Salomatligi xizmati


Download 5.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet65/103
Sana26.10.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1725505
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   103
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Davolash. Gripp kasalligini davolash kompleks ravishda olib borilishi 
maqsadga muvofiq. Davolashda kompleks etiotrop, patogenetik, simptomatik 
davolash uslublari qo’llaniladi. Ushbu davolash uslublarini qo’llash gripp 
viruslarining o’sish darajasini keskin kamaytiradi, intoksikastiya belgilari 
rivojlanishining oldini oladi, yuqori nafas yo’llaridagi yallig‘lanish jarayonininafas 
yo’llarining quyi qismiga o’tib ketishining oldini oladi, asoratlarni kamaytiradi va 
niҳoyat bemor immunitetini tiklashga sabab bo’ladi. Gripp infekstiyasida davolash 


98 
choralarini dastlabki 1-2 kunlari boshlash maqsadga muvofiq. Bemorga ko’p 
suyuqlik ichishi (mineral suv, soklar, o’tli damlamalar) tavsiya qilinadi. Dieta esa 
sutli va sutli-sabzavotli bo’lishi maqsadga muvofiq. Gripp infekstiyasining engil
o’rta og‘ir shakllarini uyda davolash mumkin. Og‘ir va asoratli xastaliklar 
shifoxonalarda davolanadi.
Virusga qarshi preparatlar: Remantadin, amantadin, arbidol, anaferon, aflubin, 
viferon va boshqa preparatlar gripp infekstiyasida qo’llaniladi. Interanazal 
preparatlar ҳam gripp xastaligida qo’llaniladi. Eng ko’p qo’llaniladigan virusga 
qarshi preparatlar, odam leykostitoz interferoni (OLI) interlok, oksalin mazi, rektal 
viferonlar. 
Remantadin va amantadin preparatlarini gripp xastaligining 1-2 kunlari 
qo’llanilsa samara yuqori bo’ladi va xastalik davomiyligi 2-3 kunga qisqaradi, 
asoratlar kamayadi. Arbidol, astiklovir, amiksin kabi virusga qarshi preparatlar 
bemorlarning leykostitlarini virusga qarshi α, γ – interferonlarini 10-50 marta 
ko’tarilishiga, ҳamda ҳujayraviy va gumoral immunitetning shakllanishiga olib 
keladi. 
Arbidolni ovqatdan oldin ichish tavsiya qilinadi va 12 yoshdan katta bemorlar 
ushbu preparatni 2 tabletkadan 3-4 maҳal 5 kun mobaynida iste’mol qilishi tavsiya 
qilinadi. 6 yoshdan to 12 yoshgacha bo’lgan bemor bolalar ushbu preparatni 1 
tabletkadan 3-4 maҳal 5 kun mobaynida ichishi tavsiya qilinadi.
Arbidol preparatini surunkali yurak qon tomir, jigar, buyrak kasalliklari 
bo’lgan bemorlarga berish taqiqlanadi. 
Oksalin mazi bemorlarga 2-3 maҳal 3-5 kun mobaynida burun kataklariga 
surtiladi, virusga qarshi samaraga ega. 
Odam leykostitar interferoni interanazal tomchi sifatida gripp kasalligining 
boshlang‘ich davrida kuniga 4-5 maҳal, 4-5 tomchi sifatida qo’llaniladi. Ushbu 
preparat ingolyastiya orqali berilishi ҳam mumkin. 
Virusga qarshi preparatlar remantadin, omontadin gripp viruslarini epiteliy 
ҳujayralarga kirishiga qarshilik ko’rsatadi. Viruslarning faolligini keskin 
pasaytiradi. Kasallik asoratlarining oldini oladi. Shuni ta’kidlash kerakki, 


99 
remantadin, omontadin preparatlari gripp xastaligining “A” tipiga qarshi yaxshi 
ta’siri kuzatilgan. Ushbu preparatlarning samaradorligi 70-75% tashkil qiladi. 
1-3 yoshli bemor bolalarga 5 mg/kg 2 maҳal, 3-7 yoshli bemor bolalarga 
5mg/kg kuniga 2 maҳal 3-4 kun, 7-9 yoshli bemor bolalarga 5-7 mg/kg kuniga 3-4 
maҳal, katta yoshli bemorlarga 100 mg dan 2 maҳal 5-6 kun ichish tavsiya qilinadi. 
Kuchli bosh og‘rig‘i, mushaklarda, bo’g‘imlarda og‘riq kuzatilsa antigrippin 
preparatlarini berish tavsiya qilinadi. 
Antigrippin preparatining ichida astetilsolistil kislotasi (aspirin) 0.5, askorbin 
kislotasi 0.3, kalstiy laktat 0.1g, rutin va dimedrol 0.02 g parastetamol 0.2 mavjud. 
Ushbu preparat kuniga 1 tabletkadan 3 maҳal 3-5 kun davomida beriladi. 
Undan tashqari gripp xastaligida nol-gripp, koldreks, aspirin-upsa, askorbin 
kislotasi (vitamin S) beriladi. Bemor issig‘ini tushirish maqsadida ibufen, ibuklin, 
parastetamol, stifikon preparatlarini ichish tavsiya qilinadi. 
Gripp infekstiyasi bilan kasallangan bemorlarga vitamin komplekslarini ichish 
tavsiya qilinadi (revit, undevit, komplevit, vitrum). 
Bemorlarda kuzatiladigan yo’tal, nafas qisishini kamaytirish maqsadida 
mukaltin, yo’talga qarshi tabletka (tabletka ot kashli), bromgeksin, brizezi va shunga 
o’xshash preparatlarni ichish tavsiya qilinadi. Ushbu preparatlarni kuniga 3 maҳal 
4-5 kun davomida ichishni tavsiya qilamiz. 
Bemor tanasida ҳarorat 40
0
S – 41
0
S ko’tarilganda tezda magistral tomirlar 
soҳasiga muzdek ҳo’l sochiq, muz qo’yiladi, 35% spirt bilan bemor tanasini artish,
analgin 50%-1.0, dimedrol 1%-1.0, novokain 0.5%-1.0 aralashmasini mushak ichiga 
yuborish tavsiya qilinadi. Bemorlarda laringit, laringotraxeit, soxta krupp, o’pka 
abstrukstiya ҳolati kuzatilsa, shifoxonalarga yotqizilishi maqsadga muvofiq. 
Bemorlarga No-shpa 1.0, suprastin 1.0, novokain 0.5%-1.0 aralashmasi mushak 
ichiga yuboriladi. Shu bilan birga mushak ichiga deksametazon 1.0 (125mg) v/m, 
prednizalon 1.0 (30mg) preparatlarini ishlatish yaxshi samara beradi.
Gripp kasalligining og‘ir va asoratli kechishi kuzatilsa, patogenetik 
dezintoksikastion davolash choralari ko’riladi. Bemorlar tomiriga infuzion 
eritmalar: fiziologik eritma (0.9% NaCl), Ringer-lok, sukstinasol, laktasol, disol, 


100 
trisol, astesol, kvartsol, reosorbilat, reopoliglyukin eritmalari dezintoksikastiya 
qilish uchun bemor tomiriga yuboriladi. Ushbu preparatlar bemor bolalarga yoshiga 
qarab 100.0-200.0 1 yoshgacha bo’lgan bemor bolalarga, 1-5 yoshli bemor 
bolalarga 200.0-500.0, 6-18 yoshli bemor bolalarga 1.0 litrgacha, kattalarga 1.0-1.5 
litr/sutkada suyuqliklar vena ichiga yuboriladi. Ushbu infuzion preparatlar 
berilayotganda o’pka shishi, bosh miya shishi ҳolatining oldini olish maqsadida 
bemor siydigi chiqishini ko’paytirish maqsadga muvofiq. 
Diuretiklarni qo’llash bolalarda 0.5-1.0 tomir ichiga, kattalarga 2.0-3.0 tomir 
ichiga beriladi. Diuretiklardan ko’pincha furosemid, laziks, toraid qo’llaniladi. 
Intoksikastiya va asoratlarni kamaytirish maqsadida o’pka va yurak-tomir 
etishmasligi, bosh miya shishi, o’tkir buyrak usti etishmasligi ҳolatlarida gormonal 
preparatlar qo’llaniladi.
Prednizalon 60-120.0 mg/sutkada 
Deksametazon 120 mg/sutkada 
Og‘ir va asoratli bo’lgan bemorlarga 
Kontrikal (10.000 ed. – 20.000 ed.) 
Kontrileks (10.000 ed. – 20.000 ed.) preparatlari tomir ichiga tomchili ҳolatda 
yuboriladi. Ushbu preparatlar oshqozon osti bezining yallig‘lanishi yoki yiringlab 
ketishining oldini oladi. 
Og‘ir va asoratli bemorlarga almiba 5.0, mildranat 5.0, kartan 5.0 preparatlarini 
ishlatilishi yurak-qon tomir jaroҳatlanishining oldini olishda muҳim aҳamiyat kasb 
etadi. Tomirga korglyukon 0.06%-1.0, strofantin 0.5-1.0 preparatlariyuboriladi. 
Og‘ir bemorlarga ayniqsa nafas etishmasligi kuzatilsa, burundan namlangan 
kislorod beriladi (oksigenoterapiya). Bemorlarda nafas olish tezligi 40 martadan 
oshsa bemorlarni sun’iy nafas olish apparatiga o’tkazish maqsadga muvofiq. 
Gripp kasalligining og‘ir va asoratli kechishida antibiotiklar qo’llash maqsadga 
muvofiq. Ҳozirgi kunda keng spektrga ega bo’lgan antibiotiklar qo’llaniladi: 
stefalosporinlar (stefazolin, steftriakson, stefatoksim, stefod PEO, rostefein). 
Penistillin guruҳiga mansub antibiotiklar (penistillin, ampestillin, ampioks va 


101 
boshqalar). Gripp kasalligining og‘ir va asoratli kechishi bo’lganda bemorlarning 
reanimastiya bo’limida davolanishi maqsadga muvofiq. 

Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling