Salomatligi xizmati


Gripp kasalligining yoshi katta va qariyalarda kechishi


Download 5.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet58/103
Sana26.10.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1725505
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   103
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Gripp kasalligining yoshi katta va qariyalarda kechishi. Katta yoshli 
bemorlar va qariyalarda gripp kasalligining og‘irroq kechishi,asoratlari tezroq 
namoyon bo’lishi kuzatiladi. 
Gripp kasalligi katta yoshli va qariyalarda og‘ir va o’ta og‘ir o’tishi ko’proq 
kuzatiladi. Kasallik davrlari cho’zilgan, intoksikastiya, kataral belgilar o’rta yoshli 
bemorlarga qaraganda ko’proq, asoratlar tez-tez namoyon bo’lishi xarakterli. Ushbu 
bemorlarda xastalik sekin asta boshlanadi, isitma kasallikning birinchi kunlari 
subfibril (37.1
0
S – 37.5
0
S), 3-5 kunlar yuqori 38
0
S – 39.5
0
S va sekin astalik bilan 
tushishi kuzatiladi. Kataral belgilar ҳam sekin asta rivojlanadi. 
Ammo nafas yo’lining quyi qismida yallig‘lanish (bronxit, traxeobronxit, 
pnevmoniya) kuchli namoyon bo’ladi. Ko’pincha katta va qari yoshdagi bemorlarda 
yurak-qon tomir tizimida o’zgarishlar kuchli namoyon bo’ladi. Bemorlarda burun, 
og‘izdan nafas olishning tezlashishi, akrostianoz, taxikardiya, arterial bosimning 
pasayishi kuzatiladi. Ushbu bemorlarda intoksikastiya belgilari kam namoyon 
bo’ladi. Isitma davomiyligi 8-9 kunni tashkil etadi, isitma sekin astalik bilan tushadi. 
Katta yoshli va qari bemorlarda gripp pnevmoniyasi 2,0 – 2,5 baravar ko’p namoyon 
bo’ladi. 
Pnevmoniya alomati kuzatilganida bemorlarda xansirash, titrash, bemorning 
isitmasi 39
0
S – 40
0
S ga etadi. Nafas olish qiyinlashadi, xansirash kuchayadi, nafas 
olish tezligi 1 minutda 30-35 marta kuzatiladi. Pnevmoniya asoratlari boshlanganida 
quyidagi belgilarning kuchayishi kuzatiladi: 


91 
- ҳolsizlik, darmonsizlik, ishtaҳaning pasayishi yoki yo’qolishi, adenamiya, 
terlash, bosh og‘riq, bosh aylanish kuzatiladi; 
- nafas yo’llaridagi yallig‘lanish ҳam kundan kunga kuchaya boradi. 
- og‘iz shilliq pardasining achishishi, tufuk yutganda og‘riq, quruq va ҳo’l 
yo’talning kuchayishi, tez-tez balg‘am chiqishi, burun bitib qolishi xarakterli. 
- nafas yo’llari yallig‘lanishining kuchayishi (rinit, faringit, laringit, traxeit, 
bronxit, bronxiolit, bronxopnevmoniya) qonda leykostitoz, leykopeniya, 
eozinofelez, monostitoz kuzatiladi. Eritrostitlarning cho’kish tezligi oshadi. 
Kasallikning tuzalish davrida infekstiyadan keyingi asteniya,charchoqlik, ҳolsizlik, 
bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, astenovegetativ belgilar kuzatiladi. Yoshi katta bemorlar 
ko’pincha reanimastiya bo’limida davolanadi. 

Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling