Salomatligi xizmati


Adenovirus infekstiyasining chaqaloqlarda ҳamda 1 yoshgacha bo’lgan


Download 5.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet73/103
Sana26.10.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1725505
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   103
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Adenovirus infekstiyasining chaqaloqlarda ҳamda 1 yoshgacha bo’lgan 
bolalarda kechishi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda adenovirus infekstiyasi 
kuzatilmaydi. Maxsus adenovirusga qarshi antitelalar yangi tug‘ilgan bolalar 
organizmiga transplastentar yo’l bilan onadan bolaga o’tadi. Agar ona xayoti davrida 
adenovirus infekstiyasi bilan kasallanmagan bo’lsa, tug‘ilgan chaqaloq ushbu 
xastalik bilan kasallanishi mumkin. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda adenovirus 
infekstiyasi quyidagicha kechadi. Isitma subfebril, intoksikastiya alomatlari 
bo’lmasligi mumkin. Chaqaloqlarda respirator belgilar kuzatiladi. Chaqaloqlarda 
burun bitishi, engil yo’tal. Burun bitishi natijasida chaqaloqlar betoqat bo’lib qoladi, 
uyqusi buziladi. Ko’krak emishda chaqaloq qiynaladi. Chaqaloqlarda va bir 
yoshgacha bo’lgan bolalarda ich ketish kuzatiladi. Periferik limfa tugunlarining 
kattalashuvi va kon’yunktivit bolalarda kam kuzatiladi. Ushbu bemorlarda bronxit, 
abstruktiv bronxit, pnevmoniya kabi asoratlar ko’proq qayd qilinadi. Chala tug‘ilgan 
chaqaloqlarda adenovirus infekstiyasi og‘ir va asoratli o’tishi mumkin. Bemor 
bolalarda adenovirus infekstiyasida isitma ko’tarilmaydi, ayrim bolalarda esa tana 
ҳarorati tushib ketishi mumkin. 
Chaqaloqlar va erta yoshdagi bolalarda adenovirus infekstiyasining klinik 
belgilari sust bo’lishiga qaramasdan, asbtruktiv bronxit, pnevmoniya kabi asoratlar 
ko’proq qayd qilinadi va o’lim ҳolatiga olib kelishi mumkin. 
Tashxis. Adenovirus infekstiyasining tashxisi kasallikning klinik belgilari, 
kechishi, isitmaning uzoqroq davom etishi,nafas olish yo’llarida yallig‘lanish, limfa 
tugunlar giperplaziyasi, bo’yin limfa tugunlarining kattalashuvi, ko’z shilliq 
qavatining yallig‘lanishi (kon’yunktivit), o’pkaning yallig‘lanishi (pnevmoniya), 
oshqozon ichak tizimining jaroҳatlanishi, jigar va taloqning kattalashuviga qarab 
tashxis qo’yiladi. 


113 

Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling