurash
komissiyalari tashkil etildi.
Covid-19 infekstiyasiga qarshi profilaktik chora-tadbirlar o’tkazish
rejasi
tuzilib, muҳokama qilinib, tasdiqlandi, tadbirlar uchta yo’nalishga qaratiladi.
1. Kasallik qo’zg‘atuvchisining manbaiga (kasal odam, virus tashuvchi) qarshi.
2. Yuqish yo’llariga (mexanizmiga) qarshi.
3. Aҳolining moyilligini kamaytirishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: