Salomatligi xizmati


Gripp kasalligining patogenezi


Download 5.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet54/103
Sana26.10.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1725505
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   103
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Gripp kasalligining patogenezi. Gripp virusi yuqori nafas yo’llarida 
joylashgan stilindrik epitelial ҳujayralarga kirib olishi (tropik) va toksik 
xususiyatlarga ega bo’lganligi uchun, epitelial ҳujayralarni qisqa muddatda 
jaroҳatlanishi kuzatiladi. Jaroҳatlanish birinchi navbatda bronxlarda va traxeyada 
kuzatiladi. 
Gripp virusining stilindrik epiteliy ҳujayralariga kirishidan oldin virus 
qobig‘idagi oqsillarni neytrallashtiradigan va viruslarni ҳalokatga olib keladigan α 
va β interferonlarfaolligi biror muddat viruslarning ҳujayra ichiga kirishiga qarshilik 
ko’rsatadi. Ushbu ҳolat odam organizmining nospestifik ҳimoyasi vositalari 


84 
natijasida ro’yobga chiqadi. Ko’pincha gripp viruslari yuqorida aytilgan ҳimoya 
barerini yorib o’tadi. Yuqori nafas yo’llaridagi stilindrik epiteliyalarga kirib olgan 
gripp virusi shiddatli ravishda ko’payadi. Oqibatda epiteliy ҳujayralarining 
ommaviy emirilishi degrodastiya va nekroz kuzatiladi. Gripp virusining epitelial 
ҳujayralarga kirib olishida virusning lipid qobig‘i muҳim rol o’ynaydi. 
Epiteliyalarning nekrozi, ya’ni viruslarning jaroҳatlangan ҳujayralardan 
ommaviy chiqishi epiteliy osti kapillyarlar ҳimoyasini pasaytirib, viruslarning tez 
ko’payishiga olib keladi. Emirilgan epiteliyalar endogen toksin ҳisoblanadi. Bir 
vaqtning o’zida viruslarning 2 xil antigenlari, ya’ni gemagglyutinin va 
neyroaminidazalar ҳam kuchli toksin ҳisoblanadi. Ushbu toksinlar kompleksi yurak-
qon tomir, asab (markaziy va vagetativ), buyrak tizimlarining zaҳarlanishiga olib 
keladi. Gripp infekstiyasi bemor immunitetini pasaytiradi. 
Ushbu ҳolatda bemor organizmida shartli patogenlar (stafilokokk, streptokokk, 
pnevmakokk va boshqa floralar) faolligini oshiradi. Ushbu ҳolat gripp bilan 
kasallangan bemorlarda ҳar xil asoratlar bo’lishiga sababchi ҳisoblanadi. Gripp 
xastaligining 5 ta asosiy patogenez bosqichlari mavjud: 
1. Yuqori nafas yo’llari epitelial ҳujayralarga viruslarning reprodukstiyasi (kirib 
olishi). 
2. Virusemiya, taksenemiya, toksemik allergik reakstiyalar jarayoni. 
3. Nafas yo’llarining jaroҳatlanishi (traxeya, bronx, bronxiola). 
Jaroҳatlanish nafas yo’llarining ayrim qismlarida namoyon bo’ladi. 
4. Nafas yo’llarida va boshqa organlarda bakterial asoratlar shakillanishi davri 
(virusli-bakterial assostiastiya) 
5. Kasallikning 
chekinishi, 
patologik 
jarayonning 
to’xtashi 
va 
rekonvalesstenstiya davri. 
Gripp infekstiyasida kuzatiladigan organlar va tizimlarning jaroҳatlanishi 
mikrostirkulyator o’zgarishlarga sabab bo’ladi. 
Ushbu jarayonda umumiy tonus buzilishi, tomir va kapillyarlar devorlari 
elastikligining emirilishi kuzatiladi. 


85 
Bemor 
tomirlari 
va 
kapillyarlarining 
o’tkazuvchanligi 
oshishi 
mikrostirkulyator o’zgarishlariga olib keladi. Shuning oqibatida burundan qon 
ketish, ichak organlari va terida gemorragiyalar kuzatiladi. Ayrim bemorlarda 
infekstiontoksik enstefalitik, gemoragik alveolit, infekstion toksik karaxtlik, o’pka 
shishishi kuzatiladi. 
Bemorlar immunitetining pasayishi natijasida surunkali kasalliklar xuruji yoki 
avj olishi kuzatiladi. Asoratlar shakllanadi (miokardit, nefrit, stistit, gaymorit, 
sinusit, otit). 
Sirkulyator, mikrosterkulyator o’zgarishlar o’tkir virusli-bakterial zotiljamga 
(pnevmoniya) olib kelishi xarakterli. 
Gripp infekstiyasida kuzatiladigan o’tkir zotiljam (pnevmoniya) asorati virus – 
bakteriyalar assostiastiyasi natijasida rivojlanadi. 
Gripp virusi antigenlari (gemaglyutinin, neyroamnizin) jaroҳatlangan epiteliy 
ҳujayralari, nafas organlaridagi emirilish autoallergiya jarayonini keltirib chiqaradi. 
Oqibatda asmatik belgi, asmatik yo’tal, soxta krupp, laringit, laringo-traxeit kabi 
asoratlar kuzatiladi. 

Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling