Salomatligi xizmati


Download 5.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet52/103
Sana26.10.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1725505
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   103
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Epidemiologiyasi. Gripp infekstiyasining epidemik jarayoni vujudga kelishi 
uchun 3 ta omil katta rol o’ynaydi: kasallik qo’zg‘atuvchisi manbai, yuqish yo’li, 
kasallikka bo’lgan moyillik. 
Gripp kasalligi yuqori kontagiozli, o’tkir virusli respirator infekstiya bo’lib, 
epidemiya ayrim ҳollarda pandemiya shaklida keng tarqalishi mumkin bo’lgan 
yuqumli kasallik ҳisoblanadi. 
1. Kasallik qo’zg‘atuvchisining manbai: 
Kasallik qo’zg‘atuvchisining manbai gripp bilan kasallangan bemor bo’lib, 
kasallikning o’tkir davrida viruslar tashqi muҳitga maksimal ravishda chiqadi. 
Tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, kasallikning o’tkir davrida, ayniqsa isitma yuqori 
bo’lganda viruslar maksimal ravishda tashqariga chiqa boshlaydi va aynan shu 
davrda sog‘lom odamlarga katta ҳavf tug‘diradi.
Yuqori kontagiozlik 4-7 kun davom etadi. Gripp kasalligining engil va belgisiz 
kechishida ҳam bemorlar kasallik manbai bo’ladi. Shunday kasallar faol turmush 
tarziga ega bo’lganligi uchun ko’chada, transportlarda, ishda, ҳamda odamlar 
yig‘iladigan joylarda gripp virusini sog‘lom odamlarga yuqtiradi. 
2. Kasallikning yuqish yo’llari: 
Gripp kasalligi bemorlardan sog‘lom odamga yuqishi ҳavo-tomchi yo’li orqali 
bo’ladi. Bemorlar aksirganda, yo’talganda, balg‘am chiqarayotganda yo’tal va 
aksirish tomchisi orqali viruslar tashqi muҳitga chiqadi. Yuqish masofasi 1.5-2 
metrni tashkil qiladi. Sog‘lom odamlarga bemorning dastro’moli, sochig‘i va 
bemorning boshqa predmetlari orqali ҳam gripp virusi yuqishi mumkin. Bemor 
bo’lgan uyning ҳavosi almashtirilmasa, yuqish xavfi 5 baravar ko’payadi.
3. Kasallikka bo’lgan moyillik: 
Gripp kasalligiga moyillik barcha yoshda bo’lgan kishilarda kuzatiladi. Shuni 
ta’kidlash lozimki, 1-2 oylik chaqaloqlar gripp infekstiyasi bilan juda kam 


82 
kasallanadi. Bunga asosiy sabab, chaqaloqlar ona qornida transplastentar va 
tug‘ilgandan so’ng ona suti orqali grippga qarshi immun antitelalar bolalarni ҳimoya 
qilib turadi. 6 oydan oshgan chaqaloqlarda gripp kasalligiga bo’lgan moyillik oshib 
boradi. 
Aҳoli o’rtasida gripp infekstiyasiga eng katta moyillik 18 yoshdan to 45 
yoshgacha bo’lganlardir. 
Gripp kasalligidan so’ng, immunitet “A” tipidagi gripp virus chaqirgan 
kasallarda 2 yil, “V” tipdagi gripp viruslari chaqirgan bemorlarda esa 3-5 yil davom 
etadi. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, grippdan so’ng ҳosil bo’lgan immunitet 
tipospestifik, ya’ni antigenlarning tiplariga qarshi ҳosil bo’ladi xolos. Shuning 
uchun ҳar 1-2 yilda gripp infekstiyasining tarqalishi kuzatiladi. Masalan “A” gripp 
virusini N2 N3 varianti bilan kasallangandan so’ng infekstiyaga qarshi immunitet 
aynan shu virusga qarshi chiqadi. Boshqa “A” tipiga chalingan bemorlarni ҳimoya 
qila olmaydi. Yoki antitelolar tipospestifik ҳosil bo’ladi. 

Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling