Salomatligi xizmati


Oziq-ovqat do’konlari, marketlarda sotuvchilar, ishlovchi xodimlar


Download 5.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet50/103
Sana26.10.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1725505
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   103
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Oziq-ovqat do’konlari, marketlarda sotuvchilar, ishlovchi xodimlar 
sanitariya-epidemiologik va gigienik talablarni bajarishi shart. 
- Sotuvchilar, g‘aznachilar, ishchilar ish boshlashdan oldin qo’llarni 20 soniyada 
sovunlab yuvishi lozim. 
- Ҳamma xodimlar ҳimoya niqobi, rezina ҳimoya qo’lqoplar kiyib ish boshlashi 
lozim. 
- Ҳimoya niqoblarni ҳar 2 soatda almashtirish maqsadga muvofiq. 
- Ish tugagandan so’ng sotuv zali, ombor, yordamchi xonalar to’liq yakuniy 
dezinfekstiya qilinishi lozim. 
- Sotuvga tayyorlangan maҳsulotlar konteynerga va stelofanlarga solingan 
ҳolatda sotilishi maqsadga muvofiq. 
- Sotib olishga kelgan fuqarolarning oraliq masofasi 2 metr bo’lishini ta’minlash 
kerak. 
- Sotuvchi va do’kon ishchilari uyga kelganda tashqi kiyimlarini va ҳimoya 
niqoblarni echib, qo’lni 20 soniyada sovunlab yuvish va boshqa gigienik talablarni 
bajarishi shart. 


74 
Bozorlar va ko’chma savdo markazlarga talablar savdo do’konlari marketlariga 
qo’yilgan talablardan farq qilmaydi. 
Shuni ta’kidlash kerakki, bozor maydonlarida kuniga 2-3 maҳal ҳo’l 
dezinfekstiya moddalari bilan tozalash o’tkazilishi maqsadga muvofiq. 
Koronavirus Covid-19 epidemiyasi tugatilgandan so’ng ko’riladigan 
chora-tadbirlar: 
Koronavirus Covid-19 epidemiyasi Respublika ҳududlarida tugatilgandan 
so’ng epidemiyaga qarshi sanitariya-gigiena qoidalarini davom ettirish lozim. 
- Ҳar bir davlat va nodavlat tashkilotlarida, maktab, bog‘cha, oliygoҳlarda, 
ҳarbiylar kazarmalarida sanitariya gigiena qoidalariga rioya qilishni davom ettirish 
kerak. 
- Ҳar bir O’zbekiston fuqarosi koronavirus Covid-19, gripp va boshqa O’RVI, 
yuqumli oshqozon-ichak kasalliklar yuqishining oldini olish maqsadida qo’lni 20 
soniyada tez-tez sovunlab yuvish tavsiya qilinadi. 
- O’zbekiston Respublikasiga kirib kelgan o’zbekistonlik va chet el fuqarolari 
aeroportlarda, temir yo’l vokzallarida va chegaradan o’tish punktlarida isitmasi 
o’lchanishi (termometriya o’tkazilishi) lozim. 
- Chet eldan kelgan o’zbekistonlik va xorij fuqarolari koronavirus Covid-19 ga 
tekshirilishi yoki tekshirilganligi to’g‘risida sertifikat ko’rsatilishi kerak. 
- Tibbiyot oliygoҳlari, tibbiyot kollejlari talabalarini yuqumli kasalliklar
epidemiologiya va gigiena kafedralarida koronavirus Covid-19 infekstiyasi 
kiritilgan dasturtuzib o’qitish maqsadga muvofiq. 
- Vrachlar malakasini oshirish oliygoҳida malaka oshirishga kelgan 
shifokorlarni epidemiologiya, gigiena va yuqumli kasalliklar kafedralarida 
koronavirus Covid-19 infekstiyasi bo’yicha o’qitish dasturinituzib o’qitish 
maqsadga muvofiq. 
Koronavirus Covid-19 epidemiyasi kuzatilgan davrda ish faoliyatini to’xtatmagan 
korxonalar, stexlar, fabrikalar xodimlari ish faoliyati davrida sanitariya-
epidemiologiya qoidalariga rioya qilishi shart. 


75 
- Korxonaga kirayotgan ishchilar ish faoliyatini boshlashdan oldin qo’llarini 
spirtli dezinfekstiya moddalari bilan artishi. Qo’llarni 20 soniyada tez-tez sovunlab 
yuvish maqsadga muvofiq. 
- Ishlash davrida xodimlar ҳimoya vositalari (niqoblari) taqishlari lozim va ҳar 
2 soatda almashtirib turish maqsadga muvofiq. 
- Ish faoliyati tugagandan so’ng ish o’rinlari, stexlar, yordamchi xonalar xlor 
tutuvchi dezinfekstiya moddalari bilan dezinfekstiya qilinishi shart. 
- Uyga kelgan ishchilar ҳimoya niqoblarini maxsus qutilarga tashlashi va tashqi 
kiyimlarini echib, dezinfekstiya moddalar bilan artishi lozim. 
- Ishchi yashash xonalarni tez-tez dezinfekstiya qilib turishi maqsadga muvofiq. 
ILOVALAR 
Ilova-1 

Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling