96
Tif-paratif infekstiyalari (TPZ). Paratif A infekstiyasi bilan qiyosiy tashxis
o’tkazish maqsadga muvofiq. Paratif A infekstiyasi sekin-asta boshlanadi.
Isitma
birinchi kunlari uncha yuqori bo’lmaydi. Isitma kasallikning 5-7
kunlari yuqori
darajaga ko’tarilib, 6-8 kun yuqori darajada turadi, so’ng sekin-asta tusha boshlaydi.
TPZda (yo’tal, rinit, tonzillit, faringit) sust bo’lib 5-7 kunlarda yo’qoladi. 6-8
kunlari tanada rozeolez toshmalar paydo bo’ladi, 4-5 kundan so’ng
toshmalar
yo’qola boradi, tif va paragif infekstiyalarida, alaxsirash, gollyutinastiya belgilari
(tif statusi) kuzatiladi.
Bemorlarda leykopeniya,
neytropeniya, anemiya,
anezinopeniya monostitoz kuzatiladi. Gemokultura musbat bo’ladi.
Meningokokk infekstiyasi. Gripp xastaligini meningokokk infekstiyasining
nazofaringit (lokal) shakli bilan qiyoslab taqqoslash kerak.
Meningokokk
nazofaringitida isitma, intoksikastiya belgilari sust bo’ladi. Tomoq og‘riq, tumov,
nafas qisishi kuzatilmaydi. Og‘iz va burun shilliq qavatida giperemiya kuzatiladi.
Bemor qonida leykostitoz, neytrofilez eritrostitlarning soni kamayishi, eritrostitlar
cho’kish tezligining oshishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: