Salomatligi xizmati


Download 5.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet62/103
Sana26.10.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1725505
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   103
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Adenovirus infekstiyasi. Adenovirus infekstiyasida jaroҳatlanish yuqori 
nafas yo’llarida, ko’z shilliq qavatida, oshqozon ichak traktida, o’pkada namoyon 
bo’ladi. Adenovirus infekstiyasining qo’zg‘atuvchisi DHKtutuvchi virus bo’lib, 
jaroҳatlanishlar butun ichki organlarni qamrab oladi. Poliorgan jaroҳatlanish 
kuzatiladi. Ushbu infekstiyada isitma 1-2 ҳafta davom etadi, ayrim ҳolda undan 
uzoqroq bo’lishi mumkin. Bemorlarga ko’z shilliq qavatining yallig‘lanishi 
xarakterlidir. Kataral, follekulyar, plenkali kon’yunktivit, keratokon’yunktivit 
kuzatiladi. Bemorlarda rinit, laringit, traxeit, bronxiolit, pnevmoniya ҳolati 
kuzatiladi. Eng kuchli yallig‘lanish og‘iz murtaklarida kuzatiladi, (angina) faringit, 
bronxit, laringo traxeit yallig‘lanishi uzoqroq davom etadi. 
Adenovirus 
infekstiyasida 
kuzatilgan 
pnevmoniya 
segmentar 
yoki 
bronxopnevmoniya shaklida rivojlanadi. Adenovirus infekstiyasining xarakterli 
jaroҳatlanishi oshqozon ichak tizimida kuzatiladi. Bemorlarda ko’ngil aynash, 
ishtaҳaning pasayishi, dispepsiya (ich ketish), qorin og‘rig‘i kuzatiladi. Adenovirus 


95 
infekstiyasiga jigar va qorataloqning kattalashishi xarakterlidir. Bemorlarda 
leykostitoz, neytrofilez, eozinofelez, EChTning oshishi kuzatiladi. 
Rinovirus infekstiyasi. Rinovirus infekstiyasida bemorlarda rinit, rinoreya 
kuzatiladi. Yuqori isitma, kuchli intoksikastiya kuzatilmaydi. Yo’tal 1-2 marta 
bo’lishi mumkin. Burundan to’xtovsiz seroz suyuqlik chiqib turadi. Burun 
kataklarida, og‘iz bo’shlig‘ida yallig‘lanish (giperemiya) stianoz kuzatiladi. Nafas 
yo’llarining quyi qismida aytarlik o’zgarishlar kuzatilmaydi. Gripp kasalligini 
boshqa yuqumli kasalliklar bilan qiyoslash maqsadga muvofiqdir. Ko’pincha 
qizamiq, meningokokk infekstiyasi, tif-paratif kasalligi, virusli seroz meningitlar 
(Koksaki, ESNO) bilan qiyosiy diagnostika qilinishi maqsadga muvofiq. 
Qizamiq. Qizamiq ko’pincha yosh bolalarda kuzatiladi. Qizamiqqa qarshi 
emlanmagan bolalarda ko’proq qayd etiladi. Qizamiq o’tkir boshlanadi. Birinchi 
kundan boshlab yuqori isitma, kuchli intoksikastiya, rinit, faringit, laringit, traxeit, 
bronxit, pnevmoniya ҳolati kuzatiladi. Bemor bolalarda kon’yunktivit, og‘iz shilliq 
qavatida ko’pincha bola lunjida xarakterli oq toshmalar paydo bo’ladi (Filatov-
Belskiy-Koplik). Xarakterli qizamiq toshmasi kasallikning 3-5 kunlari kuzatiladi. 
Toshmalar kasal badanida makulo-papulez ko’rinishida bo’ladi. Toshmalar 
bosqichma-bosqich toshadi. Avval bemor bolaning yuzida (1-2 kun) so’ng badanida 
(qorinda) 3-5 kunlardan so’ng oyoqlarda kuzatiladi. Bemor bola isitmasi tushishi 
bilan toshmalar yo’qoladi, chandiq qolmaydi. 

Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling